Fransua Kene


Download 27.53 Kb.
Sana18.02.2020
Hajmi27.53 Kb.

Fransua Kene

Fransua Kene har tomonlama keng bilimli olim bo'lib, Versal yaqinida, kambag'al dehqon oilasida dunyoga keldi, u yoshligidan tibbiyotga havas qo'ydi, qishloq jarrohidan dars oIdi, tibbiyot amaliyoti unga shuhrat keltirdi. Dvoryan unvoniga ega bo’ldi va Versal saroyiga (Ludovik XV qirol saroyiga) o'tdi. 1718-yilda vrachlik kasbini oldi. 1744-yilda tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga erishdi, 1752-yildan esa Ludovik XV xonadonida tabiblik qildi (leybmedik).: Tibbiyot va biologiyaga oid ko'pgina asarlar yaratdi. U oltmish yoshdan boshlab iqtisodiyot muammolari bilan bevosita shug'ullana boshladi.

1766-yilda Adam Smit ham uning mehmoni va suhbatdoshi bo'lgan edi. Didro va D' Alamber tomonidan chop etilgan “Qomus”da F. Kenening dastlabki iqtisodiy maqolalari: «Fermerlar», «DOD», «Aholi», «Soliqlar» paydo bo'ldi (1756-1757). 1758-yilda uning asosiy va eng muhim asari - «Iqtisodiy jadval» kitobi dunyoga keldi. F. Kene bu asarlarida fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi, uning nazariy va siyosiy dasturini ta'riflab berdi. Uning ishini va tadqiqotlarini XVIII asrning ikkinchi yarmida Fransiyaning taniqli davlat arbobi A. Tyurgo (1727-1781) davom ettirdi. Fiziokratizm g'oyalarini (ayniqsa, F. Kene ta'limotini) Dyupon de Nemur, D 'Alamber, V' Mirabo, G. Letron va boshqalar keng targ'ib etdilar. Shunday qilib, haqiqiy fIziokratlar maktabi yoki, o'sha davr till bilan aytganda, “iqtisodchilar maktabi” tarkib topdi. Uning eng rivojlangan davri XVIII asrning 60-70-yillariga to'g'ri keladi.

F. Kene «tabiiy tartib» konsepsiyasini ilgari surdi, bu olimning uslubiy platformasi edi, bunda u paydo bo'layotgan va tobora mustahkamlanayotgan dahlsiz xususiy mulkni tushundi, iqtisodiyot erkin raqobat asosida rivojlanishini, bozor bahosining stixiyali o'zgarishi, ya'ni davlatning aralashuvini inkor etadigan jarayonni qo'llab-quvvatladi, boylikning adolatli taqsimlanishini istardi. Iqtisodiy rivojlanish odamlarning istak-xohishiga bog'liq bo'lmagan tabiiy jarayon bo'lib, uning ma'lum qonuniyatlarga bo'ysunishini tan olish fiziokratlarning so'zsiz yutug'i edi. Bu qonunlar, ularning flkricha, tarixiy bo'lmay, abadiy qonunlar deb qaralgan edi. Shu sababli ishlab chiqarishning kapitalistik (bozor) shakli tabiiy va abadiy ishlab chiqarish shakli deb hisoblangan (hozirgi rivojlanish buni ko'p jihatdan isbotlamoqda).

F. Kene almashuvning ekvivalentligi ta'limotini ilgari surdi. U almashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, demak, almashuv jarayoni hech narsa ishlab chiqarmaydi, deb hisoblagan. Erkin raqobat sharoitida almashuv sohasida teng miqdorli qiymatlarning almashuvi ro'y beradi. Bu qiymat tovarlarda ular bozorlarga kirmasdan oldin ham mavjud bo'ladi (U. Pettining tovar qiymati faqat almashuv paytida paydo bo'ladi, degan fIkri noto'g'ridir). Bundan kelib chiqadiki, almashuv jarayonida boylik yaratilmaydi va foyda paydo bo'lmaydi. Almashuvning ekvivalentligi to'g'risidagi ta'limot merkantilistlarning qarashlarini inkor etish uchun nazariy asos bo'ldi. Bu holat, shu bilan, birga fiziokratlardan boylik manbayini muomala sohasidan tashqarida izlashni taqozo etdi. Ammo F. Kene miqdorli qiymatlaming almashuvi sababini to'g'ri tushuntirib bera olmadi, chunki qiymat nazariyasi hali to'la ishlab chiqilmagan edi va u qiymatni ishlab chiqarish xarajatlari bilan aynan bir deb hisobladi.

Fiziokratlarning iqtisodiy tizimida «sof mahsulot» to'g'risidagi ta'limot markaziy o'rin egallaydi. F. Kene yalpi ijtimoiy mahsulot va ishlab chiqarish xarajatlari o'rtasidagi farqni sof mahsulot deb bilgan, boshqacha qilib aytganda, bu ishlab chiqarish chiqimlaridan oshiqcha mahsulotdir. F. Kene «sof mahsulot» faqat qishloq xo'jaligida, dehqonchilikda yaratiladi, bu sohada tabiat kuchlari ta'sirida iste'mol qiymatlari miqdori ko'payishini ta'kidlaydi. Sanoatda esa iste'mol qiymatlari faqat turli kombinasiyalarga uchraydi, mehnat jarayonida dehqonchilikda yaratilgan mahsulotning shakli o'zgaradi, lekin uning miqdori ko'paymaydi, shuning uchun «sof mahsulot» paydo bo'lmaydi va boylik yaratilmaydi (kuchli, ammo noto'g'ri mantiq bor).

F. Kene «sof mahsulot» to'g'risidagi o'z qarashlari asosida jamiyatni uch sinfga bo'ladi: unumli sinf (fermerlar), yer egalari sinfi va unumsiz sinf (bu sinfni u sanoatchilar sinfi deb ham ataydi). Unumli sinfga dehqonchilikdagi barcha xodimlar, qishloq xo'jalik ishchilari ham, fermerlar ham, ya'ni «sof mahsulot» yaratuvchilarning hammasi kiradi. Yer egalari bu mahsulotning iste'molchilari hisoblanadi, chunki ular uni ijara to'lovi sifatida oladilar. Samarasiz, «unumsiz» sinf vakillari esa dehqonchilikdan boshqa tarmoqlarda ishlaydi (sanoat, savdo, xizmat sohasi). Ular «sof mahsulot» yaratmaydilar.

Sinflar nazariyasi. F. Kene o’zi ishlab chiqqan unumlilik qoidasiga asoslangan holda jamiyatni uch sinfga ajratib ko’rsatadi: unumli sinf, unumsiz sinf, mulkdorlar sinfi. Unumli sinf – bunga qishloq xo’jaligida ish bilan band bo’lgan barcha kishilar, dehqon va fermerlar kiradi. Ular sof mahsulot yaratadilar. Unumsiz sinf – bular hunarmandlar, ishchilar, savdogarlar, xizmatkorlar, to’ralar, ya‘ni dehqonchilikdan boshqa sohada ish bilan band bo’lgan kishilar. Ular faqat o’zlarini ta‘minlaydilar, o’z iste‘moliga qancha mahsulot kerak bo’lsa, shunchalik mahsulot yaratadilar. Ular jamiyat uchun foydali, ammo o’zining ham, jamiyatning ham boyligini ko’paytirmaydi, shu ma‘noda unumsizdir. Mulkdorlar sinfi yer egalari, unga qirol va ruhoniylar ham kiradi. Mulkdorlar sinfi sof foydani olishga haqli, negaki ular o’z paytidayerlarni o’zlashtirgan, yerning unumdorligini oshirgan. Mulkdorlar

tomonidan olinadigan daromad bu ularning oldin qilgan xarajatlari uchun in‘om. Albatta, jamiyatning sinflarga bunday bo’linishi noto’gri. A. Smit fiziokratlarning bu boradagi qarashlariga kinoyali ravishda shunday deydi: ―Agar ularning mantig’iga amal qilsak, unda faqat ikki farzand ko’radigan har qanday nikohni unumsiz, deb tan olish kerak bo’ladi.

Kapital nazariyasi. Iqtisodiy fikrlar tarixida kapital to’g’risidagi birinchi chuqur nazariy tushunchani F. Kene ilgari surdi. Merkantilistlar kapitalni pul bilan bir narsa, deb hisoblagan bo’lsalar, F. Kene fikriga ko’ra pul unumsiz boylik bo’lib, u hech narsa ishlab chiqarmaydi. Uning atamasi bo’yicha qishloq xo’jaligi qurollari, qurilishlari, mollari, hayvonlari va dehqonchilikda bir necha ishlab chiqarish sikllarida foydalaniladigan barcha narsalar «dastlabki avanslar» deyiladi (hozirgi

zamon atamasi bo’yicha – asosiy kapital). Bir ishlab chiqarish siklida ishlatiladigan uruglik, yem-xashak, ishchilarning mehnat haqi va boshqalarni u «har yilgi avanslar»ga kiritdi (hozirgi zamon atamasi bo’yicha – aylanma kapital). Ammo F. Kenening xizmati faqat kapitalni ishlab chiqarishdagi mavqeyiga ko’ra asosiy va aylanma kapitallarga bo’lishdangina iborat emas. Bundan tashqari u aylanma kapital bilan birga asosiy kapital ham harakatda bo’lishini ishonarli tarzda isbotlab

berdi.

Takror ishlab chiqarish nazariyasi. Iqtisodiy ta‘limotlarning rivojlanishida F. Kenening mashhur «Iqtisodiy jadval» asarining o’rni beqiyos. Bu asarda ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoni birinchi marta makroiqtisodiy darajada tahlil qilindi. F. Kene jamiyatdagi uchta ijtimoiy guruhlar – sinflar o’rtasida mahsulot va pulning ayirboshlanish jarayonini ko’rsatib berdi. Takror ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilishda baholarning o’zgarmasligi asos qilib olinadi (bunda almashuv ekvivalentlik tamoyili asosida ro’y bermoqda, deb faraz qilinadi). Bu jarayon tashqi bozor ta‘sirisiz, ya‘ni faqat ichki bozor sharoitida yuz bermoqda, deb qaraladi.

«Iqtisodiy jadval»ning bir necha variantlari mavjud. Biri Versalda 1758- 1759-yillarda chop etilgan. 1894-yilda bu jadvalning boshqa varianti topildi. Birinchi variant bo'yicha kapital aylanishi quyidagicha ro'y beradi: qishloq xo'jaligida yaratilgan jami qimmat 5 mingga teng bo'lib, shundan 3 mingi yerni ishlashga ketgan xarajatdir. Fermerlar yetishtirilgan mahsulotning 2/5 qismidan aylanma kapital uchun foydalanadilar, 1/5 qismi unumsiz sinfga sotiladi va unga asosiy kapitalni (asbob-anjomni) ta'mirlash uchun kerakli asbob-uskuna olinadi. Bu yerda fermerlar faqat «boshqarish uchun haq olganliklari» sababli unumdor narsa fermer mehnati emas, balki yerdir. Qoldiq esa yer egasiga renta sifatida to'lanadi. Yer egalari o'zlarining 2 minglik daromadining yarmini sanoat tovarlari olishga sarf qiladilar, «unumsiz sinf» 2 mingga xomashyo va qishloq xo'jaligi mahsulotlari sotib oladi. Bu jarayon natural ko'rinishda ham namoyon bo'lishi mumkin. Bunda 3/5 qism mahsulot muomalaga kiritiladi, undan xuddi pUl shaklida ham foydalanish mumkin. Bu jarayon boshida fermerlar iqtisodiyotdagi 2 ming pul massasiga ega bo'ladilar. Yerdan foydalanish huquqiga ega bo'lish uchun bu summa egalariga (yer ularniki) beriladi, ular esa bu summani oziq-ovqat mahsulotlari (1 ming) va san oat tovarlari (1 ming) olish uchun sarflaydilar; endi fermerlar olingan 1 mingni asosiy kapitalni qoplash uchun hunarmandlarga (unumsiz sinfga) beradilar, ular esa olingan 2 mingni qishloq xo'jalik mahsulotlari olish uchun sarflaydilar. Oqibatda fermerlar 3 ming oladilar va 1 mingni sarflaydilar (qoldiq 2 ming); shu yo'l bilan boshlang'ich holatga qaytadilar. «Unumsiz» sektorning sof mahsuloti 0 ga teng, yangi ishlab chiqarish sikli boshlanishi bilan 2 ming pul shaklida yana yer egalariga (renta) beriladi.

«Iqtisodiy jadval»da takroriy ishlab chiqarishni tahlil qilish asosida olingan muhim qisqacha ilmiy xulosalar shundaki, unda ayrim-ayrim oldi-sotdi aktlari qarab chiqilmasdan, ko'plab individual aktlar sinflar o'rtasidagi muomalaga birlashtirilgan. Ana shu sinflar o'rtasidagi muomala F. Kene tadqiqotining predmeti edi. Olim aylanish (muomala)ni takror ishlab chiqarish jarayonining shakli sifatida, pul muomalasini esa kapitalning aylanish momenti sifatidagina qarab chiqishga uringan. F. Kene iqtisodiyot tarixida birinchi bo'lib makroekonomik modellashtirishni amalga oshirgan edi.

F. Kenening ijodi nihoyatda yuqori baholangan edi. Fransuz iqtisodchisi Mirabo Y.R. (1715-1789) fikricha, dunyo paydo bo'lganidan buyon asosan uchta kashfiyot siyosiy jamiyatlar mustahkamlanishiga ko'mak bergan:

I) yozuv; 2) tanga; 3) «Iqtisodiy jadval».

F. Kene ta'limotida bir qancha kamchiliklar mavjud, sinflar to'g'risidagi g'oyada izchillik va ilmiylik yo'q. Sanoatchilar (<

Foydalanilgan adabiyotlar :



1. D. Djumonov, Z. Allaberganov; – T.: «Iqtisod-Moliya», 2017.

2. A .A. Razzoqov, Sh. H. Tashmatov, N. T. O'rmoDov, 2007
Download 27.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling