Fotodatchik fototoki va fotokuchlanishi qiymatlarini yorug’lik to’lqin uzunligiga bog’liqligini o’rganish


Download 190.23 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi190.23 Kb.
#1034702
Bog'liq
fotoeffekt hodisasi


Aim.Uz



laboratoriya ishi №

FOTODATCHIK FOTOTOKI VA FOTOKUCHLANISHI QIYMATLARINI YORUG’LIK TO’LQIN UZUNLIGIGA BOG’LIQLIGINI O’RGANISH

Fotodatchik fototoki va fotokuchlanishi qiymatlarini yorug’lik to’lqin uzunligiga bog’liqligini o’rganish

Ishning maqsadi: ichki fotoeffekt hodisasini yorug’lik to’lqin uzunligiga bog’liqligini o’rganish.


Kerakli aspob va jihozlar: fotoelement, mikroampermetr, yorug’lik filtrlari, oq yorug’lik manbai, ulash simlari.

Nazariy muqaddima




Ichki fotoeffekt hodisasi ro’y berishligi uchun fotoelementga tushayotgan yorug’lik kvantinig energiyasi ma’lum qiymatdan kichik bo’lmasligi kerak. Bu energiya fotoelementni tashkil etuvchi yarimo’tkazgich moddasi atomlarining ionlashtirish energiyasi bilan aniqlanadi. Agar foton energiyasi atomlarning ionlashish energiyasidan kichik bo’lsa, yani hv < Eionlashish bo’lganda fotoeffekt ro’y bermaydi. Fotoelementda hosil bo’layotkan tok kuchi va kuchlanish foton energiyasi bilan bir vaqtda yarimo’tkazgich moddasining xossalariga va berkituvchi qatlamning joylashgan o’riniga bog’liq bo’ladi. Bu omillar fotoelement toki va kuchlanishining unga tushayotgan foton to’lqin uzunligiga bog’liq ekanligini bildiradi. Ushbu ishning maqsadi shu bog’liqlikni tajribada o’rganishdan iborat.




Ishni bajarish tartibi

1. Lаbоrаtоriya ishining yo’riqnоmаsi bilаn tаnishib bo’lgаch, qurilmа­ni ishgа tushirish uchun o’qituvchidаn ruхsаt оling


2. Yorug’lik manbai bilan fotoelement o’rtasiga filtrni joylashtiring.
3. Fotoelementni mikroampermetrga ulang.
4. Yorug’lik manbaini yoqib mikroampermetrning ko’rsatishini qayd qiling.
5. Fotoelementnga voltmetr ulang va unug ko’rsatishini qayd qiling.
6. Har xil rangdagi filtrlarni o’zgartirib 3,4,5 punktlarni takrorlang.
7. Filtrlarning rangi bo’yicha ular o’tkazayotgan yorug’lik nurining to’lqin uzunligini aniqlang.
8. Fotoelement toki va kuchlanishi qiymatlarini yorug’lik to’lqin uzunligiga bog’liq grafigini chizing.
9. Tajriba natijasi asosida xulosa yozing.


Nazorat savollari

1. Fotoeffekt deb nimaga aytiladi ?


2. Fotoeffekt necha xil bo’ladi ?
3. Ichki fotoeffekt qanday moddalarda ko’zatiladi ?
4. Tashqi fotoeffekt qanday moddalarda ko’zatiladi ?
5. Fotoeffekt uchun Enshteyn tenglamasini keltiring va uni tushintiring.



Download 190.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling