Genetika va muhitni tahlil qilish slayd


Download 0.5 Mb.
bet1/5
Sana10.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1348335
  1   2   3   4   5
Bog'liq
genomika temirova

Inson genomining tuzilishi. Polimorfizm hodisasi

Biologik fanlar orasida eng muhimlaridan biri genetikadir. Genetika — hayotning asosiy xususiyatlari irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini, bu qoniniyatlardan amaliy maqsadlarda oqilona foydalanish usullarini o‘rganadigan fandir. Genetika faniga oid bilimlar inson uchun zarur bo‘lgan, xalq xo‘jaligining deyarli hamma sohalarda qo‘llaniladi. Hozirgi davrda genetikaning juda tez rivojlanayotgan sohalari biotexnologiya va genetika injeneriya seleksiyaning asosiy usullari hisoblanadi. Seleksiyaning asosiy vazifalari esa madaniy o‘simlikning hosildor navlarini, uy hayvonlarining yangi zotlarini, mikroorganizmlarning foydali shtammlarini keltirib chiqarishdir.

“Genetika” so‘zi grekcha “genesis” so‘zidan olingan bo‘lib, “kelib chiqish”, “tug‘ilishga taalluqli” degan m a’nolarni beradi. Genetika barcha tirik organizmlarga xos bo‘lgan xususiyat — irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonunlarini o‘rganuvchi fandir. Irsiyat — organizmning o'z belgisi va rivojlanish xususiyatlarini kelgusi avlodlariga o'tkazish xossasidir. Irsiyat tufayli tur doirasidagi individlar o‘xshash bo‘ladi. O'zgaruvchanlik — organizmlarning individual rivojlanish jarayonida yangi belgilarni kashf etish xossasidir. O‘zgaruvchanlik tufayli tur doirasidagi individlar bir-biridan farq qiladi. Demak, irsiyat bilan o'zgaruvchanlik bir-biriga qarama-qarshi, ammo birbiri bilan uzviy bog‘liq xossalardir. Irsiyat tufayli turning bir xilligi saqlanib borsa, o‘zgaruvchanlik uning xilma-xilligini ta ’minlaydi. Bir tur individlari o‘rtasidagi tafovutlar organizm irsiyatining moddiy asoslari o‘zgarishiga bog‘liq. O‘zgaruvchanlik tashqi muhit sharoitlari bilan ham belgilanadi.

Genetika irsiyat va o ‘zgaruvchanlikni idora qilish y o ‘llarini ham o ‘rganadi, uning natijalaridan insoniyat uchun xizmat qilishda foydalanadi. Shuning uchun ham genetika fani boshqa biologik fanlar orasida yetakchi o ‘rinni egallaydi. Insonlar juda qadim zamonlardayoq ota-onalar va bolalardagi belgilarning o‘xshashligiga, ular orasidagi farqlarning ham mavjud bo‘lishligiga, bolalarda uzoq ajdodlar belgisining yuzaga chiqishi mumkinligiga e’tibor berganlar. Insonlar irsiyat xususiyatlaridan stixiyali ravishda o‘z amaliy maqsadlarida madaniy o‘simliklar va uy hayvonlari navlari va zotlarini yaxshilashda foydalanib kelganlar.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling