Garoyib us-sig’ar


Download 170.65 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2022
Hajmi170.65 Kb.
#216258
Bog'liq
Gazal mutolaasi 55d1bf8393c0c2b6fa7342e97efcaa88



“Garoyib us-sig’ar” devoni, 98-g’azal 

 

May birla /yuzung tim-tim/ ahmarmu/ ekin oyo, 

Yo shu’la/ aro bir-bir / ahgarmu /  ekin oyo? 

  –   –   V/ V –  –   –  / –   –   V /   V –  –   –   

 

       Maf’uvlu mafo’iylun maf’uvlu mafo’iylun 



 

Har sari  qulog‘ingda gavharmu ekin yoxud 

Har jonibida oyning axtarmu ekin oyo? 

 

Ruxsoring uza xaydin yuz qatraki ko‘rguzdung, 



Gul bargida shabnamdin gavharmu ekin oyo? 

 

G‘uncha ichida davron muhkam tikan urg‘andek, 



Ko‘nglum aro g‘amzangdin xanjarmu ekin oyo? 

 

Ko‘nglum qushikim qolmish zulfung aro sargardon, 



Savdo tunida soyir shapparmu ekin oyo? 

 

Zulf ichra yuzi yanglig‘ ofoqni kuydurgan, 



Ohim tutuni ichra ozarmu ekin oyo? 

 

Hijrondamu ul mahvash ag‘yorg‘a moyildur 



Yo zahri firoq ichra nishtarmu ekin oyo? 

 

Jon pardasida har yonkim, yangi tuganlardur, 



Qatlimg‘a falak tuzgan mahzarmu ekin oyo? 

 

El desa Navoiynikim, javr ila tark etti 



Ishqingni, sanga bu so‘z bovarmu ekin oyo? 

 

1.  G’azalning barcha baytlarini birinchi bayt kabi taqte’ qilish (ruknlarga 



ajratib paradigmasini qo’yish. 

2.  Notanish so’zlar lug’atini tuzish. 

3.  Mazmuni haqida qisqa matn (tabdil) tuzish. 

4.  G;azalni yod olish. 

5.  Vaznga solib ifodali qo’qish (audiofayl)   

 



“Garoyib us-sig’ar” devoni, 98-g’azal 

 

Husni ortar/ yuzda zulfin /anbarafshon/ aylagach, 

Sham’ ravshan/roq bo‘lur to/rin parishon/ aylagach. 

   –   V   –     –  /  –   V   –  – /  –  V   –  – /  –  V   –  

  Fo’ilotun   fo’ilotun fo’ilotun fo’ilun 

 

Yuzni gullardin bezabmu bizni qurbon aylading, 

Yo yuzungga tegdi qonlar bizni qurbon aylagach? 

 

Tiyg‘ ila paykonlaring yetti ko‘ngul bo‘lg‘och xarob, 



Suv quyub tuxm ekting, ul kishvarni vayron aylagach. 

 

Qon emaskim yopti gulgun hulla jannat xozini



Ishq maqtulin shahid aylarda uryon aylagach. 

 

Oshkor aylab yuzin ko‘zumni hayron ayladi, 



Yoshurun oldi ko‘ngul ko‘zumni hayron aylagach. 

 

Jong‘a qo‘yg‘ach naqdi ishqing qildi ko‘nglumni halok, 



O‘lturur mahramni sulton ganj pinhon aylagach. 

 

Ey Navoiy, ishq agar ko‘nglungni majruh etmadi, 



Bas nedurkim, qon kelur og‘zingdin afg‘on aylagach?! 

 

1.  G’azalning barcha baytlarini birinchi bayt kabi taqte’ qilish (ruknlarga 



ajratib paradigmasini qo’yish. 

2.  Notanish so’zlar lug’atini tuzish. 

3.  Mazmuni haqida qisqa matn (tabdil) tuzish. 

4.  G’azalni yod olish. 

5.  Vaznga solib ifodali qo’qish (audiofayl)   

 

 




“Badoye’ ul-vasat” devoni, 616-g’azal 

 

Gar alamimg‘a chora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun, netay, 

Var g‘amima shumora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun, netay. 

  –     V V   – /  V  –  V    –  /   –   V V    –  / V   –   V   – 

 Mufta’ilun mafo’ilun mufta’ilun mafo’ilun 

 

Ranjima yo‘q esa adadi xost bu ersa naylayin



Dardima gar kanora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun, netay. 

 

Jam’ emas ersa xotirim, jam’ o‘lurig‘a, zohido, 



Hojati istixora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun, netay. 

 

Yordin elga komlar, buki mening sari gahi 



Ko‘z uchidin nazzora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun, netay. 

 

Mash’ali vasl ila ulus shomi munavvaru mening, 



Baxtima bir sharora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun, netay. 

 

Qismi azalg‘a shodmen, buki falak rioyati, 



Holima oshkora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun, netay. 

 

Dedim, erur Navoiy o‘z dardig‘a chorasiz, dedi, 



Gar alamimg‘a chora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun, netay. 

 

1.  G’azalning barcha baytlarini birinchi bayt kabi taqte’ qilish (ruknlarga 



ajratib paradigmasini qo’yish. 

2.  Notanish so’zlar lug’atini tuzish. 

3.  Mazmuni haqida qisqa matn (tabdil) tuzish. 

4.  G’azalni yod olish. 

5.  Vaznga solib ifodali qo’qish (audiofayl)   

 

Download 170.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling