Fotokolorimetrik analiz qilish usulini o‘rganish ishdan maqsad


Download 375.05 Kb.
Sana27.02.2023
Hajmi375.05 Kb.
#1235143

3–Laboratoriya. FOTOKOLORIMETRIK ANALIZ QILISH USULINI O‘RGANISH


Ishdan maqsad: Fotokolorimetrik analiz qilish qurilmalar ishlash prinsipi va naza­riya­sini o‘rganish. Fotokolorimetrik analiz qilish konstruk­siyasi va o‘lchash sxemasi bilan tanishish, xususiyatlarini va xatolik manbaalarini tajribaviy aniqlash.


Ishni bajarish tartibi:


Fotoelektrik fotometr KFK-3. Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan KFK-3-01 xususiy kompyuterga sonli interfeys orqali bog‘langan modifikatsiyada ishlab chiqarilmoqda. Bu asbob operator orqali bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lib, xatolarni tahlil qiladi va suyuq - kristallik indikatorda aks ettirib beradi. KFK-3-01 KFK-3 ga nisbatan o‘lchashlarni 5 marta ko‘paytirib, reaktivlar sarfini 3 martagacha kamaytirish imkonini beradi: • graduirovka tavsifini 1 dan 6 gacha olish mumkin bo‘ladi; • graduirovka o‘lchovlari uchun kichik hajmli kyuvetlardan ( 3 marta kichik) foydalanish mumkin bo‘ladi. 88 1-rasm. KFK-3-01 2-rasm. KFK-3 Fotokolorimetrlashning turlari (nigohiy kolorimetrlash). Eritmalar konsentratsiyasini o‘rganishda tuproqshunoslikda nigohiy va fotoelektrik kolorimetrlashdan keng foydalaniladi. Nigohiy kolorimetrlashning bir qator ko‘rinishlari mavjud. Standart seriyalar usuli. O‘rganiladigan moddaning konsentratsiyasi ortib boradigan bir nechta eritmasi tayyorlanadi. Ular bir xil diametrli probirkalarga joylanadi hamda ularning rangi standart eritmalarning rangi bilan taqqoslanadi. O‘rganilayotgan eritmaning rangi qaysi standart eritma rangiga mos kelsa, demak, ularning konsentratsiyasi ham mos keladi.

6 – rasm. Fotoelektrik fotometr KFK-3.




Konstruksiya sxemasi va ulash sxemasi:

Bu usul o‘zining oddiyligi bilan ajralib turadi. Undan dala sharoitlarida, murakkab asbob-anjomlardan foydalanish imkoniyati cheklanganda foydalanish mumkin. Standart eritmalar vaqt o‘tishi bilan o‘z rangini o‘zgartirmasligi uchun «soxta (imitatsiyalangan) eritmalar» dan foydalanish mumkin. Bunday eritmalar jumlasiga HCI bilan nordonlashtirilgan FeSl2; K2CrO4; CaCl2; CuSO4; K2Cr2O7; pikrin kislota va boshqalar kiradi. Kolorimetrik titrlash usuli. Bu usulda 2 ta kimyoviy stakanga teng miqdorda o‘rganiladigan eritma va distillangan suv quyiladi. Suv solingan stakanga byuretkadagi 89 bo‘yalgan etalon eritmadan rangi o‘rganiladigan eritma rangi bilan tenglashguncha quyiladi. Tahlil paytida eritmalarning hajmidagi muvozanat buzilmasligi uchun o‘rganilayotgan eritmaga byuretkadan sarflanayotgan etalon eritma miqdoriga teng keladigan miqdorda distillangan suv qo‘shib boriladi. Lekin hozirgi laboratoriyalarda bu usuldan foydalanilmaydi.[4] Nefelometrik va turbidimetrik analiz usullari Nefelometrik va turbidimetrik analiz usullari suspenziyalar, emulsiyalar, turli muallaq zarrachali suyuqliklar (osmalar) va boshqa loyqa muhitlarni analiz qilishda ishlatiladi. Bunday muhitdan o‘tgan yorug‘lik dastasining intensivligi nurning muallaq holdagi zarrachalar bilan to‘qnashuvi natijasida sochilishi va boshqa jarayonlar tufayli kamayadi. Analizning nefelometrik usuli suspenziyalarning eritmadagi zarrachalari tarqatgan yorug‘lik intensivligini o‘lchashga asoslangan. Turbidimetrik analiz usuli esa shu muhitdan o‘tgan yorug‘lik intensivligini o‘lchashga asoslangan.


Refraktometriya, polyarimetrik, lyuminessent usullar to‘g‘risida
1. Refraktometriya.
2. Polyarimetrik.
3. Lyuminessent.
Modda zichligining o‘zgarishi doimo uni singdirish ko‘rsatkichining o‘zgarishiga olib keladi. Odatda, zichlikning ortishi bilan singdirish ko‘rsatkichi ham ko‘payadi. Modda zichligi va uning sindirish ko‘rsatkichi orasidagi bog‘lanishni nazariy o‘rganish va tajriba natijalarini tahlil qilish sindirish ko‘rsatkichining funksiyasi f(n) zichlik ga mutanosib ekanligini ko‘rsatadi: Ayni modda uchun xarakterli bo‘lgan doimiy koeffitsiyentga solishtirma refraksiya deyiladi. Molekulyar refraksiya (R) deb esa, solishtirma refraksiyaning molekulyr massaga (M) ko‘paytmasiga aytiladi: R=rM Molekulyar refraktsiyani hisoblashda ko‘p hollarda Lorents-Lourens formulasi ishlatiladi: Bu yerda, n — moddaning singdirish ko‘rsatkichi, — uning nisbiy zichligi. Molekulyar refraksiya moddaning harorati, bosimi va agregat holatiga bog‘liq emas. Lekin tahliliy kimyo uchun muhim bo‘lgan additivlik xususiyatiga ega bo‘lib, murakkab moddalar uchun tashkil etgan atomlarning refraksiyalar yig‘indisiga teng:


Sinov savollari
1. Barcha optik usullar qo‘llanish prinsipiga ko‘ra nechta guruhga bo‘linadi?
2. Fotometriya hodisasi haqida tushuncha bering. Bu usul yordamida nima aniqlanadi?
3. Fotometriya usulida qanday uskunalar qo‘llaniladi?
Amaliy qism
Download 375.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling