Fotometriya va rangshunoslik ” fanidan 3–lobaratoriya mashg‘ulot


Download 17.53 Kb.
Sana03.12.2020
Hajmi17.53 Kb.
#157425
Bog'liq
fotometriya 3 lab


O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va Komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti


Televizion texnalogiyalari fakulteti

Fotometriya va rangshunoslik ” fanidan



3–lobaratoriya mashg‘ulot

Mavzu: Ёритилганликни ўлчаш






Bajardi: 511-18-guruh talabasi

Azlarova Farzonaxon

Tekshirdi: Joldasov Sh

Toshkent-2020

Mavzu: Ёритилганликни ўлчаш


Amaliyotda  ish  joylarini  yoritishda  uch  hil  turdagi  yoritilganlikdan 


foydalaniladi, ya`ni ular tabiiy, sun`iy va aralashgan holda bo`ladi. 
a)  Tabiiy  yoritilganlik  quyoshdan  hamda  eru-samodan  qaytayotgan  quyosh 
nuridan hosil bo’lgan yorug’lik mahsulidir. 
Tabiiy yorug’lik issiqlik va yorug’lik doimiylariga ega bo`lib, ular quyoshdan 
kelayotgan issiqlik uchun 1317 Vt/m ga, yorug’lik uchun esa 137000 lk.ga tengdir. 
Tabiiy yorug’likning afzalliklari shundaki, uning tarkibida o`ta foydali ul’trabinafsha 
va  infraqizil  nurlari  mavjud  bo`lib,  bu  nurlar  muhitni  sog’lomlashtirishga  xizmat 
qiladi, ya`ni mikroblarni o`ldirish hususiyatiga ega. 

Tabiiy yorug’likdan uch hil moslamalar yordamida, ya`ni tomdan fonar orqali, 


devordan deraza orqali va aralash holdagi tizimlardan foydalaniladi. Tabiiy yoritilgan 
tizimlariga qo`yiladigan talablar quyidagilardan iborat: 
-Yorug’lik  miqdorini  binolarning  vazifasiga  qarab  tanlanishi,  yo`naltirilgan 
yoki tarqoq hollarda bulishligini ta`minlanishi; 
-Insolyatsiya va yorug’lik me`yorlaridan kam bo`lmasligini ta`minlanishi. 

b) Sun`iy yorug’lik tabiiysiga nisbatan bir oz qimmatga tushsada, ish joylarini 


yoritishda  imkoniyati  cheksizdir.  Sun`iy  yorug’lik  umumiy,  mahalliy  va  aralash 
ko`rinishda bo`ladi. 
-Umumiy yorug’lik binoda bir tekis yoritilganlikni ta`minlay oladi. 
-Mahalliy  yorug’lik  esa  faqat  asosiy  ish  joyidagi  yoritilganlikni  me`yor  talabi 
darajasida ta`minlaydi. 
-Aralash  yorug’lik,  mahalliy  yoritilganlikni,  umumiy  yoritilganligi  bilan 
birgalikda qo`llanilganligidir. 
Bu  hildagi  ya`ni  aralash  yoritilganlik  usuli,  binolardagi  yarqiroqlik  tafovuti-
kontrastni yumshatadi hamda me`yor talabini to`la qondira oladi. 
v)  Yoritilganlikni  vazifasiga  qarab  ishchi  va  nazorat  turlaridan  tashqari  yana 
favqulodda zarur holatlarda xizmat qiladigan ikki turi ham mavjud. Ularni avariya va 
evakuatsiya yoritilganliklari deyiladi hamda miqdorlari 0,5 -2,0 lyuks bo`ladi.       
 
Tabiiy yoritilganlikni me`yorlash va hisoblash usullari. 
 
Ishlab chiqarishda yoritilganlikni to`g’ri tanlash uchun zarur qo`llanma sifatida 
me`yoriy hujjatlardan SNiP II-4-79 va GOST 12.1.046-85 xizmat qiladi. 

Sun`iy yoritilganlikni me`yorlash va hisoblash usullari 
 
Sun`iy  yorug’likni  me`yorlashdan  maqsad  biror  bir  yuzani  yoritish  uchun 
gigiyena nuqtai nazaridan eng kamida ruhsat etilgan minimal yorug’lik miqdori bilan 
ta`minlashdir.  Bunda  nazorat  ishini  tasnifi,  muhit  bilan    buyum  o`rtasidagi 
yarqiroqlik farqi va yoritilganlik tizimi aniq hisobga olinadi. Nazorat ishining tasnifi 
ko`zatilayotgan buyumning o`lchami bilan belgilanadi. YA`ni me`yorda 8 ta razryad 
qabul  qilingan  bo`lib,    birinchisi    o`ta  yuqori  aniqlikda  bajariladigan  ishlar  turkumi 
(<0,15  mm)  -1  razryad  5000lk.  dan  to  dag’al  ishlar  turkumi,  ya`ni  faqat  jarayonni 
kuzatish  uchun  xizmat  qiluvchi  -  VIII-razryad  50lk.gacha  bo`lgan  yoritilganlik 
miqdorlaridir. 
Sun`iy  yorug’likni  aniqlash  uchun  odatda  nuqtali  yoki  yorug’lik  oqimi 
usullaridan  foydalaniladi.  Usulning  mohiyati  biror  nur  tarqatuvchi  manbadan 
ihtiyoriy  nuqtaga  tushayotgan  yorug’lik  oqimini  aniqlashdan  iborat.  

Yoritilganlikka  bo’lgan asosiy talablar va yoritqichlar 
 
Ishlab  chiqarish  sharoitida  yoritilganlik,  ishchi-hodimlar  salomatligiga  zarar 
yetkazmasligi  uchun  u  ko`zni  zo`riqtirmaydigan,  ish  vaqtida  binoning  hamma 
qismlarida bir tekis taqsimlangan bulishi talab qilinadi. Korxonalarda yoritishga doir 
talablar quyidagilardan iborat: 

-yoritish  qurilmasi  yorug’ligining  spektral  tarkibi  quyosh  yorug’liginikiga 


yaqin bo`lishi; 
-bajariladigan ishlarning turi va aniqligiga qarab, yoritilganlik darajasi etarlicha 
bo`lishi hamda gigiyena talablariga mos kelishi
-ish joyida to`g’ri tushadigan va qaytgan yorug’liklar bo`lmasligi; 
-me`yorlarga muvofiq, korxona binolariga avariya yoritgichlari o`rnatilishi; 
-xavfli ish o`rinlari yuqori darajada yoritilgan bo`lishi; 
-yoritish  qurilmalari  xavfli  hamda  zararli  omillar  hisoblangan,  ya`ni  shovqin, 
elektr quvvati, issiqlik chiqarish va yong’in chiqarish manbalari bo`lmasligi; 
-nazorat  o`lchash  asboblari,  xavfsizlik  signalizatsiyasi  ishonchli  va  uzluksiz 
yoritilishi; 
-yoritilish  bir  tekis  va  turg’un  bo`lishi,  soyalar  hosil  qilmasligi  kerak.  Aks 
holda  inson  ko`zini  bir  sharoitdan    ikkinchi  sharoitga  tez-tez  o`zgarib  turishi  
natijasida,  ko`rish  organlarining  toliqish  holati  ro`y  beradi.  Yoritgich  lampalari 
yorug’lik tarqatish hususiyatiga ko`ra uch sinfga bulinadi: 
- to`g’ridan-to`g’ri nur tarqatuvchi; 
- nur yoyuvchi
- nur qaytaruvchi lampalar.

 
a)  To`g’ridan-to`g’ri  nur  tarqatuvchi  lampalar  sinfiga,  quyi  yarim  aylanasi 


bo`ylab o`z nurining tahminan 90% ni tarqatadigan lampalar kiradi. 
b)  Nur  yoyuvchi  lampalar  o`z  nurlarini  yuqori  va  quyi  aylanalar  o`rtasida 
taqsimlashga asoslangan bo`lib, umumiy nurni yuqori va quyi sfera buylab tarqatadi 
hamda  har  qanday  soyalarga  barham  berib,  yorug’likni  bir  tekisda  tarqatish 
imkoniyatini  beradi.  Bunday  lampalar  ship  va  devorlari  yorug’lik  qaytarish 
hususiyatiga ega bo’lgan binolarga o`rnatiladi. 
Download 17.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling