Fond bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


Download 40 Kb.
Sana25.01.2020
Hajmi40 Kb.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “FOND BOZORINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2012 YIL 19 MARTDAGI PQ-1727-SON QARORINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fond bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 19-martdagi PQ-1727-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “Toshkent” respublika fond birjasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Davlat-tijorat Xalq banki, “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat banki va “O‘zsanoatqurilishbank” ochiq aksiyadorlik tijorat bankining:

“Toshkent” respublika fond birjasi” o‘z aksiyadorlaridan aksiyalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bozor qiymati bo‘yicha sotib olishini, Davlat mulki qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fond bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 19-martdagi PQ–1727-son qarorining 4-bandida ko‘rsatilgan tijorat banklaridan tashqari (keyingi o‘rinlarda tijorat banklari deb ataladi);

“Toshkent” respublika fond birjasi” o‘zi sotib olgan aksiyalarni xarajatlarni hisobga olgan holda ular sotib olingan narx bo‘yicha mutanosib asosda to‘g‘ridan to‘g‘rishartnomalar bo‘yicha tijorat banklariga sotishini;

Toshkent shahar, Buxoro ko‘chasi, 10-uyda joylashgan “Respublika birja markazidan foydalanish direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda RBM binosi deb ataladi) tarzidagi mulkiy kompleks O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan “Toshkent” respublika fond birjasi”ga berilishi hisobiga “Toshkent” respublika fond birjasi”ning ustav fondi 45 mlrd so‘mgacha oshirilishini;

“Toshkent” respublika fond birjasi”ning ustav fondidagi Davlat mulki qo‘mitasiga tegishli bo‘lgan aksiyalar (ustav fondining 75 foizidan oshadigan qismi bo‘yicha) nominal qiymati bo‘yicha tijorat banklariga sotilishini, aksiyalarni sotishdan tushgan mablag‘lar fond bozorini yanada rivojlantirish uchun “Toshkent” respublika fond birjasi”ning maxsus hisob raqamiga maqsadli yo‘naltirilishini nazarda tutadigan takliflariga rozilik berilsin. Ko‘rsatib o‘tilgan maxsus hisob raqamidagi mablag‘lar faqat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulki qo‘mitasi bilan kelishgan holda sarflanadi.

Keyingi tahrirga qarang.

2. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan “Toshkent” respublika fond birjasi”ning ustav fondiga beriladigan RBM binosining qiymati 44,0 mlrd so‘m etib belgilanganligi;

“Toshkent” respublika fond birjasi”ning qarori bilan RBM binosidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari egallab turgan xonalar uchun ijara to‘lovining nul stavkasi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:

ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bilan birgalikda “Toshkent” respublika fond birjasi”ning ustav fondi 45 mlrd so‘mgacha oshirilishini;

qo‘shimcha ravishda chiqariladigan aksiyalar haqining tijorat banklari bilan birgalikda to‘lanishini;

fond bozori uchun umumiy summasi kamida 6 mln AQSh dollari bo‘lgan Yagona dasturiy-texnik kompleksni yetkazib berish va joriy etishga “Toshkent” respublika fond birjasi”ning bitta aksiya kam 25 foiz miqdoridagi aksiyalar paketini ayirboshlash bo‘yicha Koreya fond birjasi bilan shartnoma tuzilishini ta’minlasin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.



O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 22-maydagi 140-son qaroriga


ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha

1. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent” respublika fond birjasining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash va qimmatli qog‘ozlar bozori infrastrukturasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarorida:



8-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;

2-ilovaning 18-bandi ikkinchi xatboshiga “savdo tashkilotchilari” so‘zlaridan keyin “fond birjasi va” so‘zlari qo‘shilsin.

2. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 3-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi to‘g‘risidagi Nizomning 7-bandi ikkinchi xatboshidagi “10” raqami “8” raqami bilan almashtirilsin.

3. Vazirlar Mahkamasining “Qimmmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2008-yil 28-iyuldagi 160-son qarorida:



1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining:

qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasi institutlari faoliyatini va ularning o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirishni kuchaytirishni, hisobga olish tizimini soddalashtirishni, shuningdek qimmatli qog‘ozlarga oid bitishuvlarga hisob-kitob-kliring xizmati ko‘rsatishni takomillashtirishni;

qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining dasturiy-texnik ta’minotini birxillashtirish va standartlashtirishni, elektron hujjat aylanishini keng ko‘lamda joriy etishni va undan foydalanishni;

jismoniy shaxslarning qimmatli qog‘ozlarga oid operatsiyalarda, shu jumladan, qimmatli qog‘ozlarning plastik kartochkalardan foydalangan holda oldi-sotdi operatsiyalarida ishtirokini soddalashtirishni;

qimmatli qog‘ozlar bozori ma’lumotlarning yagona axborot bazasini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratishni ta’minlaydigan Koreya fond birjasi tomonidan 2013-yil oxirigacha O‘zbekiston Respublikasi qimmatli qog‘ozlar bozorini modernizatsiya qilish bo‘yicha Bosh shartnoma doirasida O‘zbekiston Respublikasi fond bozori uchun kamida 6 mln AQSh dollari summasiga dasturiy ta’minlashni, server va telekommunikatsiya asbob-uskunalarini, mahalliy mutaxassislarni o‘qitishni va 1 yil mobaynida kafolatli xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga oladigan Yagona dasturiy-texnik kompleks foydalanishga tayyor sharti bilan yetkazib berilishi va joriy etilishi to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin”;



2 va 3-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;

4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.

4. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-dekabrdagi 284-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 70-modda) bilan tasdiqlangan Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarish Yagona davlat reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“13. Reyestrga yozuv ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan ushbu Nizomning 12- bandida nazarda tutilgan o‘zgartirishlar kiritish uchun asoslar paydo bo‘lgandan keyin uch ish kuni mobaynida kiritiladi.

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ davlat ro‘yxatidan o‘tkazish organining yuridik shaxslarning davlat reyestriga yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risidagi yozuvni kiritish haqidagi yozma tasdiqnomasi asosida qimmatli qog‘ozlar chiqarishni Reyestrdan chiqarib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir”.
XULOSA

Mana ko`rib chiqqanimizdek, bu qaror O`zbekistondagi fond bazorini yanada rivojlanishi uchun mustahkam poydervor boladi oladi deb o`ylaymiz. Bu chora-tadbirlarning asosiy maqsadi “Toshkent” respublika fond birjasi” ni ustav fondini oshirish va aksiyalarini davlat banklari qamrovidan chiqarib olish va bunga ketgan harajatlarni, sotib olgan aksiyalarini boshqa tijorat banklariga bozor narxida sotishidan qoplaydi. Bunga isbot qilib 2012-yil 19-martdagi PQ–1727-sonli qarorining 1 punktini olishimiz mumkin. Bu chora tadbir esa o`z navbatida “Toshkent” respublika fond birjasi” ning manopollashuvidan chiqishiga zamin yaratib beradi va erkin raqobatni yuzaga keltiradi. Erkin raqobatning yuzaga kelishi bo`lsa “Toshkent” respublika fond birjasi” ning operatsiya tariflarini narxining tushishiga va axolining fond bozoriga bo`lgfan ishonchini yanada mustahkamlanishiga sababchi bo`ladi.



Bu qarorga tayangan holda biz “Toshkent” respublika fond birjasi” ning binosini nominal narxi 45 mrld so`m ekanliginini bilib olishimiz mumkin va bundan 75%i davlat ulushiga to`g`ri keladi. Shu binoni sotishdan tushgan tushumni esla maxsus hisob kitob sho`tiga o`tkazib maqsadli yo`naltiriladi.

Qolaversa bu qarordan biz shuni bilib olishimiz kerakki “Toshkent” respublika fond birjasi” ning yagona dasturiy-texnik kompleksning narxi kamida 6 mln AQSH dollariga teng. Bu mablag`ni “Toshkent” respublika fond birjasi” o`z aksiyalarining 24% ini Koreya davlatiga sotishi orqali olgan. Buning maqsadi Koreya fond bozori bilan a`loqalarni yaxshilash va Koreya fond bozori mutaxasislari va “Toshkent” respublika fond birjasi” mutaxasislari o`rtasida malaka oshirishga imkoniyat yaratib beradi.
Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling