Fonetika 1 Qaysi qatorda qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida bo‘g‘inga ajralish o‘rni o‘zgargan so‘zlar ko‘rsatilgan? A kitobni, dengiz, singlim b ko‘nglim, singlim, baxtingiz c shtangasi, singlisi, dengizim d dengizi, singlim


Download 126.4 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.07.2020
Hajmi126.4 Kb.
#123313
Bog'liq
5 sinf umumiy


 

 

Fonetika 1 

1. Qaysi qatorda qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida bo‘g‘inga ajralish o‘rni o‘zgargan so‘zlar ko‘rsatilgan?  

A) kitobni, dengiz, singlim  B) ko‘nglim, singlim, baxtingiz  

C) shtangasi, singlisi, dengizim D) dengizi, singlim, sinfga 

 

2. Monografiya so‘zida urg‘u qaysi bo‘g‘inga tushgan?  



A) 3-bo‘g‘in B) 1-bo‘g‘in C) 2-bo‘g‘in D) 4-bo‘g‘in 

 

3. b va p undoshlari uchun birlashtiruvchi belgi noto‘g‘ri berilgan javobni belgilang.  



A) lab undoshilik, portlovchilik   B) jarangli-jarangsizlik  

C) lab undoshilik       D) portlovchilik 

 

4. Gullar quyoshsiz ochilmaydi. Ushbu gapda qanday unli qatnashmagan? 



A) tor unli B) o‘rta keng unli C) keng unli D) lablangan unli 

 

5. v va f undoshlari qaysi jihatdan bir guruh 



ga mansub bo‘la olmaydi?    

A) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra  

B) hosil bo‘lish usuliga ko‘ra  

C) hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra   D) tarkibiga ko‘ra 

 

6. Quyida berilgan baytda nechta so‘zda ochiq bo‘g‘in mavjud? Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, Aniq 



bilursankim, ilm bepoyon. (Firdavsiy)  

A) 4 ta    B) 5 ta   C) 6 ta   D) 7 ta  

 

7. Qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga bo‘g‘iz undoshi qo‘yiladi? 



 A) su..bat, ..il-..il   B) no‘..at, ..ayot     

C) ba..t, ogo..          D) ..il-..il, sho‘.. 

 

8. Quyidagi gapda necha o‘rinda ng undoshi qo‘llangan? Tubsiz dengiz dedingizmi, dengiz tengsiz 



dedingizmi?  

A) 5 o‘rinda B) 3 o‘rinda C) 2 o‘rinda D) 4 o‘rinda 

 

9. Qaysi javobda ikkinchi bo‘g‘ini unli va jarangli undoshlardan iborat bo‘lgan so‘zlar berilgan?  



A) qog‘oz, qo‘g‘irchoq, qalam   B) qo‘shiq, qovun, qamar  

C) ko‘rsat, qirg‘ich, qiymat       D) qasam, quloq, quyon 

 

10. Quyida berilgan gapda nechta so‘z tarkibida qator undoshlar ishtirok etgan? Ilm egallashga harakat qilish 



har bir mo‘min va mo‘mina uchun farz.  

A) 2 ta      B) 1 ta      C) 3 ta    D) 4 ta 

 

11. Qaysi javobdagi so‘zda fonetik hodisa kuzatiladi?  



A) O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir.   

B) Odob yoshlarni kattalar duosiga sazovor etadi.  

C) Ne-ne to‘siqlarni yengishgan edi.  

D) Asabiylashmay yuzma-yuz o‘tirib, fikrimizni tushuntira olamizmi? 

 

12. Qaysi javobdagi so‘zlarda fonetik hodisa kuzatiladi?  



A) qiynaldi, sanadi      B) ma’naviy, o‘ksigan   

C) yumshoq, foydali   D) o‘ynovchilardan, bog‘ga 

 

13. Sonorlar (ovozdor) berilgan qatorni toping.  



 

 

A) b, p, v, f, m    B) m, n, l, r, y     



C) l, m, n, r, ng    D) f, m, n, r, y  

 

14. Yuqori tor unlilar to‘g‘ri berilgan qatorni toping.  



A) u, e     B) i, o     C) a, o‘    D) i, u 

 

15. Tovushlarning akustik tomoniga xos bo’lgan sifat belgilari qaysi bandda to’liq ko’rsatilgan?  1) 



balandlik; 2) kuch (tezlik); 3) miqdor (yoki uzunlik); 4) tembr; 5) vazifaviy tomoni;  

A) 1, 2, 4, 5   B) 2, 3, 4, 5    C) 1, 3, 5    D) 1, 2, 3, 4 

 

16. Derazamning oldida bir tup, O‘rik oppoq bo‘lib gulladi. Ushbu gapdagi tagiga chizilgan so‘zlarda urg‘u 



qayerga tushadi?  

A) oppoq va gulladi so‘zlarida birinchi bo‘g‘inga  

B) oppoq so‘zida birinchi, gulladi so‘zida ikkinchi bo‘g‘inga  

C) oppoq so‘zida ikkinchi, gulladi so‘zida uchinchi bo‘g‘inga  

D) oppoq va gulladi so‘zlarida ikkinchi bo‘g‘inga 

 

17. Qaysi so‘zda lablanmagan tor va keng unli qatnashgan?  



A) okean    B) bilak    C) ko‘krak     D) o‘g‘iz 

 

18. Qaysi qatordagi so‘zlarda faqat tor unlilar qatnashgan?  



A) muhit, zehn           B) kibor, musiqa  

C) muqim, uyushiq    D) lirika, musiqa 

 

19. Qaysi so‘zlarda qator kelgan undoshlar til oldi jarangli undoshlardan iborat?          



 A) sabr, hukm, darz         B) darz, davr, fayz  

C) zulm, fayz, farzand      D) farzand, darz, ranj 

 

20. Qaysi gapda portlovchi undosh sirg‘aluvchi undosh singari talaffuz qilinadigan so‘z qatnashgan?            



A) Cho‘ntagimga yuz so‘m solib ko‘chaga yugurdim.  

B) Devor ustida musicha turibdi.  

C) To‘yxonaga sabzi to‘g‘ragani chiqdik.  

D) Oltin o‘tda, odam mehnatda bilinadi. 

 

21. Qaysi qatordagi so‘zda sirg‘aluvchi jarangli undosh sirg‘aluvchi jarangsiz undosh sifatida talaffuz 



qilinadi?  

A) Devor ustida musicha turibdi.  

B) To‘yxonaga sabzi to‘g‘ragani chiqdik.  

C) Cho‘ntagimga yuz so‘m solib ko‘chaga yugurdim.  

D) Oltin o‘tda, odam mehnatda bilinadi. 

 

22. 1) afg‘on; 2) avtomobil; 3) faqir; 4) shafqat; 5) afzal;  



6) abgor Berilgan so‘zlarning qaysilarida jarangsiz undosh jarangli jufti kabi talaffuz qilinadi?  

A) 1, 2, 3, 5, 6     B) 1, 3, 4, 5     C) 1, 4, 5    D) 2, 3, 6 

 

23. Hadisi sharifda shunday deyilgan: "Odamlarga nisbatan yomonligingni to‘xtat, shu o‘zingga sadaqa 



bo‘ladi". Ushbu gapda qo‘llangan tovush o‘zgarishlarining soni va turi to‘g‘ri berilgan javobni toping.        

A) 2 ta tovush ortishi, 1 ta tovush tushishi  

B) 1 ta tovush ortishi, 1 ta tovush almashishi  

C) 2 ta tovush ortishi, 1 ta tovush almashishi  

D) 1 ta tovush ortishi, 2 ta tovush almashishi 

 


 

 

24. Urg‘u haqida to‘g‘ri fikrlar berilgan qatorni aniqlang.  



1. Ikki va undan ortiq bo‘g‘inlardan tashkil topgan so‘zlarning talaffuzida bo‘g‘inlardan biri ma’lum sababga 

ko‘ra boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz etilishi ma’no urg‘usi deyiladi. 2. Urg‘u ma’no farqlash 

vazifasini bajaradi. 3. Arab, fors-tojik, rus va boshqa Yevropa tillaridan o‘zlashgan so‘zlarda urg‘u barqaror 

o‘ringa ega. 4. Urg‘u segment birlik hisoblanadi.      

A) 1, 2, 3, 4    B) 2, 3     C) 2, 3, 4   D) 1, 2, 3 

 

25.Qaysi nutq a’zolari undosh tovushlarni hosil qilishda muhim ahamiyatga ega?  



A) tovush paychalari, lab, til     

B) bo‘g‘iz bo‘shlig‘i, og‘iz bo‘shlig‘i, til  

C) lab, og‘iz bo‘shlig‘i, tovush paychalari  

D) og‘iz bo‘shlig‘i, til, burun bo‘shlig‘i 

 

26. Jarangli juftiga ega bo‘lgan til orqa undoshi qaysi javobda berilgan?  



A) g     B) k      C) ng     D) q 

 

27. Qaysi so‘zlarda ikki o‘rinda til orqa undoshi qatnashgan?         



A) gulqaychi, xalqum       B) ko‘ngil, go‘llik  

C) g‘urrak, xayrixoh         D) halovat, kabutar 

 

28. Qaysi so‘zdagi nuqtalar o‘rnida jarangli, sirg‘aluvchi, lab-tish tovushi yozilsa ham, uning jarangsiz jufti 



talaffuz qilinadi?  

A) a..zal      B) a..tomat    C) ta..silot     D) sha..qat 

 

29. Qaysi qatordagi so‘zlarda bir sirg‘aluvchi til tovushi o‘rnida ikkinchisi aytilsa-da, asliga muvofiq 



yoziladi?  

A) bo‘..chi, i..tirob     B) a..tomat, a..zal  

C) ta..charm, bar..     D) al..oz, a..zal 

 

30. Monografiya so‘zida urg‘u tushgan bo‘g‘in qanday tovushlardan tashkil topgan?  



A) 1 ta undosh, 1 ta unli      B) 2 ta undosh, 1 ta unli  

C) 3 ta undosh, 1 ta unli      D) 2 ta undosh, 2 ta unli 

 

31. Sipohning tarqoqligi saltanatning kuchsizlanishiga olib keladi. Ushbu gapda necha marta tovush 



almashish fonetik hodisasi yuz bergan?  

A) 1     B) 2      C) 3     D) tovush almashishi yuz bermagan 

 

32. Quyida berilgan gapdagi fonetik o‘zgarishlar qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? Bolaning ko‘ngli 



o‘ksimasin deb yumshoq o‘rindiqqa o‘tqazdi.  1) tovush tushishi; 2) tovush almashishi; 3) tovush ortishi     

A) 2, 3     B) 1, 2      C) 1, 2, 3      D) 1, 3 

 

33. Qadriyat atamasi keng bo‘lib, voqelikdagi hodisalarning ijtimoiy va madaniy ahamiyatini ifodalash 



uchun ishlatiladi. Ushbu gapda jarangli undosh bilan tugagan nechta yopiq bo‘g‘in bor?  

A) 7 ta    B) 8 ta      C) 9 ta     D) 10 ta 

 

34. Quyidagi gapda asosi bir bo‘g‘indan iborat so‘zlar sonini toping. Eldan ketib el bo‘lganni kim biladi? 



 A) 4     B) 3     C) 5      D) 6 

 

35. Fonemalar yordamida farqlanmagan so‘zlarni belgilang. A) sur’at-surat, she’r-sher      B) bot-bod, nufus-



nufuz  

C) olam-odam, vafo-vabo      D) Hasan-Husan, katta-kalta 

 


 

 

36. Quyida berilgan so‘zlarning qaysilarida urg‘u birinchi bo‘g‘inga tushadi?   1) texnika; 2) hamma; 3) 



daftar; 4) gulday; 5) vodorod  

A) 1, 2, 4      B) 3, 4      C) 2, 5      D) 2, 4, 5 



 

Download 126.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling