Foydalanilgan adabiyotlar


Download 23.19 Kb.
Sana29.11.2020
Hajmi23.19 Kb.
#154952
Bog'liq
1-mavzu. Adabiyot nazariyasi fan sifatida


KIRISH. ADABIYOT NAZARIYASI FAN

SIFATIDA

R E J A:

1. Adabiyot nazariyasi adabiyotshunoslikning tarkibiy qismi ekanligi.

2. Ular o’rtasidagi munosabat.

3. Istiqlol mafkurasi shakllanishida adabiyot nazariyasining o’rni.

4. Adabiyot nazariyasining boshqa fanlar bilan aloqadorligi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Adabiyot nazariyasi 1-, 2-tomlar. 1979.

2. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. 1980 yil

3. H.Homidov va bosh. Adabiyotshunoslik terminlari lug‘ati.1983.

TAYANCH IBORALAR:

1. Adabiyot nazariyasi.

2. Adabiyot tarixi.

3. Ijodiy jarayon.

4. Adabiy-nazariy qarash.


Adabiyot nazariyasi adabiyotshunoslikning tarkibiy qismi sanaladi. Adabiyot nazariyasi adabiyot tarixi, adabiy tanqid, adabiyotshunoslik metodologiyasi bilan aloqadordir. Bu fan adabiy asarlarning yaratilish qonun qoidalari bilan shug‘ullanadi.

Adabiyot nazariyasi badiiy adabiyotning yaratilishi haqidagi qonun-qoidalar haqidagi fandir. Unda badiiy adabiyotning spetsifikasi, hayot bilan aloqasi, ijtimoiy-estetik qimmati, badiiy asarning tuzilishi, ijodiy jarayon hamda badiiy metod masalalari o’rganiladi.

Istiqlol mafkurasi shakllanishida adabiyot nazariyasining ahamiyati katta. Chunki, istiqlolni tarannum etib yozilgan asarlarni tahlil qilish, kamchilik va yutuqlarini ajratish adabiyot nazariyasining funksiyasi hisoblanadi. Badiiy asarlarga munosib baho berishda jamiyat hayotini ijobiy tomonga o’zgartirishda adabiyot nazariyasining o’ziga xos roli bor.

Adabiyot nazariyasi fan sifatida shakllanishida, taraqqiy etishida jahon adabiyot nazariyasining o’z o’rni bor. Ijtimoiy badiiy tafakkurning tarkib topishi bevosita hayotiy jarayon bilan bog‘liqdir.

Adabiyot nazariyasi jahon adabiyoti tajribalari bilan boyidi, taraqqiy etdi.

Adabiyot nazariyasi jamiyat badiiy madaniyatini o’stirishda, san’atkorlarning ijodiy tajribalariga, taraqqiy etgan adabiyotlar tendensiyalariga asoslanadi.

Adabiyot nazariyasi qator fanlar bilan aloqadordir. U jamiyat haqidagi falsafiy fikrlarni umumlashtirgan falsafa fani bilan mustahkam bog‘liq ravishda takomillasha boradi. CHunki har qanday badiiy asar xulosasida albatta umumlashma falsafiy fikrlarning mavjudligi ma’lum. Adabiyotda bevosita estetik munosabatlar birinchi o’rinda turadi. SHuning uchun estetika fani bilan aloqadordir. SHuningdek bu fan tilshunoslik, sanatshunoslik fanlari bilan ham uzviy bog‘liqdir.

Ayniqsa, inson ruxiyatining nozik tomonlarini ko’rsatib beruvchi psixologiya fani, uni ilmiy o’rganish adabiyot nazariyasining yetakchi xususiyatidir. Demak, adabiyot nazariyasi psixologiya va boshqa fanlar bilan ham mustahkam bog‘liqdir.

Nazariyaning o’zi esa tarixiy o’rganish natijasida va zamonaviy jarayonni tahlil qilish natijasida maydonga keladi. Nazariya va tarixiy bilimlar bilan qurollanmagan tanqid o’z davrining adabi protsessini tushunishga, unga ko’maklanishga qodir emas.

Adabiyot nazariyasi va adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari orasida aloqa juda muhimdir.

Hozirgi zamon asarlariga baho berishda, zamona tarixiy protsessini tahlil etish «Adabiy tanqid»ning vazifasidir. O’tmish va hozirgi zamon adabiyotini o’rganishning prinsip va usullarini tayin etish ,,Adabiyotshunoslik metodologiyasi’’ zimmasiga tushadi.

,,Adabiyot tarixi’’, ,,Adabiy tanqid’’ va «Adabiyotshunoslik metodologiyasi» adabiyotshunoslikning tarkibiy qismi bo’lib, ularning yutuqlari asosida ,,Adabiyot nazariyasi’’ fani bunyodga keladi.

Adabiyot nazariyasi badiiy so’z sanati namunalarining ijtimoiy hayotda o’ynagan roli, badiiy adabiyotning o’ziga xos xususiyatlari haqidagi, badiiy ijodning turlari, badiiy asarning strukturasi va ijodiy jarayonning qonuniyatlari to’g‘risidagi ta’limotdir. Adabiyot nazariyasi o’tmish va hozirgi zamon tarixiy-adabiy jarayonining qonuniyatlarini o’rganadi, adabiyotni to’g‘ri tushunish va rivojlantirish uchun kerakli xulosalarni chiqaradi. Adabiyot nazariyasi adabiyotshunoslik qismlarining yutuqlari asosida yuzaga kelish bilan birga o’z ilmiy xulosalari asosida adabiyot tarixini ham, adabiyot metodologiyasi va adabiy jarayonni ham boyitadi.

Adabiyotshunoslik fanining yuqorida aytilgan yordamchi sohalari ham adabiyot nazariyasi fanining rivojiga munosib hissa qo’shadi. Jumladan bibliografiya (biblio-kitob, grafo yozuv - yunoncha) sohasi kitoblarining yozilgan, ko’chirilgan yoki bosib chiqarilgan vaqti haqida ma’lumot beradi. ,,Tekstologiya’’ ham adabiyotshunoslikning muhim sohasi bo’lib, badiiy asarlarning asl matnini tanlash va to’g‘ri ukish usullarini ishlab chiqadi.

Yuqoridagi yordamchi sohalar ham Adabiyot nazariyasi fanining rivojiga munosib hissa qo’shadi.

Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari orasidagi uzviy aloqa mavjud. Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari orasidagi bu uzilmas aloqaga XIX asrdayoq Chernishevskiy N.G. katta e’tibor qilgan edi: «San’at tarixi san’at nazariyasiga asos bo’lib xizmat qiladi, keyin san’at nazariyasi san’at tarixining yana ham mukammalrok, yana ham to’laroq ishlanishiga yordam beradi. Tarixiy ishlash nazariyaning yana ham mukammallashuviga xizmat etadi. Nazariya va tarixning bu bir-biriga foydali ta’siri so’ngsiz davom etadi. Predmetning tarixisiz predmetning nazariyasi bo’lmaydi.»

Demak, adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari orasiga xitoy devorini qo’yib qo’ymaslik kerak.

Adabiyotshunoslik - badiiy adabiyotni, uning mohiyatini, kelib chiqishini va ijtimoiy aloqalarini har taraflama o’rganuvchi fandir. So’z orqali badiiy fikrlashning, spetsifikasi (o’ziga xos xususiyati) haqidagi, badiiy ijodning genezisi (negizi, zamini) strukturasi (tuzilishi), tarixiy-adabiy jarayonning lokal (ma’lum joy va davrga oid) va umumiy qonunlari haqidagi bilimlar jamidir. Demak, badiiy adabiyotni va ijodiy jarayonni o’rganishning prinsiplari va metodlari haqidagi fan-adabiyotshunoslik fanidir. Bu fan klassikani va klassiklarining ijodini o’rganadi. Adabiyotni yaratish jarayoni bevosita adabiyotshunoslikning, shuningdek, adabiyot nazariyasining predmeti sanaladi.

Adabiy asarlarning yaratilish jarayoniga ishtirok etgan hamma yozuvchilarning, bir-biri bilan kurashuvchi barcha mafkuraviy oqimlarning, adabiyot tarixida ular tutgan o’rni ham bevosita ushbu fan predmeti sifatida o’rganiladi.

Adabiyot nazariyasi mumtoz adabiyot nazariy qarashlari bilan bevosita aloqador. Bugungi kunda mumtoz adabiyotdagi nazariy qarash va adabiy terminlarga munosabati yana ham kuchaydi. Ayniqsa, aruz vaznini o’rganish uning nazariy tomonlariga e’tibor kuchaydi. Zamonaviy asarlar namunalarini mumtoz adabiyot bilan qiyoslash va umumlashtirishga ahamaiyat beriladigan bo’ldi.

Ayni kunda hozirgi zamon Adabiyot nazariyasi fani oldida qator muammolar mavjud. Bu muammolar adabiy-nazariy qarashlarni chuqur ishlab chikish, butun taraqqiyparvar adabiy merosni tanqidiy o’rganish, o’zlashtirish zaruriyatidan iboratdir. O’tmish va Hozirgi zamon adiblarining adabiyot to’g‘risidagi nazariy qarashlarini izchil o’rganish, ijobiy tajriba va fikrlarni zamonaviy adabiy jarayonga tatbiq etish adabiyot nazariyasining eng asosiy, birinchi galdagi vazifasidir.

Istiqlol mafkurasi shakllanishida adabiyot nazariyasining roli katta bo’ldi. Asarlarni badiiy tahlil qilib, ularga baho berishda adabiyot nazariyasining o’ziga xos o’rni va ahamiyati bor.

NAZORAT SAVOLLARI:

1. Adabiyotshunoslikning qanday tarkibiy qismlarini bilasiz?



  1. Adabiyot nazariyasi adabiyotshunoslikning muhim tarkibiy qismi ekanligini qanday isbotlaysiz?

3. Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari o’rtasida qanday munosabatlar mavjud?

  1. Jamiyat badiiy madaniyatini o’stirishda bu fanning ahamiyati qanday?

  2. Nazariya qanday yuzaga keladi?

  3. Adabiyotshunoslikning yordamchi sohalari deganda nimani tushunasiz?

  4. Ushbu fanning ahamiyati nimada?

  5. Siz adabiyot nazariyasi haqida yana nimalarni bilasiz?

Adabiyot nazariyasi qanday fanlar bilan uzviy aloqada mavjuddir?
Download 23.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling