Furqat tumani Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 6 –umumiy o’rta ta’lim maktabida


Download 17.48 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi17.48 Kb.
#195252
Bog'liq
6-maktab fan oyligi hisoboti


Furqat tumani Xalq ta’limi bo’limiga qarashli

6 –umumiy o’rta ta’lim maktabida

Tarix-huquq va tarbiya fanlari oyligi ”da amalga oshirilgan ishlar to’g’risida



HISOBOT

1.Maktabda dekabr oyi ”tarix-huquq va tarbiya ” fanlari oyligini o’tkazish to’g’risida 2020 -yil 5-sentabrda 4/5 - sonli buyrug’i chiqarildi. Ushbu buyruq bo’yicha ishlar rejasi tasdiqlandi.

2.Maktabda Tarix fanidan 28,5 soat, huquq fanidan 7 soat, tarbiya fanidan 9,5 soat dars mavjud bo’lib, bu fanlardan o’quvchilarga tarix fanidan oliy ma’lumotli tarix fani o’qituvchisi K.Haydarov, tarix fanidan oliy ma’lumotli tarix fani o’qituvchisi J.Eshmatov va tarix-huquq fanidan oliy ma’lumotli tarix-huquq fani o’qituvchisi N.Yusupova, tarbiya fanidan oliy ma’lumotli tarbiya fani o’qituvchisi A.Sultonov va boshlang’ich sinflarga tarbiya fanidan boshlang’ich sinf o’qituvchilari ta’lim beradi.

3.Fan oyligini e’lon qilish va ochilish marosimiga bag‘ishlab “O‘zbekiston – Vatanim manim” nomli tadbir o‘tkazildi.

4.”Tarix-huquq va tarbiya” fani oyligini boshida sinflar kesimida o’quvchilar bilim samaradorligini aniqlash maqsadida test sinovlari o’tkazildi. Unga muvofiq o’quvchilarning bilim samaradorligi 63% ni tashkil etdi.

5. 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Savollar aksiyasi” nomli viktorina o‘tkazildi.

6.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligi munosabati bilan devoriy gazetalar chiqarildi.

7.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligi munosabati bilan V-XI sinf o‘quvchilari ishtirokida “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori nomli” tadbir o’tkazildi.

8.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligi munosabati bilan 8-sinflar o‘rtasida “Konstitutsiya bilimdoni” tanlovi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligi munosabati bilan I-IV sinflarda “Baxtimiz qomusi” nomli tadbirlar o‘tkazildi.

9.O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlab IX-“A - B” sinf o‘quvchilari ishtirokida “Muqaddas madhiyam, ulug‘ madhiyam” nomli tadbir o’tkazildi.

10.Fan oyligi davomida tarix xonasini o’quv va didaktik materiallar bilan boyitildi.

11.O’quvchilarni tarix faniga qiziqishini yanada ortirish maqsadida V-VIII sinflar o`rtasida “O’z tarixingizni bilasizmi?” mavzusida bellashuv” o’tkazildi va VIII sinf o’quvchilari bu bellashuvda g’olib bo’ldi.

12.Fan oyligida fanlardan ochiq darslar o’tildi. 2020-yil 2-dekabr kuni Eshmatov Jumanazar 9-“A” sinfda O‘zbekiston tarixi fanidan “Rossiyada davlat dumasining tashkil topishi” mavzusida, 2020-yil 12-dekabr kuni Yusupova Nilufar 11-“A” sinfda huquq fanidan “Oilaga,yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar” mavzusida va 2020-yil 15-dekabr kuni Haydarov Kamoliddin 6- sinfda tarix fanidan “O’zbekiston hududida ilk davlatlar” mavzusida ochiq darslar o’tildi. Darslar noan’anaviy tarzda axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda olib borildi.

13.O‘quvchilar bilim, malaka va ko‘nikmalarini aniqlash maqsadida chiqish testlari olindi. Unga muvofiq o’quvchilarning bilim samaradorligi 73% ni tashkil etdi. Fan oyligi davomida o’quvchilar bilim samaradorligi 10 % ga oshirildi.

14.Fan oyligi davomida “Qiziqarli tarix” to’garagining devoriy gazetasi chiqarildi. Devoriy gazetasi har hafta o’quvchilar tomonidan tarix va huquq faniga tegishli qiziqarli ma’lumotlar bilan to’ldirib borildi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, “Tarix-huquq va tarbiya ” fanlari oyligi davomida o’quvchilarning tarix-huquq fanlariga bo’lgan qiziqishlari va bilimlari oshirib borildi. “Tarix-huquq va tarbiya ” fanlari oyligida fan o’qituvchilarining yana bir bor o’rta ta’lim maktablarida DTS talablari asosida o’quvchilarga saboq berib kelayotganligi yuqori natijalarga erishishimizda kata ahamiyat kasb etadi. Nafaqat dekabr oyini, qolaversa, barcha oylarni ham mana shunday tadbirlar asosida o’tkazsak maktablarda o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalari yana ham oshadi.


Fan o’qituvchilari: K.Haydarov

J.Eshmatov

A.Sultonov

Uslub birlashma rahbari: N.Yusupova

O’IBDO’: R.Kenjaboyev
Download 17.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling