Fortepiano umuminsoniy cholg'u sozi fortepiano


Download 104.25 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi104.25 Kb.
#215720
  1   2
Bog'liq
Fortepiano


FORTEPIANO UMUMINSONIY CHOLG'U SOZI

Fortepiano (ital. forte — kuchli va piano — kuchsiz, sekin) — royal va piavdsholarning umumiy nomi. 18-asr boshida B. Kristofori (Italiya), J. Marius (Fransiya) va K.G. Shryoter (Germaniya) tomonidan ixtiro qilingan. Keyinchalik F. mexanizmi va shakli I. A. Shteyn, I. A. Shtreyxer (Avstriya), A. Bekers (London), S. Erar (Parij) va boshqa ustalar tomonidan takomillashtirilgan. Tovush ogayeishlarini bosish orqali kigiz qoplangan yogʻoch bolgʻachalar bilan torlarga urish natijasida xreil qilinadi. Klavesin va klavikorddan dinamikasi oʻzgaruvchanligi (mas, kuchli peggedan astasekin piano darajasiga oʻtish imkoniyatlari) bilan farq qiladi (nomi shundan). F. uchun ilk asarlarni I. Gaydn, V. A. Motsart, L. Betxoven va boshqa ijod qilgan. F. oʻzining keng ijroviytexnik hamda ifodaviy imkoniyatlari tufayli Yevropa koʻp ovozli musiqasida asosiy yakkanavoz va joʻrnavoz soz sifatida keng oʻrin olgan.

Oʻzbekistonda F. musiqasi 1920—30 yillarda V. Uspenskiy, B. Nadejdin qayta ishlagan oʻzbek xalq kuylaridan boshlab, keyinchalik G. Mushel, X. Izomov, B. Giyenko, Sayfi Jalil, N. Zokirov, oxirgi yillarda D. Saydaminova, R. Abdullayev, A. Nabiyev, M. Otajonov, D. Omonullayeva va boshqalarning miniatyuralari, sonata va konsertlari, koʻp qismli turkumlari bilan boyidi. Oʻzbekistonda F. ijrochiligi sanʼati rivojiga A. Lisovskiy, N. Yablonovskiy, Oʻzbekistonda xizmat kursatgan artistlar O. Yusupova, A. Sharipova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi T. Popovich, xalqaro tanlovlar gʻolibi E. Mirqosimova, A. Sultonov, U. Polvonov va boshqa oʻz hissasini qoʻshgan.

Pianino (ital. pianino — kichik fortepiano) — torli urma-klavishli musiqa cholgʻusi, fortepiano turi. Royaldan torlari, dekasi (rezonans tax-tasi) va mexanikasining vertikal joylashganligi, tovushi uncha kuchli va rang-barang boʻlmaganligi bilan farqla-nadi. P.ning zamonaviy turi Ameri-kada J.I.Xokins (1800), Avstriyada M.Myuller (1801), Angliyada T.Laud (1802) yaratgan namunalari asosida yuzaga kelgan. 19-asr oʻrtalarida P. hozirgi shakli va konstruksiyasi (choʻyan rama, ustma-ust kesishib tortilgan torlar, pastki va yuqorigi dempferli mexanika, 7 oktavali diapazon)ga ega boʻldi. Bunday P.lar, asosan, xona (kabinet) ijrosiga moʻljallangan. Baʼzan konsert (7’/4 oktavali) P.lari ham uchraydi.




Download 104.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling