Fonetika,Leksikologiya,Morfemika yuzasidan test topshiriqlar! O’qituvchi: Ibrohim Qayumov
Qashqadaryo viloyati. Qarshi shahri. “Ilm-u Ziyo” o’quv markazi. Aloqa uchun: +998919647153
Fonetika,Leksikologiya,Morfemika
1. Qaysi
qatordagi gapda 2 ta tovush tushishi va 1 ta tovush
ortishi kuzatiladi?
A)Bir vaqt qarasam, yig'layapman. Keyin asta uyga kiraman
degan edim, haligi itlar yana uvlab yubordi.
B)Ko'z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar,
toshlarni osmonga irg'itib o'ynatayotgan polvonlar ketmasdi.
C)Ayriliq ham sinovdir, bolam. Sabr qiling, xalq orasida o'z
obro'yingizga egasiz, shunday ekan hozircha faqat kutganingiz
ma'qul.
D)Otaxon, singlimning ko'ngli juda nozik. Qaytgunimcha unga
qo'ldan kelgancha qarab, yordam berib turing.
2. Quyida berilgan qaysi gapda
asosi yasama sifat bo'lgan,
fonetik qoida asosida yozilgan ot so'z turkumiga tegishli
so'z ishtirok etgan?
A)Yurtimiz tinchligini o'ylar ekansiz-u, shu tinchlik, avvalo ,
uyingizdan boshlanishini unutib qo'yibsiz-da?!
B)Sarg'aygan yaproqlarga qarar ekanman, allaqachon kuz kirib
kelganini, ammo hali hamon qalbimda sovuq qishning tafti
ufurib turganini his qildim.
C)Uning bu sokinligi qandaydir g'ayritabiiy tuyular, ko'zlari
mayus yerga qarardi.
D)Go'yoki olamshumul xabarni eshitgandek baqirib yubordi.
3. Til oldi, jarangsiz, portlovchi undosh so'z yasovchi
qo'shimcha vazifasini bajargan qatorni belgilang.
A)Salima qo'lidagi supurgisini yerga qo'ydi-da sekingina
jo'mrakni burab chelagiga suv to'latdi.
B)Kecha shuncha pulni kimdan to'latgan edingiz?
Ishonmasangiz, mana, ko'ring! Hisob raqamiga pul
o'tkazilmagan.
C)Qorli tog'lar turar boshida, Gul vodiylar yashnar qoshida.
D)Men mast bo'lib qoldim bu kecha, Sil o'pkamni
ancha
yayratdim. Uxlamasdan to tong otguncha, Dilginamni rosa
sayratdim.