Fotima men uchun ideal ayol, ideal qiz siymosida gavdalanadi


Download 84.83 Kb.
Sana21.07.2023
Hajmi84.83 Kb.
#1661457
Bog'liq
ogay ona


Bu kitob juda sodda va xalqona tilda yozilgan. Ayrim asarlarga oʼxshab tushunilishi qiyin, murakkab, mujamalliklarga toʼla emas!
Bir qarashda «oʼgay» degan soʼz koʼpchilikda salbiy fikrlar uygʼotishi tabiiy. Ammo bu asarda «oʼgay» soʼzi Fotima obrazi timsolida oʼzining asl maʼnosini toʼla yoʼqotib, mutlaqo yangi maʼno kashf etib, «chin insoniylik, mehr-muhabbat, hurmat, sofdillik» maʼnosiga koʼchib oʼtgan.
Asarni oʼqish mobaynida ulugʼ islomga, buyuk Qurʼoni Karimga yana bir bora iymon keltirdim. Bu asar shunday yozilganki, unda Fotimaning har bir amalida, har bir soʼzida Allohning kalomini his qilasiz, anglaysiz.
Eng muhimi bu kitob goʼzal islomiy aqidalar, buyuk Qurʼoni Karimning ulugʼ oyatlari bilan uygʼunlashtirilgan.
Fotima men uchun ideal ayol, ideal qiz siymosida gavdalanadi.
Unga dugonalari, nima uchun oʼrangansan, nimadan buncha saqlanasan, hech boʼlmasa bizning yonimizda hijobingni yechib oʼtir, deganida u shunday javob qaytaradi:
» Istaymanki, Alloh meni uyalishimga sabab boʼladigan holatda koʼrmasin. Oʼzi amr etgan, rozi boʼladigan qiyofada koʼrsin…»
Fotima hali yosh va turmushga chiqmagan boʼlishiga qaramay, 2 ta farzandli, ayoli olamdan oʼtgan erkakka tegadi. Nima uchun???
Chunki u yoshligidan oʼgaylik azobini totgan, qiynalgan, azob chekkan qismat egalarini koʼrgan. Oʼsha kishining 2 ta yetim farzandi ham oʼzga «oʼgay ona» qoʼlida azoblanib, kelajaki barbod boʼlmasligi uchun, oʼzi ularga haqiqiy ona mehrini berib, oʼgayliklarini his qilmasligi uchun bu nikohga rozi boʼladi.
Oʼgay farzandlarga bergan mehrni, goʼzal tarbiyani hozirgi kunda ancha-muncha haqiqiy ota-onalar bera olmaydi.
Vafot etgan kundoshining haqqiga qilgan duolari, ehsonlari esa insoniylikning eng oliy koʼrinishidir.
Xullas, aziz kitobxonlar, ja koʼp gapirib yubordim.Kitobdagi hamma sirni ochmayman, yaxshisi oʼzingiz tezda mutolaa qilib chiqing. Ketgan vaqtingizga ham, energiyangizga ham achinmaysiz!

Download 84.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling