Foydalanuvchi huquqlarining turlari Reja


Download 16.08 Kb.
Sana05.06.2020
Hajmi16.08 Kb.
#114613
Bog'liq
Foydalanuvchinig huquqi


Foydalanuvchinig huquqi

Foydalanuvchi huquqlarining turlari

Reja

1 Foydalanuvchi huquqlari belgilari

2 Foydalanuvchi huquqlarining turlari

Qayd etish joiz, bugunga qadar axborot-kutubxona institutlari faoliyatida xizmat ko‘rsatishning zamonaviy shakllari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining izchil joriy etilishiga qaramasdan, ular o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni, foydalanuvchilarning ehtiyojini qondirish hamda axborot-kutubxona resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha ish olib borishni tizimli tarzda yo‘lga qo‘yish ehtiyoji yuzaga keldi. Bunda axborot-kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, foydalanuvchilarga, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yangi xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida axborot-kutubxona ishidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega.



Mazkur sohaga oid qonunlar yaratish borasida katta xorijiy tajriba to‘plangan. Xususan, AQSH, Buyuk Britaniya, Rossiya, Belarus, Armaniston, Ukraina, Moldova kabi mamlakatlarda kutubxona xizmati va faoliyatiga oid qonun hujjatlari qabul qilingan.

“Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning asosiy maqsadi axborot-kutubxona faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining tamoyil va me’yorlariga asosan huquqiy tartibga solish, boshqarish va rivojlantirishdan iboratdir. Axborot-kutubxona ishi sohasida davlat siyosatini belgilash va axborot-kutubxona qonunchiligi asosida axborot-kutubxona faoliyatini davlat tomonidan boshqarish mexanizmini yaratish mazkur qonundan ko‘zlangan maqsadlardan biridir.
Download 16.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling