Fuqarolik jamiyati


Download 113.62 Kb.
bet1/11
Sana26.11.2020
Hajmi113.62 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Barcha ta’lim yo’nalishlari III-kurs talabalari uchun

Fuqarolik jamiyati fanidan test savollari





.

Savol



O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi, deb ta’kidlangan?

56-modda

57-modda

58-modda

59-modda



«Jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor. Bular - xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligidir. Hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir». YUqoridagi ma’lumotlar Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning qaysi asarida o‘z aksini topgan?

O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari

Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir

Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida



Jamoat birlashmalari nima maqsadda tuziladi?

barcha javoblar to‘g‘ri

fuqarolarning o‘z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari maqsadida

fuqarolarning faolligi va tashabbuskorligini, davlat va jamoat ishlarini boshqarishda ularning ishtirok etishini rivojlantirish maqsadida

fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy, huquqiy hamda erkinliklarni ro‘yobga chiqarish va himoya qilish maqsadida



Quyidagi qaysi davlatda juda ko‘p miqdorda pora olganlik uchun o‘lim jazosi mavjud?

Xitoyda


Singapurda

Meksikada


Venesuelada




BMT tomonidan 2003 yil 9 dekabrda qaerda korrupsiyaga qarshi kurashishda davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada kuchaytirish maqsadida 3 kun davomida konferensiya tashkil etilgan?

Meksikaning Merida shahrida


Singapur poytaxtida


Venesuela poytaxtida


YAponiyaning Fukisima shahrida




1787 yilda qabul qilingan AQSH Konstitutsiyasida quyidagi qaysi jinoyat AQSH prezidentini impechmentga tortish mumkin bo‘lgan ikki jinoyatning biri sifatida ko‘rsatib o‘tilgan?

pora olish


sudxo‘rlik


sotqinlik


xoinlik




Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov o‘zining qaysi asarida korrupsiyaning O‘zbekistonning o‘z taraqqiyoti yo‘lida rivojlanishiga ulkan to‘siq bo‘lishi mumkinligini bayon qilgan edi.

“O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”


“YUksak ma’naviyat engilmas kuch”


“O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li”


“Ona yurtimiz baxtu saodati yo‘lida xizmat qilish eng oliy saodatdir”




Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Gap qaysi atama haqida bormoqda?

korrupsiya

plyuralizm


ambitsiya


senzura




Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonunining nechanchi moddasida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari haqida so‘z borgan?

7-modda


6-modda


8-modda


9-modda




Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni nechta bobdan iborat?

6

5

7


4




Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari nechta?

7 ta.


6 ta.


3 ta.


5 ta.




Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonunining maqsadi....


Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish.


Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari, yo‘nalishlarini belgilash.


Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash.


Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va organlari faoliyatini muvofiqlashtirish.




Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari nechta?

3 ta.


5 ta.


6 ta.


7 ta.




Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni necha moddadan iborat?

34 modda.


37 modda.


25 modda.


42 modda.




Markaziy saylov komissiyasining rasmiy saytini belgilang

www.elections.uz


www.selections.uz


www.press-servis.uz


www.senat.uz




Har bir inson o‘zi yashayotgan davlatning boshqaruvida bevosita yoki erkin saylangan vakillar orqali qatnashish huquqiga egadir. Xalq irodasi hokimiyatning asosi bo‘lmog‘i lozim; bu iroda davriy va soxtalashtirilmagan, umumiy va teng saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoki ovoz berish erkinligini ta’minlaydigan boshqa teng qiymatli shakllar vositasida o‘tkaziladigan saylovlarda o‘z aksini topishi lozim. Ushbu qat’iy belgilangan qoida quyidagi qaysi tashkilotning hujjatlarida o‘z aksini topgan?

BMTning Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida


EXHTning demokratik saylovlar sohasidagi asosiy andozalari Insoniylik mezonlari bo‘yicha Kopengagen hujjatida


Mintaqaviy xalqaro tashkilotlar ham o‘zlarining Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoyalash to‘g‘risidagi Evropa konvensiyasida


Inson huquqlari to‘g‘risidagi Amerika konvensiyasida




O‘zbekiston Respublikasida yarashtiruv instituti qachon joriy etilgan?

2001 yil 29 avgustda


2005 yil 1 avgustda


2003 yil 2 avgustda


2000 yil 27 avgustda




“O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qachon qabul qilingan?

2005 yil 1 avgustda


2003 yil 2 avgustda


2001 yil 29 avgustda


2000 yil 29 avgustda



O‘zbekiston Respublikasining «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonuni qachon qabul qilingan?

1993 yil 2 sentyabrda

1993 yil 2 avgustda

1993 yil 2 mayda

1993 yil 2 dekabrda



«O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi Qonuni qachon qabul qilingan?

1995 yil 30 avgustda

1995 yil 30 sentyabrda

1995 yil 30 dekabrda

1995 yil 30 mayda



O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 16-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq:

Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.


Birorta ham qonun yoki bo‘yruq Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.


Birorta ham qonun osti hujjatlari Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.


Birorta ham qonun Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.




O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III bobi qanday nomlangan?

Konstitutsiya va qonunning ustunligi.


Davlat suvereniteti.


Xalq hokimiyatchiligi.


Tashqi siyosat.




O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining qaysi moddasida “Har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas” deb belgilab qo’yilgan.

27-moddada


26-moddada


25-moddada


28-moddada




O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining qaysi bobi Fuqarolarning burchlariga bag’ishlangan?

XI - bob


XXI - bob


XIII - bob


VII - bob




O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining qaysi asarida “Biz shunchaki demokratik jamiyat emas, demokratik odil jamiyat qurmoqchimiz... Adolat va haqiqat g‘oyasi ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarini qamrab olmog‘i darkor. Adolat va haqiqat g‘oyasi qonunchilik faoliyatimizning zamini, bosh yo‘nalishi bo‘lmog‘i shart” deb ta’kidlab o‘tgan edi?

O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari


Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir


Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir


Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida




Agar fuqaroda fuqaroviy xususiyatlar hamda faol fuqarolik pozitsiyasi to‘liq shakllangan, o‘z haq-huquqlari uchun amaliy harakatga kirish ishtiyoqi yaqqol namoyon bo‘ladigan bo‘lsa uni qanday talqin etish mumkin?

yuqori darajada fuqaroviylik sifatida


o‘rta darajada fuqaroviylik sifatida


quyi darajada fuqaroviylik sifatida


standart darajada fuqaroviylik sifatida




Agar fuqaroda o‘z haq-huquqlari hamda burchi uchun amaliy harakatni bajarish ko‘nikmasi mavjud bo‘lsa uni faollik nuqtai nazaridan qanday darajaga kiritish mumkin?

fuqaroviy pozitsiyasiga ega bo‘lgan shaxslar


fuqaroviy xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxslar


faol fuqaro


barcha javoblar to‘g‘ri




... bir tarafdan jamiyatda shaxsning oliy darajada mustaqilligini, ikkinchi tarafdan esa kishilarning jamiyat hayotidagi ishtirokida namoyon bo‘ladigan yuqori darajadagi birdamlikni nazarda tutuvchi qarashlar majmuini ifoda etadi. Nuqtalar o‘rniga mos javobni belgilang.

Fuqaroviylik


Vatanparvarlik


Siyosiylashish


Milliylik




Qaysi davrda fuqaroviylik vatanga sadoqat va vatanparvarlik sifatida talqin etilsa-da, ko‘proq mafkuralashgan ko‘rinishda namoyon bo‘lgan. Ko‘pgina hollarda fuqaroviylik vatanparvarlik bilan aralash ifodalangan?

SHo‘ro davrida


Mustaqillikning ilk davrida


Xonliklar davrida


Mustaqilligimizdan avvalgi davrda




Insonning fuqaroviyligi nimaga bog‘liq?

barcha javob to‘g‘ri


insonning ijtimoiy me’yorlardan xabardorligi va ularga rioya qilishiga


insonning bilimi va jamiyatning holatini anglashi


insonning huquqiy maqomiga




Quyidagilardan qaysi birining qayd etishicha, fuqaroviylik fuqarolik jamiyatini tuzish uchun jamiyatning ongi va bilimi darajasini ifoda etgan holatdir

V.Dal


Belinskiy

I.Gandi


SHveyser




Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot esa demokratik qadriyatlarning shakllanishiga asos bo‘lgan, hukumat tepasiga yangi siyosiy etakchilar avlodining kelishi bu davlatda o‘ziga xos fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga sharoit yaratib berishi mumkin. Gap qaysi janubiy-sharqiy osiyo mamlakati haqida bormoqda?

Singapur


Malayziya


Indoneziya


Filippin




Quyidagi qaysi mamlakatning hukumati demokratik, biroq o‘ta markazlashgan va qat’iy boshqariluvchi davlat doirasida xalq mandatini saylovlar orqali qo‘lga kiritib borgan?

Singapur


Janubiy Koreya


YAponiya


Xitoy




Quyidagi qaysi mamlakatda davlat vazirliklar orqali muhim strategik qarorlarni qabul qilish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy sohalar ustidan nazoratni amalga oshirish va monopoliya huquqlaridan foydalanadi. Hukumat va jamiyat bilan vositachi sifatida aynan siyosiy partiyalar faoliyat olib boradi?

Singapur


Janubiy Koreya


YAponiya


Xitoy




Quyidagi qaysi mamlakatda siyosiy jarayoning asosiy ishtirokchisi sifatida davlat, fuqarolik jamiyati, siyosiy partiya va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va ijro hokimiyati qonun chiqaruvchi hokimiyat ustidan nazorat o‘rnatgan?

Singapur


Janubiy Koreya


YAponiya


Xitoy




Birinchi bosqichda avtoritar rejim joriy etilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda esa iqtisodiy rivojlanishga urg‘u berilgan, shuningdek jiddiy siyosiy masalalar ayni shu bosqichda hal etilgan. Uchinchi bosqichda – ishlab chiqarish modernizatsiyasi amalga oshirilgan va siyosiy tizim yanada takomillashtirilgan. Gap qaysi mamlakat haqida bormoqda?

Singapur


Janubiy Koreya


YAponiya


Xitoy




Quyidagi qaysi davlat qirq yillik milliy suverenitetidan keyin rivojlanayotgan emas, rivojlangan mamlakat maqomini olgan Janubiy SHarqiy Osiyodagi yagona mamlakatlardan biri hisoblanadi?

Singapur


Janubiy Koreya


YAponiya


Xitoy




Siyosatshunos N. Gardele: “Ehtimol butun er yuzida ushbu davlatchalik tartiblilik, yuqori texnologiyalar, boy o‘rtacha sinf, madaniyat va tolerantlik bilan XXI asrga qadam qo‘yishga tayyor shahar-davlat bo‘lmasa kerak” daganda qaysi davlatni nazarda tutgan?

Singapur


Janubiy Koreya


YAponiya


Xitoy




Quyidagi qaysi mamlakatda rivojlanayotgan fuqarolik jamiyati instutlari - xukumat-fuqaro-huquq modelidan kelib chiqqan holda faoliyat yuritadi?

Janubiy Koreya


Singapur


YAponiya


Xitoy




Quyidagi qaysi davlatda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish maqsadida liberal demokratik tamoyillarni an’anaviy jamiyat boshqaruvi me’yorlari bilan uyg‘un holda tadbiq qilishga alohida e’tibor qaratilgan?

Janubiy Koreya


YAponiya


Xitoy


Singapur


Download 113.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling