Fizika-matematika fakulteti


Download 156.12 Kb.
bet1/14
Sana16.12.2020
Hajmi156.12 Kb.
#168605
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Iskandarova Hayotxon


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
Matematika o’qitish metodikasi yo’nalishi
18.02 guruh talabasi
Iskandarova (Mahmudjonova) Hayotxonning
Nazorat ishilarni tashkillashdagi va olishdagi muammolar”

mavzusidagi


KURS ISHI

Ilmiy raxbar: matematika

kafedrasi o’qituvchisi

M. Abdumannopov



Farg’ona – 2020


REJA:



K i r i sh

I BOB Nazorat ishilarni tashkillash




    1. O`quvchilarni bilim, malaka va ko`nikmalarini nazorat ishi orqali baholash



    1. O`quvchilar tomonidan yo`l qo`yiladigan xatoliklardan foydalanib nazorat ishi test topshiriqlarini tuzish


II BOB Nazorat ishilarni tashkillashdagi va olishdagi muammolar
2.1. Matematikada uchraydigan muammolar
2.2. Geometriyada uchraydigan muammolar
Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH

“Har nechuk ilmdan eshitsang bir so’z,

Uni tinmay o’rgan kecha-yu, kunduz”

Abulqosim Firdavsiy.



Kurs ishining dolzarbligi:Davlatimiz istiqboli,bozor iqtisodiyoti qonunlariga asoslangan jamiyat qurish sohasidagi ishlarning samaradorligi yuqori malakali, yuksak ma’naviyatli, rivojlangan mamlakatlar darajasida, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, barkamol avlodni shakllantirish muammosi bilan uzviy bog’liq. Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan ishlab chiqilib, Oliy Majlisning IX sessiyasida qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to’g’risidagi qonun”, Vazirlar Mahkamasining umumiy o’rta ta’lim, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish haqidagi va boshqa qarorlari shu maqsadlarni ro’yobga chiqarishga qaratilgan.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni ro’yobga chiqarishning birinchi bosqichida (1997-2001 yillar) – “o’quv-uslubiy majmualarning hamda ta’lim jarayonini didaktik va axborot ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish”; ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar)da – “ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustaxkamlashni davom ettirish, o’quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash”; uchinchi bosqichi (2005 va undan keyingi yillar)da – “ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o’quv-tarbiya jarayoni yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlanishi” dolzarb vazifalar qatorida belgilangan.

Milliy dasturni ro’yobga chiqarishning yuqori sifat ko’rsatkichini ta’minlash, ta’lim mazmunini Davlat ta’lim standartlaridagi talabalrni amalga oshirildi. Barcha o’quv fanlari bo’yicha Davlat ta’lim standartlarini o’quv jarayonida qo’llab va o’quv yili yakunida o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan bilimlar shu standartlarga mosligini aniqlash bo’yicha maktab, tuman, shahar, respublika darajasida monitoring ishlari olib borilmoqda. Milliy dasturda ko’zda tutilgandek, zamonaviy axborot texnologiyalari va kompyuterlar tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlash rivojlanib boradi. O’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy, innovatsion, zamonaviy texnologiyalar mukammalashib, o’quv jarayoniga tatbiq etib boriladi.

Fikrning bilmaslikdan bilishga qarab, to’la va mukammal bo’lmagan bilimdan to’la va mukammal bilimga qarab harakat qilishdan iborat cheksiz jarayon bilish deb ataladi.Ya'ni bilish- bu avvalo fikrlash, olamni bevosita anglashidir. O’qituvchi mutaxasisligi bo’yicha o’z fanini chuqur bilishi, pedagogik muloqot ustasi bo’lishi, psixologik-pedagogik va uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo’lishi, har xil pedagogik vaziyatlarni zudlik bilan o’rganish va baholash, pedagogik ta'sir ko’rsatishning ma’qulusul va vositalarini tanlab olish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.

O’qituvchi ta’lim berish jarayonida qanday natijalarga erishiyapti, u o’z maqsadiga yetdimi, shularni aniqlashi uchun u doimo har bir darsida o’quvchilarni baholab borishi kerak. O’quvchilarni bilimini tekshirish va baholashdan asosiy ko’zlangan maqsad esa o’quvchilarni bilimining sifatini, rivojlantirish darajasini ta’minlash va ularni rag’batlantirishdan iborat bo’lib, bilim olishga qiziqishni takomillashtirishdir.Ta’limda bo’layotgan natijalarni baholash, ta’lim sifatida, o’qituvchi va o’quvchilar uchun ham baho asosiy vosita, sabab bo’lib xizmat qiladi. O’qituvchi qanchalik ahamiyatli, obro’li bo’lsa, uning maktabda asosan baholash va baholarda aks etuvchi maqtovlari shunchalik qadrli va ahamiyatli bo’ladi.

A.Avloniy aytganlaridek: “Ilm insonlarning madori, hayoti, porloq kelajagi, rahbari, najotiga aylangan”. Ilm inson uchun g’oyat oliy va muqaddas fazilatdir. Shuning uchun ham avvalambor ilmli, tarbiyali bo’lmoq har bir yosh insonning burchi.

Ko’nglimizda eng oliy orzularni jamlab, o’qituvchilarimiz mehnat qilishadi har bir o’sib kelayotgan avlod uchun.Ustozlarimiz o’rgatgan bilimlarni yanada takomillashtirib, biz o’z shogirdlarimizga yetqazamiz, shu bosqich amalga oshirilib borilsa yuksalish albatta bo’ladi, deb aytish mumkin. Prezidentimiz I.Karimov ustoz va murabbiylarga qarata shunday deganlar:”Agar fanni ulkan bir daraxt desak, tadqiqotlar uning ildizini tashkil qiladi. Zero, ildiz qanchalik baquvvat, chuqur ketgan bo’lsa, daraxt shunchalik barq urib yashnaydi, ko’p hosil beradi”. Demak, prezidentimizning bu gaplaridan ko’rinib turibdiki, fan bu ulkan bir daraxt, biz qilgan tadqiqot ishlar natijasi esa bu daraxtning mevalaridir, kelajak avlodimiz bu mevalardan bahramand bo’lmog’i kerak. Shunday ekan hozirgi, biz yosh avlod“Talim to’g’risida”gi qonunimizning mazmunini har birimiz bilishimiz shart va zarurdir.
Kurs ishining maqsadi: Dars davomida o’quvchi va talabalarni nazorat qilish va baholash orqali ta’lim sifatini ta’minlash.

Kurs ishining ob’ekti: Oliy va o’rta ta’lim muassasalarida matematikani o’qitish jarayoni.

Kurs ishining predmeti: Matematikani o’qitish metodlari va vositalari.

Kurs ishining vazifalari:

1. Mavzuga doir ma’lumotlarni yig’ish va rejani shakllantirish;

2.Ta’lim sifati va samaradorligini yaxshilash orqali ta’lim natijasini ta’minlash yo’llarini aniqlash;

3. O’rta maxsus ta’lim va oliy ta’limning reyting tizimini o’rganish;

4. Matematika ta’limida monitoring metodikasining ahamiyatini bilish;

5. O’quvchi yo’l qo’yadigan xatolarni o’rganish va uni tuzatish usullarini izlash;

6. Kurs ishini jihozlab, uni himoyaga tayyor qilish.


Download 156.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling