G. S. Antipinaning fikricha, sotsial guruh jamiyat sotsial strukturasining elementi sifatida bir xil sotsial xususiyatga ega bo‘lgan va jamiyat uchun mehnat taqsimotiga ko‘ra zaruriy vazifalarni bajaruvchi insonlar uyu


Download 20.26 Kb.
Sana26.11.2020
Hajmi20.26 Kb.
#153515
Bog'liq
Javoblar 3


Javoblar.

Sotsial (ijtimoiy) guruh – individlar majmui. Ijtimoiy guruhga mansub individlar ushbu guruhga mansub har bir a’zoning boshqalariga nisbatan mo‘ljali asosida o‘zaro harakat qiladi.

Avstriyalik sotsiolog L.Gumplovich o‘zining 1899-yilda yozilgan “Sotsiologiya asoslari” kitobida “sotsiologiyada o‘rganish elementlari va birliklari sotsial guruhlar sanaladi”, deb yozgan. “Sotsial olamning haqiqati shundan iboratki, u avvalboshdan guruhlarning harakati asosida mavjud bo‘lgan jamiyatdagi sotsial muammolarning yechimi sotsial guruhlarning barqaror o‘zaro aloqalaridir”. Gumplovichning fikricha, aynan guruhlar individning shaxsiy xususiyatlarini shakllantiradi.

G.S.Antipinaning fikricha, “sotsial guruh jamiyat sotsial strukturasining elementi sifatida bir xil sotsial xususiyatga ega bo‘lgan va jamiyat uchun mehnat taqsimotiga ko‘ra zaruriy vazifalarni bajaruvchi insonlar uyushmasi hisoblanadi1”.

Shunday qilib, sotsial guruhlar deyilganida, xatti-harakatlari rasmiy va norasmiy institutlar tomonidan boshqariladigan, ma’lum norma va qadriyatlarga ega bo‘lgan, boshqa birliklardan o‘zining xususiyatlari bilan farq qiladigan, bir-birlari bilan ijtimoiy munosabatlar sistemasi asosida bog‘langan kishilar yig‘indisidan iborat bo‘lgan sotsial birlik tushuniladi.

Sotsial guruhning asosiy belgisi, ularni ijtimoiy harakter xususiyati bir-biriga yaqinlashtiradi. Guruh a’zolari boshqalardan kutmaydigan ma’lum xatti-harakatlarni bir-biridan kutadilar.

Sotsial guruh turlari:


    1. Katta va kichik guruhlar.

    2. Rasmiy va norasmiy guruhlar.

    3. Birlamchi va ikkilamchi guruhlar.

    4. Inguruh va autguruh.

    5. Referent guruhlar.

    6. Kvaziguruhlar.

    7. Qon – qardoshlikka asoslangan guruhlar.

Bu guruhlarning har biri haqida qisqacha to‘htalamiz.

1.Katta va kichik guruhlar:

1) Katta guruhlar – katta miqdordagi a’zolarga ega bo‘lgan, turli aloqalar xillariga asoslangan ijtimoiy guruhlar. Masalan, O‘zbekiston xotin-qizlar tashkiloti va h.k.

2) Kichik guruhlar – o‘zining a’zolari o‘rtasida bevosita aloqa va munosabatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy guruh (masalan, oila va h.k.).

Bugungi kunda kichik guruhlarni o‘rganuvchi sotsiologiyaning bo‘limi – mikrosotsiologiya deb ataladi. Kichik guruhlarni o‘rgangan olimlar qatorida Dj.Xomas, R.Merton, R.Beylz muhim o‘rin egallaydi. Mikrosotsiologiya doirasida kichik guruhlarni o‘rganish natijasida uchta yo‘nalish tashkil topdi: sotsiometriya, guruhiy dinamika va bixevioristik yo‘nalish2. Ilmiy adabiyotlarda kichik guruhlarga berilgan ta’riflar soni yuzdan ortiq. Odatda olimlar kichik guruhlarning quyidagi xususiyatlarini alohida ta’kidlashadi3:

Kichik guruhlar deganda, bir necha o‘nlab a’zolardan iborat bo‘lgan kam sonli guruhlar tushuniladi.

2.Rasmiy va norasmiy guruhlar:

1) Rasmiy guruhlar – bu huquqiy statusga ega bo‘lgan sotsial institut, tashkilot qismi hisoblanadigan mavjud institut, tashkilotdagi mehnat darajasida aniq maqsadga ega bo‘lgan sotsial guruh. Masalan, siyosiy partiyalar (4 ta), davlat, diniy tashkilotlar, ishlab chiqarish jamoasi, maktab sinfi, sport komandasi va h.k.

Rasmiy guruhning o‘zi 2 turga: a) rasmiy (korxona, davlat, jamoat tashkiloti); b) rasmiy tan olinmagan, ya’ni norasmiy: yashirin tashkilotlar.

2) Norasmiy guruhlar – yashirin tashkilotlardir. Bu guruhlar muntazam tashkilotga ega emas, rasmiy saylangan martabali shaxslar, nizomlar yo‘q, kun tartibi va aniq maqsad bo‘lmaydi. Masalan, ishchilar guruhi doirasida yuzaga kelgan do‘stlar munosabati birga ishlashlari bilan emas, bo‘sh vaqtlarini birga o‘tkazish, bir-biriga o‘zaro yordam berish va yoki “sotsial psixologik guruhlar” va h.k.

Shunday qilib, norasmiy guruh deb, a’zolar aloqalarining shaxsiy sifatlari, boshqa sotsial strukturalardan mustaqilligi, guruh faoliyatining aniq bo‘lmagan maqsadi, norasmiy nazorat sistemasi, guruh jipsligining yuqori darajasi bilan harakterlanadigan guruhga aytiladi.

3.Birlamchi va ikkilamchi guruhlar:

1) Birlamchi guruh, bu biz uchun bir xil ahamiyatga ega emas. Bu guruh a’zolari soni kamligi, hududiy yaqinligi, samimiy munosabatlari, maqsad umumiyligi bilan farq qiladi. Ba’zi guruhlar hayotimizning ko‘plab jihatlarini qamrab oladi va boshqalar bilan shaxsiy aloqalar o‘rnatilishiga sabab bo‘ladi. Oila birlamchi guruh. Oila hayoti har doim ham tinch va osoyishta o‘tmaydi, oilalarda ko‘plab notekisliklar va dushmanlarga munosabat ham uchraydi. Fanga birlamchi guruh termini birinchi bo‘lib XX asrning boshlarida amerikalik sotsiolog Charlz Harton Kuli (1864-1926) tomonidan kiritilgan.

2) Ikkilamchi guruh deb biror bir aniq maqsadga erishish uchun tuzilgan har qanday turdagi guruhlarga aytiladi. Bu guruh doimiy tarzda uchrab turadigan, lekin shaxsiy aloqalarga ega bo‘lmagan insonlar guruhidir. Albatta, hayotda 1 va 2 guruhlar o‘rtasida farq unchalik emas. Masalan, qo‘mita majlislarida doimo uchrashib turadigan insonlar do‘stlashib, keyinchalik norasmiy uchrashuvlar ham o‘tkazib turishlari mumkin. Masalan, bunga kasbiy, diniy, siyosiy guruhlarni kiritish mumkin.

4.Inguruh va autguruh.

1) Inguruh (lot. In – ichida va guruh) – individ o‘zining mansubligini his etuvchi guruh. Individ bunday guruh a’zolarini “biz” sifatida qaraydi.

2) Autguruh (ing. oit – tashqarida va guruh) – individ o‘zini mansub deb hisoblamaydigan odamlar guruhi. Bunday guruh a’zolarini individ “bizniki emas”, “begonalar” tarzida qabul qiladi.

5. Referent guruhlar. (Referent guruh termini inglizcha so‘z bo‘lib, “mansub bo‘lish” degan ma’noni anglatadi). Bu terminni amerikalik sotsial psixolog M.Sherif tomonidan kiritilgan. Individ ongli ravishda kiradigan sotsial guruhlarga (iqtisodiy, siyosiy, madaniy, kasbiy) nisbatan ishlatiladi. Katta va kichik referent guruhlari – sinf yoki ijtimoiy tabaqa bo‘lishi mumkin.



Referent guruhlar 2 turi:

1. Real guruhlar (shaxsga qulay sotsial norma va qadriyatlarni egallash uchun etalon bo‘lib xizmat qiladigan alohida kishilar birligi).



  1. Ideal guruhlar (ma’lum bir guruhning qadriyatli va normativ yo‘l-yo‘riqlarining inson ongida aks etishidir. Shaxs bu guruhga moslashishga harakat qiladi).

6.Kvazi guruhlar (lot. quasi – go‘yoki va guruh) – maqsadsiz ravishda vujudga keluvchi ijtimoiy guruh bo‘lib, unda mustahkam mo‘ljallar bo‘lmaydi, a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro harakatlar esa odatda bir tomonlama bo‘ladi. Kvaziguruh bexosdan paydo bo‘lishi va nomustahkamligi bilan ajralib turadi4

7.Qon – qardoshlikka asoslangan guruhlar:

1. Urug‘

2. Qabila

3. Qarindosh

4. Oila

5. Elat


6. Millat va h.k.

Sotsiometriya (lot. societas — jamiyat va ... metriya) — ijtimoiy psixologiya sohasi. Ijtimoiy turmushdagi kichik guruh (i. ch., jamoa, oila) aʼzolari oʻrtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni oʻrganish va ularning darajalarini oʻlchashda qoʻllaniladi. S. guruh aʼzolarining birbiri bilan oʻzaro subʼyektiv munosabatlarini, individlarning guruxdagi mavqei, kim yetakchilik qila olishi mumkinligi masalalarini eksperimental yoʻl bilan tadqiq qiladi. S.ga amerikalik sotsiolog Ya. Moreno (1892—1974) asos solgan. Uning metodiga koʻra, muayyan guruxdagi har xil xususiyatli shaxslarning uzaro munosabatlarini anik,lash uchun qaysi faoliyatda kim bilan birga qatnashishi soʻraladi. Olingan maʼlumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor kursatkichlari guruxdagi kishilarning shaxslararo munosabatlari toʻgʻrisida tasavvur hosil qiladi. Bu maʼlumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi koʻrinishini aks ettiradi, xolos. Hozirgi davrda S.ning modifikatsiyalari ishlab chiqilgan (Ya.L. Kolominskiy, I. P. Volkov). S.ning bu turi test savollari yordamida bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar haqida toʻlaroq axborot toʻplash imkonini beradi.

S.ning nazariy va amaliy natijalari mehnat jamoalarining ijtimoiy rivojlanishini boshqarishda, tarbiyaviy ishda va h.k.da keng qoʻllaiiladi.



1



2



3



4



Download 20.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling