Galingla,Xorazma


Download 14.17 Kb.
Sana20.02.2023
Hajmi14.17 Kb.
#1216453
Bog'liq
Amaliyot maqola tayyor


Galingla,Xorazma
Yoz keldi deguncha o’zbek xalqi Vatanimiz bo’ylab sayohatga shoshilishadi. Har bir hududning o’ziga xos bo’lgan turistik imkoniyatlari mavjud. Shu jumladan Xorazm vohasining ham. O’zining mehmondo’stligi,shirin shevasi,turli-tuman milliy taomlari bilan mehmonlarni ohanrabodek jalb qiladi. Markaziy Osiyo gavhari bo’lmish Xivaning ochiq osmon ostida joylashgan 54 madrasalar majmuasi bir yerda ekanligi butun dunyo bo’yicha faqat Xorazmda ekanligi,alohida e’tiborga sazovordir. Bundan tashqari o’ziga xos bo’lgan me’moriy obidalari,hunarmandlik markazlari,muzeylari tashrifingiz uchun arzirli sabab bo’la oladi. Qolaversa,Xorazmning markazi bo’lmish Urganch shahrida joylashgan “Yoshlar ko’li”,Jaloliddin Manguberdi xiyoboni hamda alohida ramziy ma’noga ega bo’lgan Jaloliddin Manguberdi haykali ham sizni o’ziga jalb qila oladi. Muqaddas qadamjolarga keladigan bo’lsak, butun dunyo polvonlari tashrif buyuruvchi,ruhiy madad oluvchi Pahlavon Mahmud ziyoratgohi, xalq orasida “Ulli pir” nomi bilan mashhur bo’lgan Yusuf Hamadoniy ziyoratgohi xalqimiz tomonidan e’tirof etiladi. Ilm-fan markazi sifatida Xorazm Ma’mun akademiyasida olib borilgan ilmiy faoliyatni ko’rsata olamiz.
Siz Xorazmga kelib faqat me’moriy obidalarni ko’rib sayohatingizni yakunlamaysiz albatta. Xorazmning milliy taomlaridan ham ta’tib ko’rish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Aytaylik, maxsus retsept asosida tayyorlanadigan Xiva ijjoni,Shivit oshi,tuxum barak,qo’tir barak,ushoq barak,yumurta barak,Xorazm palovi,gumma,fechchi,qatlama,har xil turdagi patirlari,o’ziga xos ta’mga ega bo’lgan kaboblari,Amudaryo balig’idan bahramand bo’lishingiz mumkin. Shu o’rinda faqat Xorazm iqlim sharoitida yetishtiriluvchi,mavsumiy qovun turi bo’lmish Gurvakni ham faqat Xorazmning o’zida ta’tib ko’rishingiz mumkin bo’ladi. Sababi uzoq saqlanmasligidadi.
Xorazm san’ati deganda, Xorazm lazgisi,Surnay lazgisi-yu,Komiljon Otaniyozov,Ortiq Otajonov,Rahmatjon Qurbonovlarning bulbuldek ovozini,xalfachilik san’atini boshlab bergan Anash xalfani aytib o’tmaslikning iloji yo’q.
Hay omon-ay omon,omon-ay omon,
Asiram,benavoyam,beqasam,giriftoram,giriftoram omon.
Umrimda gazmaram guli gulzor sayrina,
Fasli bahor istaram bulbul o’lmasa,
Gulzor sayrina naylaram al gul o’lmasa.
Hey omon…
(Lazgi,O’lmas Ollaberganov)
Xorazmga kelgan mehmon borki,Xorazmning shirin shevasiga mast bo’ladi. Ming eshitgandan bir ko’rgan afzal deydi,dono xalqimiz. Yaxshisi,o’zingiz go’zal Xorazmimga tashrif buyuring-u, yuqoridagi ta’riflarni ziyodasi bilan ko’rib,ertaknoma vohamiz sayohatidan lazzatlaning. Xorazmga marhabo,aziz mehmonlar!
Urganch davlat universiteti
Filologiya fakulteti
3-bosqich talabasi Raimbayeva Sojida
Download 14.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling