Gapning ikkinchi darajali bo’laklari


Download 116.28 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.05.2022
Hajmi116.28 Kb.
#677743
Bog'liq
Gapning ikkinchi darajali bo’laklari
Евросиё ТГР Арктика, Bemor ornini tayyorlash va oqliklarni almashtirish, Yangi diniy harakatlarning zamonaviy faoliyat uslublari Reja, устама-хужжатлари-2019-yangi, 3-var, IBRAGIMOV -2014 RECCA (1), Kombinatsiyalashgan agregatlar, PYTHON O\'ZBEK TILDA MARUZA, Родовая неопределенность имен существительных, 7-mavzu Mol-mulk sol, rus o\'zb, Til va tafakkur , So\'rovnoma, buying-a-home


Gapning ikkinchi darajali bo’laklari 
Maktabgacha va boshlanģich 
ta’lim fakulteti Boshlanģich ta’lim 
yònalishi 2-bosqich 812_20-guruh 
talabasi Ahmedova Hilolaning
gapning 
ikkinchi 
darajali 
boʻlaklari asosidagi Eng yaxshi 
maqola nominatsiyasi 
uchun yozgan maqolasi. 
Annotation 
The secondary parts of speech (complement, determiner, case) are subordinate 
to the main parts, complementing, identifying and interpreting them. 
Аннотации 
Второстепенные части речи (дополнение, определитель, падеж) 
подчиняются главным частям, дополняя, определяя и интерпретируя их. 
Annotatsiya 
Gapning ikkinchi darajali bo’laklari ( to’ldiruvchi, aniqlovchi, hol) bosh 
bo’laklarga tobe bo’lib, ularni to’ldirib, aniqlab, izohlab keladi. 
Keywords: indirect filler, intermediate filler, adjective-determiner, 
determiner-determiner, quantity state, situational state. 
Ключевые 
слова: 
косвенный 
наполнитель, 
промежуточный 
наполнитель, прилагательное-определитель, определитель-определитель, 
количественный, ситуативный. 
Kalit so’zlar: vositasiz to’ldiruvchi, vositali to’ldiruvchi, sifatlovchi-
aniqlovchi, qaratqich-aniqlovchi, miqdor holi, vaziyat holi. 
Gapdagi biror bo’lakni to’ldirib, unga boshqaruv yo’li bilan bog’langan 
bo’lak to’ldiruvchi deyiladi.To’ldiruvchi asosan kesimga bog’lanadi. To’ldiruvchi 
ikki xil bo’ladi:1. Vositasiz to’ldiruvchi. 2. Vositali to’ldiruvchi. 
Vositasiz to’ldiruvchi tushum kelishigidagi so’z bilan ifodalanib, kimni?, nimani?, 
qaerni? so’roqlariga javob bo’ladi. Vositasiz to’ldiruvchi ish-harakatga aloqador 


bo’lgan narsa-buyum, kimsani bildiradi (ish-harakatni to’g’ridan to’g’ri o’tgan 
narsa-buyum yoki kimsani bildiradi). Kechagi yig’inda Abdullani ko’rdim. 
To’ldiruvchi turdosh ot bilan ifodalanganda kelishik qo’shimchasi ba’zan tushib 
qoladi. Talabalar paxta terishdi. 
Vositali to’ldiruvchi jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigi qo’shimchalarini 
olib, kimga?, nimaga?, kimdan?, nimadan?, kimda?, nimada?; ko’makchilar bilan 
kelib, kim bilan?, nima bilan?, kim haqda?, nima haqda? so’roqlariga javob bo’ladi. 
Farzandidan umidi katta edi. Yaxshiga yondash, yomondan qoch.Do’stlik haqida 
insho yozdik. 
Gapdagi biror bo’lakning belgisini yoki bir narsa-buyumning boshqasiga 
qarashli ekanligini bildirgan bo’lak aniqlovchi deyiladi: Qattiq sovuq, mayda qor 
yog’ib turgan edi.( A.Q), Qalandarovning hovlisi kattagina ekan.(A.Q.). 
Aniqlovchi ikki xil bo’ladi: 1. Sifatlovchi-aniqlovchi. 2.Qaratqich aniqlovchi. 
Sifatlovchi-aniqlovchi qanday? qaysi? qancha? nechanchi? necha? qaerdagi? 
so’roqlariga javob bo’ladi. Sifatlovchi tomonidan aniqlangan bo’lak sifatlanmish
deyiladi: qizil olma. Sifatlovchi va sifatlanmish bitishuv yo’li bilan bog’lanadi: 
Notanish kishi boshini ko’tarib unga qaradi. (S. A.). 
Ba’zan sifatlovchi birikma holida kelishi mumkin: Erta bahorda sepilgan 
bug’doy ham maysa bo’ldi. Erta bahorda sepilgan sifatdoshli birikmasi sifatlovchi 
vazifasida kelgan. 
Qaratqich-aniqlovchi kimning? nimaning? qaerning? so’roqlariga javob 
bo’ladi. Qaratqich tomonidan aniqlangan bo’lak qaralmish deyiladi. qaralmish 
qaratqich bilan moslashuv yo’li orqali birikadi. Uyning ichi bo’m-bo’sh edi. 
Qaratqich ba’zan belgisiz(kelishik qo’shimchasisiz) kelishi mumkin: maktab 
kutubxonasi. Qaratqich-aniqlovchi qo’llanmasligi ham mumkin: Bizning 
maqsadimiz ulug’dir. Maqsadimiz ulug’dir. 
Izohlovchi aniqlovchining bir ko’rinishi bo’lib, bunda izohlovchi ot boshqa bir 
otni izohlaydi. Ya’ni izohlovchi ot bilan ifodalanadi. Izohlovchi izohlagan ot 
izohlanmish deyiladi.
Izohlovchi-izohlanmish ko’pincha chiziqcha bilan yoziladi: mexanik-
haydovchi, xipchin-soch,ona-Vatan. Ayrim hollarda chiziqcha qo’yilmaydi: 
shifokor Muslimov, ”Turkiston” gazetasi,” «Farhod va Shirin” dostoni. Bunday 
izohlovchi shaxs oti bilan ifodalansa, qo’shtirnoqqa olinmay, nomidagi, nomli 
so’zlari bilan birga qo’llanadi: Oybek nomidagi jamoa xo’jaligi. 
Kesimga bog’lanib, uning belgisini bildirgan bo’lak hol 
deyiladi. Hol ma’nosiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi. 


1. O’rin holi qaerda? qayoqqa? qaerdan? so’roqlariga javob bo’ladi. Ot 
turkumidagi so’z, o’rin ravishi ko’p hollarda gapda o’rin holi vazifasida keladi: 
Sakson ota orqadan qarab qoldi. (O.) 
2. Payt holi qachon?, qachongacha?, qachondan beri?, qachondan buyon?, 
qayvaqt? kabi so’roqlarga javob bo’ladi. Payt holi asosan ot, payt ravishi, payt 
ravishdoshi bilan ifodalanadi. Bugun konsertga boramiz. Bir ozdan keyin dahliz 
eshigi ochildi. (M.Sh) 
3. Miqdor holi qancha?, qanchalab?, nechalab?, necha marta? so’roqlariga javob 
bo’ladi: Oz-oz o’rganib dono bo’lur. 
Miqdor holi asosan miqdor-daraja ravishi, son hamda hisob so’zlari bilan 
ifodalanadi. Onasi ishdan ancha kech qaytdi. Choydan bir qultum ho’pladi. (O) 
4. Vaziyat (tarz, ravish) holi qanday?, qay holda?, qay vaziyatda?, qay tarzda? 
so’roqlariga javob bo’ladi. Vaziyat holi asosan ravish, ravishdosh, ot, sifat, taqlid 
so’zlar, ibora bilan ifodalanadi: Saida xayrlashib, orqasiga qaramay jo’nab ketdi. 
(A.Q). Vaziyat holi ba’zan ish-harakatning bajarilishini o’xshatish yo’li bilan 
anglatib,-dek,-day,-larcha qo’shimchalarini olgan so’zlar bilan ifodalanadi.
Shaftolilar egilgan, go’yo salom berganday. (P.M) 
Ba’zan vaziyat holi yoyiq holda keladi. To’la singlisining shartiga rioya qilib, 
to’g’ri uyga jo’nadi. (M.Sh). Bu gapda singlisining shartiga rioya qilib ravishdoshli 
so’z birikmasi yoyiq vaziyat holi vazifasida kelgan. 
5. Sabab holi nima sababdan?, nima sababli?, nima uchun?, nimaga?, nega? 
so’roqlariga javob bo’ladi. Odil uyalganidan qizarib ketdi. (O.). Sabab holi -lik,-
sizlik,-ganlik qo’shimchali chiqish kelishigidagi otlar, shuningdek, sifatdoshdan 
keyin -dan qo’shimchasini keltirish bilan; 
-gani, -ganligi qo’shimchali so’zlardan keyin sababli, tufayli, uchun so’zlaridan 
birini keltirish bilan ifodalanadi: Shodligidan qul Tarlon, To’xtamadi 
yig’idan.(H.O); Majolsizlikdan kiyimlari joylangan sumkani ham tashlab, yuqori
qavatga ko’tarildi. Qizi kelmaganidan ancha ranjidi. 
6. Maqsad holi jo’nalish kelishikdagi so’z yoki harakat nomidan keyin uchun 
ko’makchisini keltirish bilan; fe’ldan so’ng uchun,deb so’zlarini keltirish bilan, 
maqsad ravishdoshi bilan ifodalanadi. 
Gap bo’laklari tartibi ikki xil bo’ladi: odatdagi tartib, o’zgargan tartib. Odatdagi 
tartibda gap bo’laklari tartibi quyidagicha bo’ladi: 


1. 
Ega (aniqlovchisi bilan) avval, kesim gap oxirida keladi; Ilg’or yoshlar 
to’plandilar.
2. 
Payt holi egadan oldin keladi: Kecha yosh havaskorlar to’plandilar. 
3. 
To’ldiruvchilar (aniqlovchisi bilan) egadan keyin keladi. Jamoa a’zolari 
xorijiy mehmonlarga bayram chiqishlarini namoyish etdi. 
4. 
Vaziyat holi kesimdan avval keladi: Uzoqdan daryo mavjlanib ko’rinar edi. 
Gap bo’laklari tartibining o’zgarishi inversiya deyiladi. Inversiya ma’lum 
maqsadlarda amalga oshiriladi: O’zgargan tartib-inversiya asosan she’riyatda 
uchraydi: Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon, o’zbegim. 
Ma’no urg’usi gap bo’laklari tartibining o’zgarishi orqali namoyon bo’ladi. Biz 
konsertga kecha bordik. Ma’no urg’usini olgan bo’lak kesimdan oldin joylashadi. 
Ikki bosh bo’lakli gaplar ikkinchi darajali bo’laklar ishtirokiga ko’ra yig’iq va yoyiq 
gaplarga ajratiladi. Faqat bosh bo’laklar (ega va kesim)dan iborat gap yig’iq gap 
deyiladi. Talabalar qatnashdilar. Ikkinchi darajali bo’laklar ham ishtirok etgan 
gaplar yoyiq sodda gap deyiladi. 

Download 116.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling