Fuqarolarning siyosiy huquqlari va demokratik erkinliklari


Download 46 Kb.
bet1/2
Sana04.02.2022
Hajmi46 Kb.
#562918
  1   2
Bog'liq
Fuqarolarning siyosiy huquqlari va demokratik-
Kosmonavtika-asoslari, Boshqaruv shakllari, Boshqaruv shakllari, Boshqaruv shakllari, 9 jahon mavzulashgan 2019 tayyor, anatomiya, 1-, 2-, 3-, Tanlov-met.birlashma, Аттестация саволлари ПЧ, Эркин шаклдаги ҳужжат 52 20 11.02.2022 дан, XAT 15-01142 10032022, Амалиётга кундалик 2 ва 3 курсларга лотинчаси (2)

Aim.uz

Fuqarolarning siyosiy huquqlari va demokratik erkinliklari
Siyosiy huquq va erkinliklar deyilganda insonlarning bevosita siyosiy manfaatlariga tegishli huquqlar tushuniladi. Siyosiy huquqlar shaxsning siyosiy jarayon va davlat hokimiyatining amalga oshirishda ishtirok etish imkoniyatlarini ifodalaydi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek, “Xalq davlat hokimiyatining manbaidir. Uning xohish-irodasi davlat siyosatini belgilab beradi. Bu siyosat inson va jamiyatning farovonligini, O`zbekiston barcha fuqarolarning munosib turmushini ta'minlashga qaratilgan bo`lishi kerak”.8
Siyosiy huquq va erkinliklar o`z tabiatiga ko`ra inson tug`ilganidanoq ega bo`ladigan va uzviy hisoblangan asosiy shaxsiy huquqlardan farkli ularok, davlat fuqaroligiga ega bo`lishi bilan bog`liqdir. Bu farqlar Konstitutsiyalarda shaxsiy huquqlar “har kim”, siyosiy huquqlar “fuqarolar” deb aniq yo`naltirilganligida o`z ifodasini topgan.
Siyosiy huquqlarning fuqarolik bilan bog`likligi, uni demokratik davlatlarda har bir fuqarolarni tabiiy huquqlari hisoblanmasdan va ular davlat tomonidan berilgan xosila, ikkinchi darajali huquqlar deb tushunish tug`ri emas. Aynan ularning ushbu xarakteriga ko`ra ham bu huquqlarni davlat tomonidan berilgan va o`rnatilgan huquqlar sifatida qaralishi mumkin emas. Davlat ularni insonlarning shaxsiy huquqlari singari tan oladi, ularga rioya etadi va muhofaza qiladi.
Saylov huquqi passiv va faol turlariga bo`linadi.
Saylash huquqi faol huquq xisoblanadi. Saylash huquqiga 18 yoshga tulgan fuqarolar ega bo`ladilar va ular ushbu huquq orqali harakatdagi qonunchilikka muvofiq u yoki bu lavozimga nomzodni ilgari surishi mumkin. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotganlar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar.
Passiv saylov huquqi davlat hokimiyati organi yoki mahalliy o`zini-o`zi boshqarish organlariga saylanish huquqi xisoblanadi. Passiv saylov huquqi davlat hokimiyati organi yoki mahalliy o`zini-o`zi boshqarish organining xarakteriga bog`liq ravishda turli yoshlarda qo`lga kiritiladi. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik bo`lmagan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga 25 yoshga, mahalliy vakillik organlariga 21 yoshga to`lgan shaxslargina saylanish huquqiga ega bo`ladilar.
O`zbekiston Respublikasida saylovlar umumiy, teng, to`g`ridan-to`g`ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo`li bilan o`tkaziladi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasida O`zbekisiton Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o`z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o`zini o`zi boshqarish, referendumlar o`tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo`li bilan amalga oshiriladideyiladi. Fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi huquqiy-demokratik davlatning muhim prinsiplaridan biri bo`lib xizmat qiladi.
O`zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyatining vakillik organlariga va o`zini-o`zi boshqarish organlariga saylanish va saylash, shuningdek referendumda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. O`z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. Demokratiyaning asosiy shakllaridan biri bu- davlat va jamiyat hayotining muhim muammolarini umumxalq muhokamasida o`z yechimini topishi- referendum hisoblanadi.
1994 yil 5 mayda O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to`g`risida”gi qonuni qabul qilindi. Unga ko`ra:
Saylov huquqi fuqarolarning referendumlarda, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida va hokimiyatning vakillik organlari saylovida qatnashishi orqali amalga oshiriladi.
Saylovchilar qayerda bo`lishlaridan qat'i nazar, ularga referendumlarda, O`zbekiston Respublikasi Pezidenti saylovida va hokimiyatning vakillik organlari saylovlarida bevosita qatnashish huquqi kafolatlanadi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-moddasida ko`rsatilishicha: Fuqarolar o`z ijtimoiy faolliklarini O`zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig`ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar. Hokimiyat organlari faqat havfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o`tkazilishini to`xtatish yoki ta'qiqlash huquqiga ega”.
Fuqarolarning o`z ijtimoiy faolliklarini mitinglar, yig`ilishlar va namoyishlar yo`li bilan amalga oshirish huquqlarini O`zbekiston Respublikasi tan oladi va kafolatlaydi.
Miting bu- siyosiy masalalarni muhokamasi uchun yig`ilgan jamoa yig`ilishidir.
Yig`ilish bu- yopiq imoratda yoki biror xonada o`tkaziladigan, ma'lum bir masalalarni muhokama qilish va qaror qabul qilish uchun yig`ilgan shaxslarning majlisidir. Majlis shaklidagi yig`ilishlar majlis tashkilotchilari tomonidan ishtirokchilar sonini chegaralash uchun tanlanishi mumkin, lekin bu yig`ilishlarning asosiy mohiyatini belgilamaydi.
Namoyish- bu ijtimoiy siyosiy norozilikning ochiq ko`rinishi bo`lib, namoyishchilarning u yoki bu masalalari bo`yicha ommaviy tarzdagi ochiq munosabatlardir. Namoyish asosan miting bilan boshlanadi va tamom bo`ladi.9
Davlat fuqarolarning bu huquqini amalga oshirish maksadini kuzda tutib, ularga binolarni, maydonlarni va kuchalarni berish, axborotlarni keng tarkatish, ommaviy axborot vositalaridan foydalanish imkoniyati bilan ta'minlaydi.
Xokimiyat organlari miting, yigilish va namoyishlarning yunalishlarini belgilanadi, xamda ularning boshlanish va tugash vaktini nazorat kilishadi.
Yig`ilishlar, miting yoki namoyishlar uyushtirish yoxud o`tkazish tartiblari ularning tashkilotchisi tomonidan buzilsa, O`zbekiston Respublikasining amaldagi ma'muriy va jinoyat qonunchiligida belgilangan javobgarlikka tortiladilar..
Davlat ishlarini boshqarishda fuqarolarning ishtirok etish huquqlariga bevosita aloqador bo`lgan muhim huquqlardan biri, bu fuqarolarning uz manfaatlarini himoya kilish maksadida kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqidir (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 34-moddasi).
Bu huquq fuqarolarga yuqorida aytib o`tilgan maksadlarda ijtimoiy uyushgan faoliyat olib borishning turli shakllariga birlashish, u yoki bu vazifalarni bajarish uchun kuchlarini umumlashtirish imkonini beradi.
Ijtimoiy uyushmalar fuqarolarning siyosiy faolligi va o`zlarini namoyon kilishlarini rivojlantirishga, ularning turli ehtiyojlarini qondirishga kumak beradi.
Fuqarolarning uyushmalar a'zoligiga qabul kilish yoki kirish uning nizomida yozilgan shartlarga muvofik kungilli ravishda amalga oshiriladi. Hech kim biron bir uyushmaga kirishga yoki unda bo`lishga majbur kilinishi mumkin emas. Fuqaro partiya a'zosi bo`lishi yoki partiyasiz bo`lishi mumkin.
O`zbekistonda jamoat birlashmalarini faoliyatini tartibga solib turuvchi qator qonunlar qabul qilindi: 1999 yil 14 apreldagi O`zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to`g`risida”gi, 1996 yil 26 dekabrdagi O`zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalari to`g`risida”gi, 1991 yil 15 fevralda O`zbekiston Respublikasining “O`zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari tug`risida”gi, 1991 yil 20 noyabrda O`zbekiston Respublikasining “O`zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati to`g`risida”gi, 1992 yil 2 iyulda O`zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to`g`risida”gi, 14 iyunda O`zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida”gi (yangi tahriri).
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasiga ko`ra, “Har bir shaxs bevosita o`zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega
Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko`rib chiqilishi shart”ligi mustahkamlangan.
Vakolatli organlarga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat kilish - bu fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etishining amaliy shakllaridan biri bo`lib, bu huquq - fuqarolarning siyosiy faolligini, namoyon kilish ijtimoiy ishlarga qiziqishini, shuningdek o`zlarini huquqlarini himoya qilishning muhim vositalaridan biridir. Shu bilan birga fuqarolarning murojaatlari jamiyat hayotidagi joriy masalalarni hal qilish uchun zarur axborot manbai, davlat apparatini aholi bilan muloqotini mustahkamlash usuli va yo`li sifatida ham katta ahamiyatga ega.
Ushbu munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2002 yil 11 mayda O`zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning murojaatlari to`g`risida"gi Qonuni qabul qilindi. Unda fuqarolarning murojaatlari huquqini belgilaydigan asosiy qoidalar, shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini ko`rib chiqish muddati va tartibi belgilangan.
Fuqarolarning murojaatlari mazmuniga ko`ra uch shaklda bo`ladi.

  1. 1) Taklif;

  2. 2) Ariza;

  3. 3) Shikoyat.


Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling