Fuqarolik jamiyati fanidanjoriy nazorat


Download 42.5 Kb.
Sana03.11.2021
Hajmi42.5 Kb.
#170347
Bog'liq
1 вариант Ж Н



Fuqarolik jamiyati fanidanjoriy nazorat

1-variant

1. Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat tushunchasi birgalikda qachon paydo bo’lgan?

A) X asr B) XV asr

C) XVIII asr D) XIX asr

2. Fuqarolik jamiyati fanining quyidagi qaysi funksiyasida jamiyatning rivojlanish istiqibollarini oldindan ko‘rishga inson huquqlari va erkinliklarining namoyon bo‘lishida ko‘rinadi?

A) boshqaruvchanlik funksiyasi

B) prognostik funksiyasi

C) metodologik funksiyasi

D) sotsiologik funksiyasi

3. Dastlabki goyaviy-siyosiy qarashlar eramizdan avvalgi asrlarda qayerda vujudga kelgan?

A) Hindiston B) Malayziya

C)Yaponiya D) Xitoyda

4. Quyidagi antik davr mutafakkirlaridan qaysi biri insonning o‘z qadr – qimmati va xatti-harakatdagi mustaqilligini inkor etdi. Bunday harakatlar uning fikricha, g‘oyadan uzoqlashish, ideal davlatning buzilishidir?

A) Aflotun B) Aritotel

C) Suqrot D) Ksenofont

5. Strategiya — bu …..

A) taʼlimotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi

B) sistematik rejalashtirish, barqarorlashtirish usuli

C) inqiroziy vaziyatlarni prognozlashtirish va bartaraf etish

D) vaziyatlarni prognozlashtirish

6. Davlat, oila, qabila, millat, diniy va boshqa birliklardan farqlanuvchi «fuqarolik jamiyati» kategoriyasi qachonga kelib tadqiqot predmetiga aylandi?

A) XVI-XVII asrlarda

B) XVII-XVIII asrlarda

C ) XVIII-XIX asrlarda

D) XIX -XX asrlarda

7.Konfutsiy qarashlari keyinchalik kim tomonidan rivojlantiriladi?

A)Guan -CHjun B) Syun-Szi

C)Xan Fey D) Dun CHjunshu

8. “Legizm” qanday ma’nono anglatadi

A) hakam B) saboq

C) ta’limot D) qonun

9. Quyidagi qaysi mamlakatda rivojlanayotgan fuqarolik jamiyati instutlari - xukumat-fuqaro-huquq modelidan kelib chiqqan holda faoliyat yuritadi?

A) Singapur B) Janubiy Koreya C) Yaponiya D) Xitoy

10. Eramizdan avvalgi nechanci asrlarda Xitoyda legizm deb nom olgan falsafiy-siyosiy yo’nalish vujudga keldi.

A) IX-V B) VII-II C) X-VIII D) X-VI

11. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining qaysi kitobida shunday deb ta’kidlaydi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir-birini to‘ldiradi va bir-birini taqozo etadi»

A) Yuksak ma’naviyat engilmas kuch

B) O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari

C) O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li

D) Ona yurtimiz baxtu iqboli yo‘lida xizmat qilish eng oliy saodatdir

12. O‘zbekiston saylov qonunchiligida umumiy saylov huquqi prinsipi mustahkamlangan. Har bir fuqaro saylov kuniga qadar yoki saylov kunida Konstitutsiyada va saylov to‘g‘risidagi qonunlarda belgilangan muayyan yoshga to‘lishi bilan davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga ega hisoblanadi. Yuqoridagi jumlalar «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning nechanchi moddasida ko‘rsatib o‘tilgan?

A) 2-moddasida B) 3-moddasida

C) 4-moddasida D) 5-moddasida

13. “Sovg‘alarni qabul qilma, chunki sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni o‘zgartiradi”. YUqoridagi jumlalar quyidagi qaysi muqaddas kitobda mavjud?

A) Tavrot B) Injil C) Zabur D) Qur’on

14. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq ushbu davlat dasturining barcha chora-tadbirlarini amalga oshirishga qancha mablag‘ yo‘naltiriladi?

A) 37,7 trillion so‘m va 8,3 milliard AQSH dollari

B ) 38,8 trillion so‘m va 8,5 milliard AQSH dollari

C) 39,9 trillion so‘m va 8,7 milliard AQSH dollari

D) 40 trillion so‘m va 9 milliard AQSH dollari

15. 2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ikkinchi yo‘nalishi qanday nomlanadi?

A) davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish.

B) qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquqtizimini yanada isloh qilish.

C) ijtimoiy sohani rivojlantirish.

D) iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish.

16. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar o‘z faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakil qilgan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar.

A) 58-modda B) 59-modda C) 60-modda D) 61-modda

17. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi bobi Ommaviy axborot vositalari deb nomlangan?

A) XII bob B) XIII bob C) XIV bob D) XV bob

18. Eramizdan avvalgi VII—II asrlarda qayerda legizm deb olgan falsafiy-siyosiy yo’nalish vujudga keldi.

A) Xitoy B) Yaponiya C) Indoneziya D) Janubiy Koreya

19. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Mahalla institutining yanada samarali faoliyat yuritishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 117-son Qarori qachon qabul qilingan?

A) 15.02.2018 B) 15.03.2018

C) 15.04.2018 D) 15.05.2018

20. Legizm ta’limoti ma’muriy-byurokratik mafkurani vujudga keltirib, xatto nechanchi asr boshlariga qadar deyarli o’zgarmadi.

A) XIX asr B) XX asr C)XVIII D) XVII

21. Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi to’g’risidagi umume’tirof etilgan qonuniyatlarni necha guruhga ajratish mumkin.

A) 2 B) 4 C) 3 D) 5

22.Fuqarolik jamiyatining ba’zi bir unsurlari antik dunyoning ayrim mamlakatlarida mavjud bo’lib bular qaysi davlatlar.

A) Parfiya va Rim

B) Yunoniston va Kushon

C) Rim va Kushon

D) Yunoniston va Rim

23. Nechanchi asrda fuqarolik jamiyati g’oyasi yanada muhimroq ahamiyat kasb eta boshladi.

A)XX asr B)XVII asr

C)XIX asr D) XVIII asr

24. Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat tushunchasi birgalikda nechanchi paydo bo’lgan?

A)XVII B) XVI asr

C)XVIII asr D)XX asr

25. Dastlabki g’oyaviy-siyosiy qarashlar eramizdan avvalgi asrlarda qayerda vujudga keldi

A) Xitoyda B) Hindiston

C) Indoneziya D) Malayziya

26. Konfutsiy maktabi necha yo’nalishga bo’linib ketadi.

A) 7 B) 5 C) 8 D) 6

27. Konfutsiy qarashlari kim tomonidan rivojlantirildi.

A)Dun -Chjunshun B) Syun-Szi

C) Guan-Chjun D)Xan-Fey

28. Eramizdan avvalgi VII—II asrlarda qayerda legizm deb nom olgan falsafiy-siyosiy yo’nalish vujudga keldi

A)Vetnam B) Hindiston C)Yaponiya D)Xitoy

29. Platon falsafiy asarlarida moddiy olamni, real borliqning birlamchi ekanligini inkor etdi va g’oyalar olamini haqiqiy va real olam deb tushuntirdi. Uning qaysi asarida bayon etilgan ideal davlat haqidagi qarashlari ham ana shunday nuqtai nazarga asoslangandir

A)Huquq B)Adolat

C) Qonun D)Davlat

30. “Fuqarolik jamiyati tarixi haqida xatlar” asarning muallifi kim

A) Anri Fergyuson B) Jon Lok



C) Makiaville D) Arastu
Download 42.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling