Fuqaro a otasidan meros bo‘lib qolgan dalahovlidan samarali foydalanish uchun
Download 165.16 Kb. Pdf ko'rish
|
Назария казус 1
KAZUS Fuqaro A otasidan meros bo‘lib qolgan dalahovlidan samarali foydalanish uchun hamda qo‘shimcha daromad topish maqsadida uni ijaraga qisqa muddatga boshqa fuqarolarga berdi. Ma’lum bo‘lishicha, u har shanba va yakshanba kunlari mazkur mulki yordamida 4-5 million so‘m daromad topib kelgan. Fuqaro A.ning olayotgan daromadidan xabar topgan uchastka soliq inspeksiyasi noziri undan har bir kvadrat metri uchun soliq to‘lashi kerakligi to‘g‘risida yozma talabnoma yo‘lladi. Aks holda fuqaro A.ni noqonuniy daromad topishda ayblab javobgarlikka tortilishi mumkinlinligi to‘g‘risida ogohlantirdi. Savol. 1. Fuqaro A.ning boshqa fuqarolarga og‘zaki tartibda kelishgan holda, boshqa fuqarolarga ijaraga berishi huquqiy munosabat hisoblanadimi? Asoslang. 2. Uchastka soliq nozirining soliq to‘lashi kerakligi to‘g‘risidagi talabalari huquqiy asoslimi? Asoslang. 3. Fuqarolarni soliq tortishni huquqiy tartibga solish mexanizmini tushuntirib bering. 4. Fuqaro A.ning javobgarlik turini aniqlang va moddasini ta’riflang. JAVOB 1.Kazusimizda maqsad asosan ijara shartnomasi haqida yuritilayapti ijara shartnomasi O'zbekiston Respublikasi ijara tog'risidagi qonuning 5-moddasida Tomonlarning ixtiyoriyligi va to‘la teng huquqliligi asosida ma’lum muddatga tuziladigan ijara shartnomasi ijara munosabatlarining yuzaga kelishiga asos bo‘ladi. Bunda qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanish uchun yerni, boshqa tabiiy resurslarni ijaraga olish uzoq muddatga — kamida 5 yilga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Ijara shartnomasi tanlov asosida tuzilishi mumkin.Ijara shartnomasida:ijaraga berilayotgan mol-mulkning tarkibi va qiymati, uni ijaraga berish tartibi; ijara muddati;ijara haqi shartlari va miqdori, uni to‘lash muddatlari;ijaraga beruvchi ijarachiga berishi kerak bo‘lgan mol-mulkning holati; ijarachining mol-mulkdan foydalanish shartlari;shartnomaning amal qilishi to‘xtatilganidan keyin ijarachining mol-mulkni ijaraga beruvchiga qanday holatda va qay tartibda qaytarishi;ijaraga berilgan mol-mulkni tiklash va ta’mirlash yuzasidan tomonning majburiyati;to‘la amortizatsiyadan so‘ng mol-mulk kimga qarashli bo‘lish shartlari;agar ijaraga olingan mol-mulk keyinchalik sotib olish sharti bilan topshirilayotgan bo‘lsa, uni sotib olish shartlari, tartibi va muddati;ijaraga olingan mol-mulkni ikkilamchi ijaraga berish sharti, tartibi va imkoniyati;ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga taqdim etadigan axborotning ko‘lami va axborotni berish muddatlari;tomonlarning mas’uliyati ko‘zda tutiladi.Yerni va boshqa tabiiy resurslarni ijaraga olish shartnomasiga tabiiy obyektdan mo‘ljallangan maqsadga muvofiq holda oqilona foydalanish yuzasidan ijarachining majburiyatlari ko‘zda tutilgan qoidalar ham kiritiladi.Ijara shartnomasida ijaraga beruvchining noishlab chiqarish sohasiga taalluqli mol-mulk obyektlari va ularning qiymati alohida ajratib ko‘rsatiladi, tomonlarning ushbu obyektlarga nisbatan majburiyatlari (ularni asrash va saqlab turish) ham aytib o‘tiladi. 1 O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining bir qancha moddalarida ko'rsatib o'tilgan va quyidagilar 600-modda uy-joyni ijaraga berish shartnomasiga binoan bir taraf-uy-joyning mulkdori yoki u vakolat bergan shaxs (ijaraga beruvchi)-boshqa taraf (ijaraga oluvchi)ga uy-joyda yashash uchun uni haq evaziga egalik qilish va foydalanishga topshirish majburiyatini oladi hamda 601- modda uy-joy yuridik shaxslarga ijara shartnomasi yoki boshqa shartnoma asosida egalik qilish va (yoki) foydalanish uchun topshirilishi mumkin. Yuridik shaxs uy- joydan faqat fuqarolarning yashashi uchun foydalanishi mumkin. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Fuqarolar o‘rtasida tuzilgan uy-joyni ijaraga berish shartnomasi davlat soliq organlarida hisobga qo‘yilishi lozim. Bu jarayon huquqiy munosabatga asos bo'ladi, jarayonda huquqiy munosabat belgilari mavjud ya'ni ijtimoiy subektlar o'rtasida vujudga keladigan aloqalar va idoraviy xarakterga egaligi bilan, normalar asosida yuzaga kelishi bilan hamda huquqiy munosabat tarkibi ham mavjud. Huquqiy munosabat asoslari sifatida bu jarayonni moddiy asoslar deb olamiz ya'ni tomonlarning xoxish-istagiga binoan bajarilayapti. 2. 32-modda. Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari Soliq to‘lovchilar: o‘z soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarishi; qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi;davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli organlarga imtiyozlar olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi;soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotgan vaqtda davlat soliq xizmati organlariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish, to‘lash bilan bog‘liq hujjatlar hamda ma’lumotlarni taqdim etishi; davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek mazkur organlarning, ular mansabdor shaxslarining qonuniy 1 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 19.11.1991 yildagi 427-XII-son faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi shart. Soliq agentlari ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari:soliq to‘lovchilarga to‘lanadigan mablag‘lardan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi hamda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazishi;soliq to‘lovchilarga to‘langan daromadlarning, ushlab qolingan hamda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkazilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisobini yuritishi, shu jumladan har bir soliq to‘lovchi bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishi shart.Qonun hujjatlariga muvofiq soliq to‘lovchilar zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin va ushbu Soliq kodeksining 33-moddasida vakolatli organ o'z vazifalarini ushbu kodesk bo'yicha ijro etadi. 193-modda. Deklaratsiya bo‘yicha soliq to‘lash tartibi Jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyaning ma’lumotlari asosida hisoblab chiqarilgan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini o‘tgan soliq davridan keyingi yilning 1-iyunidan kechiktirmay to‘laydilar. Jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari hisoblab chiqarilgan daromad solig‘ini xorijiy davlatda joylashgan bank hisobvarag‘idan chet el valyutasida to‘lashi mumkin. Bunda jismoniy shaxslardan olinadigan, milliy valyutada ifodalangan soliq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘langan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha chet el valyutasida qayta hisoblab chiqiladi.Mol-mulkni ijaraga berishdan daromadlar oladigan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini taqdim etilgan dastlabki deklaratsiya yoki davlat soliq xizmati organining xabarnomasi asosida, daromad olingan oydan keyingi oyning beshinchi sanasigacha har oyda to‘laydi.Yil tugagach, jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqning yillik summasi haqiqatda olingan daromad bo‘yicha hisoblab chiqariladi. Bu summa bilan yil mobaynida to‘langan summalar o‘rtasidagi farq kelgusi yilning 1- iyunidan kechiktirmay soliq to‘lovchidan undirilishi yoki unga qaytarilishi kerak. Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq to‘langan sana quyidagilardir:yuridik shaxslar yoki jismoniy shaxslar tomonidan bankdagi hisobvarag‘idan to‘langani taqdirda — ularning bankdagi hisobvarag‘idan mablag‘lar hisobdan chiqarilgan kun; jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul mablag‘lari kiritilgan taqdirda — bank kassasiga mablag‘lar to‘langan sana.Davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash to‘lov xabarnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshirilishi kerak. 2 Soliq kodeksining 128-moddasida soliq solinadigan baza jami daromad bilan ushbu bo‘limda nazarda tutilgan chegirib tashlanadigan xarajatlar o‘rtasidagi farq sifatida, mazkur Kodeks 158-moddasining ikkinchi qismida, boshqa qonunlarda va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida, alohida hollarda esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar hamda ushbu Kodeksning 159-moddasiga muvofiq soliq solinadigan foydaning kamaytirilishi summalari inobatga olingan holda hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqib belgilanadi. O‘tgan soliq davrlariga tegishli, joriy soliq davriga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan zararlar mavjud bo‘lsa, soliq solinadigan baza ushbu Kodeksning 161-moddasiga muvofiq taqsimlab o‘tkaziladigan zararlar summasiga kamaytiriladi. 3. Soliq mexanizmi bu - davlat tomonidan soliq munosabatlarini tashkil etish uchun qo'llaniladigan (huquqiy baza asosida) soliqqa tortish jarayonining elementlari va ularni boshqarishning yig'indisini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda soliq mexanizmi bu soliq munosabatlarini tashkil qilish usullari yig'indisi boʻlib, u iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishda qulay shart-sharoitlar ta'minlash uchun davlat tomonidan qo'llaniladi. Davlat soliq munosabatlarini tashkil etishning usullarini o'rnatar ekan, ularga mos qonunlar yaratadi va kuchga kiritadi. Davlat soliq qo'mitasi amaldagi soliq qonunchiligi asosida hamda o'zining vakolat doirasida har bir soliq turlari bo'yicha yo'riqnomalar ishlab chiqadi. Shunday ekan davlat soliq mexanizmiga soliq 2 https://lex.uz/ Soliq kodeksi qonunchiligi yordamida huquqiy shakl beradi va uni boshqarib turadi. Soliq mexanizmining huquqiy asoslari O'zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to'g'risida»gi qonuni, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va boshqa soliqqa oid me'yoriy hujjatlardan iborat bo'lib, u umummilliy va davlat manfaatlarini aks ettiradi. Soliq mexanizmining tarkibiy qismlari birgalikda soliq munosabatlarini tashkil etishning shakllari, turlari, usullarini tashkil etadi. Soliq mexanizmi soliq tizimining amaliyotga tatbiq etilishini ifodalaydi. Undan foydalanish soliq elementlari yig'indisidan foydalanish uchun ishlab chiqilgan. 4. Fuqaro A ismli shaxs bunda ijara shartnomasini soliq ro'yxatiga qo'ymagan bunga tegishli tartibda sanksiyalar qo'llaniladi, ya'ni Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 159-modda 1-bandida Fuqarolar o‘rtasida binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish shartnomasining, tekin foydalanishga berish shartnomasining mavjud emasligi yoxud davlat soliq organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qo‘yilishiga rioya etmaslik —bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xulosa o'rnida shuni aytib o'tish joizki bu vaziyatda fuqaro A tuzgan ijara haqiqiy hisoblanmaydi chunki uni soliq organlari ro'yxatidan o'tkazmaydi, ro'yxatdan o'tgazganda soliq inspektori unga qarshi harakat qilmas edi. Bilamizki Respublikamizda hamma shaxslar soliq tolash majburiyatiga egadirlar Konstitutsiyamizning 51- moddasida fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar. Majburiyatlarni bajarmagan shaxslarga tegishli kodekslarda choralar ko'rilgan shuning uchun har bir shaxs qonunga rioya qilib harakat qilmog'i lozim. Tekinxo'rga teng kelma, qopadi, o'z aybini tekin pulga yopadi. (maqol) Foydalanilgan adabiyotlar va internet tarmoqlari ro'yxati: 1. O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi 2.O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 3. Davlat va huquq nazariyasi, darslik, Toshkent-2018 4.O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 5.O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik tog'risidagi kodeks 6.https://lex.uz/ 7.https://www.norma.uz/ Download 165.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling