Fizika Yakuniy test savollari (SHahar qurilish,BIK,Kimbkch)
1. Tokli o‘tkazgich atrofida qanday maydon hosil bo‘ladi?
А) Magnit maydon
В) Elektr maydon
С) Gravitacion maydon
Д) Maydon hosil bo‘lmaydi
2. Gazlarda elektr tokini nima hosil qiladi?
А) Ionlar va elektronlar harakati
В) Elektronlar harakati
С) Ionlar harakati
Д) Musbat zaryadlar harakati
3. Ionli elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan eritmalar nima deyiladi?
А) Elektrolitlar
В) Ionlar
С) Elektroliz hodisasi
Д) Dielektriklar
4. p-tip yarimo‘tkazgichda tokni nima tashiydi?
А) Kovaklar
В) Hech qaysi
С) Elektronlar
Д) Elektron va kovak
5. Kirxgofning –birinchi qoidasini aniqlang.
А) O‘tkazgich tuguniga kelayotgan toklar bilan tugundan chiqib ketayotgan toklarning yig’indisi nolga teng
В) O‘tkazgich tuguniga kelayotgan toklar bilan tugundan chiqib ketayotgan toklarning yig’indisi nolga teng emas
С) Berk zanjirdagi hamma elementlardagi kuchlanishlar yig’indisi shu zanjirdagi EYuK-larning yig’indisiga teng
Д) Berk zanjirdagi hamma elementlardagi kuchlanishlar yig’indisi shu zanjirdagi toklar yig’indisiga teng
6. Pm=IS ifoda nimani bildiradi?
А) Tokli ramkaning magnit momentini
В) Dipolning momentini
С) Atomning orbital momentini
Д) Atomning orbital momentini
7. Dipol deb nimaga aytiladi?
А) Bir biridan L masofada joylashgan ikkita bir xil qiymatli, har-xil ishorali zaryadlar majmuyiga
В) Bir biridan L masofada joylashgan ikkita bir xil qiymatli zaryadlar majmuyiga
С) Bir biridan L masofada joylashgan ikkita har-xil qiymatli bir xil ishorali zaryadlarga majmuyiga
Д) Bir biridan L masofada joylashgan ikkita bir xil massali zaryadlar majmuyiga
8. Kirхgofning 2-qoidasini korsating
А) Berk zanjirdagi hamma elementlardagi kuchlanishlar yig’indisi shu zanjirdagi elektr yurituvchi kuchlar yig’indisiga teng
В) Berk zanjirdagi hamma elemenlardagi kuchlanishlar yig’indisi shu zanjirdagi toklarning yig’indisiga teng
С) O‘tkazgich tuguniga kelayotgan toklar bilan tugundan chiqib ketayotgan toklarning yig’indisi nolga teng
Д) O‘tkazgich tuguniga kelayotgan toklar bilan tugundan chiqib ketayotgan toklarning yig’indisi nolga teng emas
9. Yassi kondensator plastinkalari orasidagi masofa orttirilsa, kondesator sig’imi qanday o‘zgaradi?
А) Kamayadi
В) O‘zgarmaydi
С) Ortadi
Д) Kondensatorning sig’imi plastinkalar orasidagi masofaga bog’liq emas
10. Zaryadlangan tinch turgan zarracha atrofida qanday maydon hosil bo‘ladi?
А) Elektrostatik elektr maydon
В) Maydon hosil bo‘lmaydi
С) Uyurmaviy elektr maydon
Д) Magnit maydon
11. Tokli doiraviy konturning radiusi 2 marta oshirilsa, uning markazidagi magnit maydon kuchlanganligi qanday o‘zgaradi?
А) 2 marta kamayadi
В) O‘zgarmaydi
С) 4 marta kamayadi
Д) 2 marta oshadi
12. Konturdan o‘tib turgan magnit induksiya kamaytirilsa, undan o‘tayotgan magnit oqimi qanday o‘zgaradi?
А) Kamayadi
В) O‘zgarmaydi
С) Oshadi
Д) Magnit oqimi magnit induksiyasiga bog’liq emas
13. Faradey sonini aniqlang.
А) 9,65·104
В) 16·10-19
С) 4,5·103
Д) 8,31
Do'stlaringiz bilan baham: |