Forum ziyouz com Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: Robiya 29 Avgust 2007, 13: 18: 48


Download 77.34 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi77.34 Kb.
#225886
  1   2   3
Bog'liq
donishmand va malikani 1001 savoli


forum.ziyouz.com

Umumiy bo'lim => Islom => Mavzu boshlandi: Robiya 29 Avgust 2007, 13:18:48

Nom: Donishmand malika va uning 1001 savoli


Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2007, 13:18:48

Ushbu kitob asrimiz boshida buxorolik Muhammad Zafar tomonidan ko’chirilgan bo’lib, kim tomonidan bitilgani aniq emas.Uni o’qigan har bir kishi o’zini qiynab yurgan jamiki hunyo jumboqlariga javob topgay, islom diniyu "œQur’on"ning har bir oyatigacha hamda namozning mo’minu musulmonlarga qanday farz bo’lgani borasidagi qiziq va ayni chog’da g’oyat ibratli voqealardan xabardor bo’lg’ay.Qissa qadimgi ertaklar shaklida yozilib, o’quvchini toliqtirmaydi.Islom dini va "œQur’oni Karim" to’g’risidagi ilm bo’lishiga qaramay, xuddi badiiy asar o’qiyotganday bo’ladi.

Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 29 Avgust 2007, 13:24:16

   Alhamdu lillohi rabbil olamina va aqubatu lil muttaqiyna vas-salotu vassalomu ‘ala rasulihi Muhammadin vaolihi va ashobihi ajma’in!Ammo ba’d hamdu behad va sanoyi ba’d ul arsayi mavjudod, ya’ni Muhammad Mustafo salollohu alayhissalom, afzalus salomi va Akmal ut tahiyyoti va olihi va ashoblariga ham!


    Ammo rivoyat qilguvchi va tarix bitguvchilar andog’ rivoyat qilibturlarki, sultoni Orifin, ya’ni Rum podshohi erdi.Musulmonlikda barqaror erdi. Kecha va kunduz ilmu amalga bisyor sa’yi bor erdi.Va vaqtiki qazoyi muqarrar yetdi.Dorul fanodin Dorulbaqog’a intiqol qildi.O’g’ullari yo’q erdi,ammo bir qizlari bor erdi.Otasini taxtig’a o’tquzdilar.Ammo bir kun Malikayi latif podshohlik qilib ja’mi umaro va amaldorlarni chorlatib dediki: - Meni ming masala savolim bor,kimki shu savolimni topsa,o’zumni unga bag’ishlab,har kishiki o’zumni qabul qilib taxtu podshohligimni ham berurman! — dedi.Malikaning bu so’zi tamomi olamg’a yoyildi.Shahardan shaharga,viloyatdan viloyatga bu so’zlar eshitildi.Rum shahrining donishmandlari bu so’zlarni eshitib yig’ilib keldilar.Malika savoliga javob berurmiz, deb.Malika darhol ularni savolga tutdi.Donishmandlar bu savollarni eshitib, hayron bo’lib,javob berishga ojiz bo’ldilar.Malika darg’azab bo’lib aytdiki:- Nima uchun o’zlaringizni donishmand sanab,keldingizlarmi? Deb hammasini bandga soldirdiki,chunonchi Hazrat Ali Karim Allohu vajhahu aytibdurlarkim: Xalaqa manlaya’rifa Qidrahu!Ya’ni halok bo’lar kishiki bilmasa o’z qadrini.Emdi halok bo’lursizlar,deb hammasini bandga solib, o’n kundan keyin o’ldurmakka hukm qildi.Rum shahrini akobirlari bularning gunohlarini tilab hammasi maslahat qilib keldilar.Aytdilar: -Ey malikai donishmand, bularni o’ldursalar xo’b bo’lmas,bu ishimiz shaharga eshitilur!Xo’bi shuldurki,bularni o’ldurmay bir yillik molini va mulkini olib qo’yib yuboraylik,- deb talab qildilar.
    Alqissa Malika Rum shahrig’a qirq yil podshohlik qildi.Hech donishmand chiqmadi.Malika xush xo'’ va xushro’ylig’i,darveshnavoz olimlarni do’st tutmog’i yetti iqlimg’a shuhrat topdi.Ammo Turkiston viloyatida ham bir Donishmand bor edi.Bu so’zni eshitib Turkistondan qirq kechayu kunduzda Rumg’a keldi.Rum shahriga Turkistondin bir Donishmand kelibdur,degan ovoza tarqaldi.Malika darhol ul Donishmandni chorlatib: "œMing bir savolimg’a javob bergali keldingizmu?" deb so’radi.Donishmand: "œOre,Insholloh!Javob ayturman",-dedi.-Har ish Xudodin.Xudoyi taolo "œQur’oni sharif"da xabar beribdur: "œA’uzu billahi minashshaytonir rojim,Bismillahir Rohmanir Rohiym!Qavlahu Taolo,kull shay’in xaliqun illa vajhahu lahul hukmu va ilayhi turja’un!"
    Malika aytdi:"œHazor savolimga bermasang javob
                           Yo’qsa qoning to’kilur besabab!"
Donishmand aytdi:"œMan parvonaman,san shamdursan,
                               Yuzingni nuridin chun sham’i tobon
                                Jamoling shamida parvona yanglig’
                                Kuyub qilsam sanga jonimni qurbon"

Davomi bor...

Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli
Yuborildi: Robiya 03 Sentyabr 2007, 16:47:04

Malika so’radi: "œXudoyi Taoloning qudratidin ikki jahonda har narsa paydo bo’ldi.Ul nimadurki,Xudoyi Taolo bilmaydur?!"


Donishmand aytdi: "œO’ziga o’xshash narsani bilmaydur"
Malika so’radi: "œUl nimadurki Xudoyi Taoloda yo’q"
Donishmand aytdi: "œXudoyi taoloda uyqu yo’q".
Malika so’radi: "œUl nimadurki,misli va monandi yo’q,ayoliyu farzandi yo’q!?"
Donishmand aytdi: "œUl Xudoyi Taolodur!"
Malika so’radi: "œXudoyi Taoloni yuzi qaysi tarafdadur!?"
Donishmand aytdi: "œChiroqni bir qorong’u uyga yoqsang,hammaga barobar ravshanligi tushar.Xudoyi Taoloning yuzi anga o’xshash hammaga barobardur."
Malika so’radi: "œXudoyi Taolo Arshdamu Kursidamu!?"
Donishmand aytdi: "œArshda ham emas,Kursida ham emas,Xudoyi Taoloni joyi Lo Makondur!"
Malika so’radi: "œUl nechuk mevadurki,Behishtg’a o’xshar!?"
Donishmand aytdi: "œXudoyi Taoloning karamidur!Aning uchun ruhi toza bo’lur!"
Malika so’radi: "œXudoyi Taolo hammadin ilgari nimani yaratdi!?"
Donishmand aytdi: "œKofu Nunni yaratdi."
Malika so’radi: "œQaysi dalil birla?"
Donishmand aytdi: "œXudoyi Taolo "œQur’oni sharif"da xabar beribdiku: "œAN YAKULA LAHU KUN FAYAKUN!" deb."
Malika so’radi: "œKun fayakundan nima hosil bo’lur?"
Donishmand aytdi: "œXudoyi Taolo "œKUN" deb, ya’ni "œbo’lg’il!" "œFAYAKUN", "œbas bo’ldi!" Har narsaki jahonda bor paydo bo’ldi."
Malika so’radi: "œNa yerdin kelursiz?!"
Donishmand aytdi: "œOta sulbidinu ona rahmidin kelurman!"
Malika so’radi: "œQaysi dalil birla?"
Donishmand aytdi: "œQavlahu Taolo,yaxruju min baynis-sulbi vattaroibi!"
Malika so’radi: "œQayg’a borursan?"
Donishmand aytdi: "œLo makong’a borurman!"
Malika so’radi: "œQayda turursan?"
Donishmand aytdi: "œGo’ristonda tururman"
Malika so’radi: "œNima yersan?"
Donishmand aytdi: "œG’am yerman"
Malika so’radi: "œNimani g’amini yersan?"
Donishmand aytdi: "œOxirat g’amini yerman"

Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli


Yuborildi: Robiya 14 Sentyabr 2007, 12:16:15

Malika so’radi: "œXudoyi Taolo o’tdin nimani yaratdi?!"


Donishmand aytdi: "œDo’zaxda ikki narsani o’tdin yaratdi:biri muzakkar,va biri muannas!Muzakkarni dumi ilon dumig’a o’xshar,muannasni dumi chayon dumig’a o’xshar.Ul ikkisi juft bo’ldi, andin jinlar paydo bo’ldi."
Malika so’radi: "œQaysi dalil birla?"
Donishmand aytdi: "œQur’oni sharif"da zikr qilibdur: "œQavlahu Taolo val jinna xalaqnahu min narissamum", ya’ni "œBiz jinlarni o’tdan yaratdik".
Malika so’radi: "œUl nadurki joniyu boshi yo’qdur,lekin yemish yeydur?!"
Donishmand aytdi: "œHazrati Muso alayhissalomni Asolaridurki,Fir’avn alayhi la’na Muso alayhissalomga g’olib keldi.Andin Asolarini yerg’a tashladilar.Xudoyi Taolo unga(Asoga) jon berdi.Ulug’ ahdarho paydo bo’ldi.Oldiga har narsaki uchradi,ani yedi.Kofurlar ani haybatidin qo’rqub qochdi.Muso alayhissalom yana qo’llarig’a oldilar,Asog’a aylandi."
Malika so’radi: "œUl nimadurki,jonsiz havog’a o’rnidin uchib ketdi?"
Donishmand aytdi: "œUl Ko’hi Turdurki,Xudoyi Taolo nuri tajalliy qilg’oni sababli zarra-zarra bo’lub havog’a uchib ketdi."
Malika so’radi: "œUl nimadurki, ovozini bir kishidan o’zga eshitmadi,nechuk ovozdir?!"
Donishmand aytdi: "œUl ovozni Muso alayhissalomdin o’zga eshitmadi."
Malika so’radi: "œUl suvki, osmondin emas,xalq u suvdin ichib serob bo’ldi, nechuk suvdir?"
Donishmand aytdi: "œMuso alayhissalomni qullari tashna bo’lib suv so’radi.Asolarini toshg’a urdilar.O’n ikki buloq paydo bo’ldi.Ul suvdin ichib,serob bo’ldilar."
Malika so’radi: "œUl nechuk soyadirki,bir guruh xalqqa soya bo’ldi?"
Donishmand aytdi: "œCho’llarda issiq ko’p yomon bo’ldi.Muso alayhissalom duo qildilar, Xudoyi Taolo bir bulut paydo qildi.Ul qumg’a soya bo’ldi."
Malika so’radi: "œNecha narsani ota-onasi yo’q?"
Donishmand aytdi: "œOlti narsani ota-onasi yo’q: Avvalo Hazrati Odamni,ikkinchi Hazrati Momo Havoni,uchlamchi,Ismoyil o’rnig’a qurbonliqqa so’yilgan qo’chqorni,to’rtinchi Hazrati Solih alayhissalomning tuyalarini,beshinchi Hazrati Iso alayhissalomni,oltinchi Hazrati Shish alayhissalomni otalari yo’q edi."
Malika so’radi: "œUl na taomdurki,bu dunyoda ham, narigi dunyoda ham yo’qdur?"
Donishmand aytdi: "œBir guruh kofirlar kelib: Yo Iso duo qilsang,Xudoying bizga osmondin pishgan baliq yuborsin,biz ani yeb musulmon bo’lib imon kelturaylik", dedilar.Iso alayhissalom Xudoga murojaat qildilar.O’shal onda bir katta baliq pishgan holatda yerga tushdi.Kofirlar yeb aytdiki: "œBiz umrimizda bunday lazzatli taomni yemagan edik", deb imon keltirib musulmon bo’ldilar."

Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli


Yuborildi: Robiya 25 Sentyabr 2007, 11:47:50

Malika so’radi:Namozga azon aytmoq nimadur?


Donishmand aytdi:Besh vaqt namozga va namozi Jum’aga azon aytmoq sunnati muakkidadur.
Malika so’radi:Necha vaqt namoz farzdur?
Donishmand aytdi:Besh vaqt namoz farzdur.Avval namozi Bomdod,ikkinchi namozi Peshin,uchinchi namozi Asr,to’rtinchi namozi Shom,beshinchi namozi Xufton.
Malika so’radi:Besh vaqt namoz qanday sabablar bilan nozil bo’ldi?
Donishmand aytdi:Hazrat Odaml alayhissalom va Momo Havo Jannatdin quvilgandin keyin bir qancha vaqt yer yuzida qarong’uliq bo’lg’ondin g’amgin bo’ldilar.Vaqtiki tong otdi.uning shukronasig’a ikki rakaat namoz o’qudilar.Namozi qabul bo’ldi.Va u bizlar uchun farz bo’ldi.
Malika so’radi:Namozi Peshin kimdan qoldi?
Donishmand aytdi:Hazrati Ismoyilni qurbonliq qilmoqqa Xudoyi Taolodin amr bo’ldi.Hazrati Ismoyilni otalari qurbonliq qilish uchun bir tarafg’a olib bordilar.Xudoyi Taolodin nido keldiki: "œVa fadaynahu bizibhin aziym!",ya’ni "œVa uning o’rniga o’lug’ qurbonliq fido qildik.Jannatdin chiqarilgan qo’chqorni qurbonliq qil!"deb.Yana boshqa bir rivoyatda Namrud alayhila’na manjaniq birla Ibrohim alayhissalomni o’tga tashlagan.Ul o’t Hazrati Ibrohimga ta’sir qilmagan.Balki guliston bo’lgan.Aning shukronasiga to’rt rakaat namoz o’qidilar.Xudoyi Taolo qabul qildi.Bizga farz bo’ldi.
Malika so’radi:Namozi Asrni kim o’qidi?
Donishmand aytdi:Hazrat Yunus payg’ambarni daryoda baliq yutdi.Uch kun baliq(ba’zi manbalarda qirq kun deyilgan) qornida yotdilar.Ba’d azon sihat chiqtilar.Ani shujronasiga to’rt rakaat namoz o’qidilar,Xudoyi Taolo qabul qildi,bizga farz bo’ldi.
Malika so’radi:Namozi Shom kimdin qoldi?
Donishmand aytdi:Hazrat Isoga tarsolar Xudoni uch(kishi) dedi.Yeru ko’k larzaga keldi.Osmonu zamin nola qilib dedilarki, "œIlohi,Xudovanda,bu kofurlarni nobud qilsang?!"Xudoyi Taolodin farmon bo’ldiki: Ularning chorasini man berurman.Hazrat Iso o’z sharmlarini saqlab,ani shukronasiga uch rakaat namoz o’qidilar.Xudoyi Taolo qabul qildi.Bizga farz bo’ldi.
Malika so’radi:Namozi Xuftonni kim o’qidi?
Donishmand aytdi:Hazrat Muso alayhissalom Madinadin Misrga borguncha Hazrat Shu’ayb alayhissalomni qizlari Safuro tavallud qilur bo’lib,chaqmoq paydo bo’ldi.O’tlar chaqildi,bo’rilar qo’ylarga chopdi.Harchand chaqmoqni chaqdilar,o’t chiqmadi.Hayron bo’lib turib edilar,bir tarafdin o’t ko’rundi.O’shal tarafga yurdilar.Ko’hi Tur bilan bu yerning orasi o’ttiz farsang yo’l edi.Bir lahzada yetib keldilar.Va farmoni Xudoyi azza va jalla ovoz chiqtiki: "œQavlahi Taolo an ya Muso inniy anallaha Robbal a’lamin va an alqi asaka", ya’ni Ey Muso, albatta men olamlarning Rabbisiman va sen Asoyingni ushla!Hazrat Muso bu bashoratni eshitib qaytdilar.Kelsalar,zaifalari tavallud qilibdur.Mollari salomat va ravshan bo’libdur.Ani shukronasiga to’rt rakaat namoz o’qidilar.Xudoyi Taolo qabul qildi,bizga farz bo’ldi.

Nom: Re: Donishmand malika va uning 1001 savoli


Yuborildi: Robiya 15 Oktyabr 2007, 13:57:56

Malika so’radi:Bir kecha kunduzda necha rakaat namozdur?


Donishmand aytdi:O’ttiz uch rakaat — o’n yetti rakaat farz,o’n ikki rakaat sunnat,uch rakaati vojib.
Malika so’radi:Bir namozlarda necha ruku’,necha sujud(sajda), necha takbir,necha tasbeh bor?
Donishmand aytdi:32 ruku’, 64 sujud,77 takbir,yuz sakson sakkiz tasbeh.Bu tasbehlarni uch(avj)din aytmoq fazilatdur.
Malika so’radi: Sabab nimaki, kechki namozda baland qiroat qilurlar?Kunduzgi namozga esa past qilinur?
Donishmand aytdi:Farishtalar hamma namozga baland qiroat qilurlar.Bas Xudoyi Taolo mo’minlarga amr qildiki: kunduzi ohista va kechasi baland qiroat qilinglar,farishtalar savobig’a yetkaysizlar.
Malika so’radi: Daryoni asli na turur?
Donishmand aytdi:To’fon suvini boqiysidur.
Malika so’radi: Tevani asli na turur?
Donishmand aytdi:Ul Behishtdan chiqqandur
Malika so’radi: Ho’kizni asli na turur?
Donishmand aytdi:Ul ham Behishtdan chiqqandur.
Malika so’radi: Ul nimadurki,Qiyomatgacha biri quvar,biri qochar?
Donishmand aytdi:Biri kecha va biri kunduzdur.
Malika so’radi: Ul na daraxtdurki,Behishtda ham,bu dunyoda ham e’tibor qilindi?
Donishmand aytdi:Ul daraxt Xurmoqdur.Behishtda payg’ambarlar ham yeb do’st tutar erdilar.
Malika so’radi: Hazrat Odamni qon to’kkan farzandlari qaysidur?
Donishmand aytdi:Hobulni Qobul o’ldirib qon to’kkandur.
Malika so’radi: Payg’ambarlarga osmondin necha noma tushgan?
Donishmand aytdi:Avvalgi noma Hazrat Odamga,ikkinchi ellik noma Hazrat Shis nabiyullohga,uchinchi noma Hazrat Idris payg’ambarga,to’rtinchi o’n noma Hazrat Ibrohim payg’ambarga keldi.
Malika so’radi: Nechta kitob tushdi?Nechasi mashhur bo’ldi va nechasi mansuh bo’ldi?
Donishmand aytdi:Yuz to’rt kitob tushdi.To’rti mashhur va yuzi mansuh bo’ldi.
 Mashhuri uldurki, biri Tavrot — Muso alayhissalomga tushdi.Ikkinchisi Injil — Iso alayhissalomga,uchinchisi Zabur — Dovud alayhissalomga,to’rtinchisi — Furqon — Qur’on — mushaf — Kalomi sharif ham derlar, Hazrat Nabiyna Muhammad salallohu alayhi vasallamga tushdi.
Malika so’radi: Qur’onni nima uchun Furqon deydilar?
Donishmand aytdi:Qur’onni har surasi va oyati bo’lak-bo’lak tushdi.O’zga kitoblar esa bir yo’la butun holda tushgan.Ani uchun Furqondur.
Malika so’radi: Qur’on necha suradur?
Donishmand aytdi:Qur’on yuz o’n to’rt suradur.
Malika so’radi: Qur’on necha oyatdur?Bu oyatlarning nuzuli va sababi nima?
Donishmand aytdi:Qur’on 6666 oyatdur.Andin ming olti oyati Payg’ambarlarni bayonida.1020 oyati Xudoyi Taolo vahdoniyati bayonida.Ming oyati podshohlar va raiyatlarni bayonida.1200 oyati imon shartlari bayonida.200 oyat dorilar bayonida.200 oyati boy va shuaro savdogarchilik bayonida.70 oyati g’oziylarning bayonida.103 oyati gunohkorlarni tavbasi bayonida.203 oyati xalqni rizqi bayonida.50 oyati hojilar bayonida.694 oyat xotun olmoq va qo’ymoq va zino qilmoq bayonida.366 oyat zakot bayonida.200 oyati sadaqa bayonida.61oyati guvohlik bayonida.150 oyati ota-onasini farzandlari xursand qilmoq bayonida.7 oyati sharob ichmakni man qilmoq bayonida.200 oyati Ro’za bayonida.

Download 77.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling