Funksiya tushunchasi va uning berilish usullari
Download 15.16 Kb.
|
Funksiya tushunchasi va uning berilish usullari
Funksiya tushunchasi va uning berilish usullari. Agar x o'zgaruvchi miqdor X sonli to'plamdan qabul qila oladigan bar bir qiymatga biror ƒ qoida bo'yicha y o'zgaruvchi miqdorning Y sonli to'plamdagi aniq bir qiymati mos kelsa, y o'zgaruvchi x o'zgaruvchining sonli ƒunksiyasi deb ataladi. y o'zgaruvchining x o'zgaruvchiga bog'liq ekanligini ta'kidlash maqsadida uni erksiz o 'zgaruvchi yoki funksiya, x o'zgaruvchini esa erkli o 'zgaruvchi yoki ai]gument deb ataymiz. y o'zgaruvchi o'zgaruvchining funksiyasi ekanligi y =ƒ(x) ko'rinishda belgilanadi. Argument x ning X to'plamdan qabul qila oladigan barcha qiymatlar to'plami ƒ funksiyaning aniqlanish sohasi deyiladi va D(ƒ) orqali belgilanadi. \f(x) \ ;xє D(ƒ)} to'plam ƒ funksiyaning qiymatlar sohasi (to 'plami) deb ataladi va E(f) orqali belgilanadi. Agar A va B to‘plamlar hamda ularning funksional bog‘liq qonuni berilgan bo‘lsa, funksiya berilgan hisoblanadi. Funksiya asosan quyidagi usullarda beriladi: a) Analitik usul. Bu usulda o‘zgaruvchilar orasidagi bog‘liqlik formulalar yordamida beriladi. b) Jadval usulida: Funksiya jadval usulida berilganda funksiya argumentlari va unga mos keluvchi funksiya qiymatlari jadvalda keltiriladi. v) Grafik usulda: Bu usul asosan funksiyalarni analitik usulda berish qiyin bo‘lgan hollarida uchraydi. Ko‘pincha tabiatda ro‘y beradigan hodisalarni o‘rganish jarayonida apparaturalar yordamida egrilar olinib, ularni o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Masalan, ostsilografni, elektrokardiogrammalarni ko‘rsatishlari funksiyani grafik usulida berilishiga misol bo‘la oladi. Download 15.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling