Ganch òymakorligi


Download 1.37 Mb.
Sana19.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1365115
Bog'liq
Ganch òymakorligi Tòlqinboyev Sardor

Ganch òymakorligi

Tayyorladi: 402-guruh talabasi Tòlqinboyev Sardor

  • Ganch oʻymakorligi - oʻymakorlik turi; amaliy sanʼatning keng tarqalgan sohasi. Ganchga oʻyma naqsh va tasvir ishlashning qulayligi G. oʻ.ning rivojlanishiga olib keldi. Ganch qorishmasi yangiligida oson kesiladi, bu undan shakllar oʻyish, yasash imkonini beradi, lekin qotgandan soʻng u toshga oʻxshab qoladi. G.oʻ.da naqshlar maxsus metall keskichlar vositasida tekis (2– 3 mm) va chuqur (2—3 sm) oʻyib solinadi, oʻyilgan naqsh yuzi rangli va rangsiz gulganch bilan pardozlanadi. Pardoz turlaridan chok pardoz, pax pardoz, loʻla pardoz, shabaqa pardozlar keng qoʻllaniladi. Naqsh mujassamotini anʼanaviy oʻsimliksimon (islimiy) va handasiy (girix) naqshlar tashkil etadi. G. oʻ. jamoat binolari, turar joylarni bezatishda keng qoʻllaniladi.
  • Oʻrta Osiyo hududida 1-asrdan ganchga oʻyma naqsh ishlangan. Xorazmdagi Tuproqqalʼa, Buxorodagi hukmdorlar sa-roylari va b. joylardagi arxeologik qazishlar jarayonida G. oʻ. namunalari topilgan. Kad. qalʼa shaharlar binolari bezagida va ilk oʻrta asrlar yodgorliklarida oʻyib, boʻyab, boʻrttirib tasvirlar ishlangan (Varaxsha, Panjakent, Afrosiyob va b.), terrakota (sopol) haykalchalar topilgan. Islom dini kirib kelishi bilan mahobatli binolar (saroy, Madrasa, masjid, maqbara, karvonsaroy va b.) bezagida tasvirlar oʻrnini oʻyma girih va islimiy naqshlar egalladi. Oʻzbekistonda saqlangan meʼmoriy yodgorliklar qadimda naqsh sanʼati yuksak darajada rivojlanganligi, ustalar handasani puxta oʻrganib, G. oʻ. sanʼatini yaxshi egallaganliklarini koʻrsatadi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling