Fonetika,Orfografiya,Leksikologiya bo’yicha test sinov 1


Download 114.57 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.11.2020
Hajmi114.57 Kb.
#141442
Bog'liq
Fonetika,Orfografiya,Leksikologiya


 Fonetika,Orfografiya,Leksikologiya bo’yicha test sinov 

1.  Millatning dahosi, aqli va ruhiyati maqollaridan bilinadi. 

Ushbu gapdagi nechta so‘z tarkibida jarangsiz til oldi 

undoshi qatnashgan? 

A) 5 ta                        B) 2 ta 

C) 3 ta                       D) 4 ta 

2.  Quyidagi qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga i unlisi yoziladi? 

1) sov...q; 2) sup...rmoq; 3) muh...m; 

4) qut...lmoq; 5) sur...shtirmoq; 6) tush...nmoq. 

A) 2, 3, 6                В) 1, 2, 4, 6 

C) 3, 5                   D) 1, 3, 5 

3.  Qaysi javobda berilgan so‘zlardagi nuqtalar o‘rniga bo‘g‘iz 

undoshi yoziladi? 

A) ...iyla, ...ulosa 

B) sa...iy, i...tiro 

C) ...ushyor, ...ozirjavob 

D) ...ayot, ...aridor 

4.  Hayotimizda kitobning ahamiyati beqiyosdir. 

Ushbu gapdagi qaratqich aniqlovchi tarkibida qatnashgan 

undoshlar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni toping. 

A) Jarangsiz lab-lab undoshi qatnashgan. 

B) Jarangli til orqa undoshi 2 o‘rinda qatnashgan. 

C) Jarangsiz til orqa undoshi qatnashgan. 

D) Jarangli til oldi undoshi 2 o‘rinda qatnashgan. 

5.  Quyidagi gapda imloviy jihatdan xato yozilgan so‘zlar soni 

nechta? 

G‘azapdan o'zingni asra, chunki и tufayli inson ishlarini, 

ezgu maqsatlarini unutadi. 

A) 2 ta         В) 1 ta            C) 3 ta              D) 4 ta 

6.  General stol yoniga kelib, tamaki qoldig'ini kuldonga 

tashladi. 

Ajratib ko‘rsatilgan so‘z bilan asosdosh bo‘la oladigan so‘z 

qatnashgan gapni aniqlang. 

A) Qozon osilgan kulsiz o‘choqqa ko‘zi tushdi. 

B) Xatni o‘qib, Abdurahmonovning kulcha yuziga qon 

yugurdi. 

C) Kulgi - misoli oftob: u inson yuzidan qish qahrini olib 

tashlaydi. 

D) Uning raso bo‘y-basti, quralay ko‘zlari, o‘ng betidagi 

kulgichi ko‘z o‘ngimdan o‘tdi. 

7.  Qozon turgan kulsiz o'choqqa ko‘zi tushdi. 

Ajratib ko‘rsatilgan so‘z bilan asosdosh bo‘la oladigan so‘z 

qatnashgan gapni aniqlang. 

A) Stol ustidagi kuldon bir chetga olib qo‘yildi. 

B) Kulgi - misoli oftob: u inson yuzidan qish qahrini olib 

tashlaydi. 

C) Xatni o‘qib, Abdurahmonovning kulcha yuziga qon 

yugurdi. 

D) Uning raso bo‘y-basti, quralay ko‘zlari, o‘ng betidagi 

kulgichi ko‘z o‘ngidan o‘tdi. 

8.  Qaysi javobda o‘z shakldoshi bilan o‘zaro bir xil turkumga 

oid bo‘la oladigan so‘z bilan ifodalangan ega qatnashgan? 

A) Ishga berilib ketganidan yuz-ko‘ziga ko‘cha changi 

yopishayotganini ham payqamas edi. 

B) Bu taxt sening avlodlaringga ham nasib etmaydi. 

C) Tanlovda bu tuman faxrli birinchi o‘rinni egalladi. 

D) «Yoz o‘tmoqda soz», - deya'ko‘chalarda chopib 

o‘ynashardi. 

9.  Qaysi gapda asosi fe’l bilan shakldosh bo‘la oladigan sodda 

yasama so‘z qatnashmagan? 

A) Chiroyli, do‘mboq bola eshik oldida yotsirab turardi. 

B) Mahalladagi o‘rtoqlarim bilan bolalikdagi 

sho‘xliklarimizni eslab maza qildik. 

C) Faqat bir tilim handalak yedi-yu, issiqissiq choy ichdi. 

D) Inson sog‘ligi hamma narsadan qimmat turadi. 

10. Qaysi javobda berilgan so‘zlar o‘zaro asosdosh so‘zlar 

sanaladi? 

A) qondosh, qonamoq 

B) sog‘inmoq, sog‘aymoq 

C) tushlik, tushkun 

D) kuldon, kulgi 

11. Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro asosdosh so‘zlar 

qatnashgan? 

A) Uning o‘tli nigohlari qarshisida hech narsa deya olmas 

edi. Bolaligimni eslasam, o‘tloqda dumalab o‘ynaganlarimiz 

yodimga tushadi. 

B) Cho‘lboboning payvandlariga havas qilmaydigan 

bog‘bon kam topiladi. U bog‘li poyabzal sotib olishni 

mo‘ljallagan edi. 

C) Tuzdonni stol ustiga keltirib qo‘ydi. Tuzsiz xamir 

tandirda turmas. 

D) Yoshliging g‘animat, bolam, o‘sib, un. U yoshli ko‘zlari 

bilan menga termilardi. 

12. Qaysi gapdagi barcha so‘zlarning asosi shakldoshlik 

xususiyatiga ega? 

A) Sen bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning. 

B) Topgan gul keltirar, topmagan - bir bog‘ piyoz. 

C) Tushgacha qoplangan unlarni ortib, uyga ketishdi. 

D) Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi. 

13. U bog'li poyabzal sotib olishni mo‘ljallagan edi. 

Ushbu gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘z bilan asosdosh bo‘la 

oladigan so‘z qaysi javobda qatnashmagan? 

A) Polvon belini belbog‘ bilan mahkarri bog‘ladi va ishga 

shaylandi. 

B) Bu voqeadan qanday xulosa chiqarishi uning aql-

idrokiga bog‘liq. 

C) Nodirjon echkini o‘tloqqa bog‘lab uyga qaytdi. 

D) Yigit tadbirkorligi tufayli yerli, suvli va bog‘li mulkdorga 

aylanibdi. 

14. Qaysi javobda metafora usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz 

bergan? 

A) Albatta, yurtimizdagi bunday o‘zgarishlarni ko‘rgan 

ko‘zlar xursand bo‘ladi. 

B) Har shanba «Muoimiv»da «Advokatlik osonmi?» dramasi 

qo‘yilayotgan ekan. 

C) Yanvarning o‘n beshlarida butun qishloq to‘g‘on 

qurishga otlandi. 

D) Mustaqillik tufayli millatning g‘ururi, obro‘-e’tibori 

o‘sdi. 

15. Qaysi javobdagi so‘zda sinekdoxa usuli orqali ma’no 

ko‘chishi yuz bergan? 

A) Yoqimli hid dimog‘ini qitiqladi. 

B) Och nazarim tushar suratga. 

C) Bir boshga bir o‘lim. 

D) «Nasaf» Toshkentdan g‘alaba bilan qaytdi 

 

 

Download 114.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling