Genetikadan masala ishlash


Download 1.16 Mb.
bet1/11
Sana13.11.2020
Hajmi1.16 Mb.
#144926
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
genetika



Genetikadan

masala ishlash

usullari



-mono-, di- va poliduragay chatishtirishlar,



  • noallel genlar o‘zaro ta’sirining komplementar, epistaz, polimeriya, belgilarning jins bilan birikkan holda irsiylanishi,

  • belgilarning birikkan holda irsiylanishi va krossingover,

  • populyasiyalar genetikasi,

  • irsiyatning molekulyar asoslariga mo‘ljallanib tuzilgan.

  • Har bir bobda tipik masalalardan bittasining echilish usullari keltirilgan.

Allel va noallel genlar haqida G.Mendel.

Buyuk olim G.Mendel no‘xat o‘simligi ustida olib borgan genetik tadqikotlar natijasida irsiy omillar (endilikda genlar), uning allel va noallel tiplari haqidagi dastlabki ilmiy dunyoqarashni shakllantirdi. Uning fikricha:

- organizmlarning har bir belgisi ayrim irsiy faktor (gen) tomonidan boshqariladi;

- har qaysi irsiy faktor ikki xil - dominant va retsessiv allel holatida bo‘ladi;

- bitta belgining alternativ (keskin farqlanuvchi) holatda rivojlanishini ta’min etuvchi genlar keyinchalik allel genlar deb ataladigan bo‘ldi. Bu atamani boshqacha bir gen allellari deb ham yuritiladi;

- ikki va undan ortiq belgilarning namoyon bo‘lishini ta’min etuvchi genlar noallel genlar deb belgilandi.

Mendel allel genlar (bir gen allellari) o‘zaro ta’sir qilgan holatda faoliyat ko‘rsatishining bitta qonuniyatini - to‘liq dominantlik hodisasini kashf etdi.

Keyingi tadqiqotlar allel va noallel genlarning o‘zaro ta’sir etib faoliyat ko‘rsatishining murakkabligini va xilma-xilligini isbotladi.


Bir gen allellarining o‘zaro ta’sirida belgilarning irsiylanishi.

Hozirgi zamon genetika fanining Mendel yaratgan genetik tahlil metodini turli biologik ob’ektlarda qo‘llash natijasida olingan dalillariga asoslanib, bir gen allellarining o‘zaro ta’sir etib faoliyat ko‘rsatishining quyidagi tiplari - to‘liq dominantlik, to‘liqsiz (chala) dominantlik, kodominantlik va ko‘p allellik hodisalari aniqlandi. Endi ana shu tiplarning har biriga doir masalalar bilan tanishib chiqamiz.


Monoduragay chatishtirish.

To‘liq dominantlik hodisasi.
1-masala. Quyidagi genotipga ega bo‘lgan organizmlar qanday tipdagi gametalarni hosil qiladi? Ularning genotip bo‘yicha gomozigotali yoki geterozigotali ekanligini aniqlang.

a) BB b) Bb v) bb



2-masala. No‘xat o‘simligida donning sariq rangi (B) yashil rangi (b) ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Quyidagi genotipga ega bo‘lgan o‘simliklarni chatishtirishdan olingan keyingi avlod o‘simliklarining genotip va fenotiplarini aniqlang:

a) BB x bb b) Bb x bb v) BB x Bb g) Bb x Bb



3-masala*. Donining rangi sariq bo‘lgan gomozigotali no‘xat o‘simliklari yashil donli o‘simliklar bilan chatishtirilganda F1 va F2 o‘simliklarining genotipi va fenotipini hamda F1 o‘simliklarini sariq donli va yashil donli o‘simliklar bilan qayta chatishtirishdan olingan FB o‘simliklarning genotipi va fenotipini aniqlang.

Masalaning echilishi:

Belgi Gen

Donning sariq rangi B

Donning yashil rangi b
Donining rangi sariq bo‘lgan gomozigotali ona organizmning genotipini BB bilan belgilaymiz. YAshil donli retsessiv gomozigotali ota organizmning genotipini bb bilan belgilaymiz. Ota-ona organizmlarni o‘zaro chatishtiramiz.

sariq donli yashil donli

P ♀ BB X ♂ bb

g B b


F1 Bb - sariq donli

Sariq rangni rivojlantiruvchi B geni yashil rangni rivojlantiruvchi retsessiv alleli - b ustidan to‘liq dominantlik qilishi sababli F1 da olingan barcha duragaylarning doni sariq rangda bo‘ladi. F1 duragaylari geterozigota (Bb) hisoblanadi. Endi F1 duragaylarni o‘z-o‘zidan changlantirib, ikkinchi avlod (F2) duragaylarini olamiz.

sariq donli sariq donli

P ♀ Bb X ♂ Bb

g B, b B, b
F2 BB, Bb, Bb bb

3 1


sariq yashil

F2 da o‘rganilayotgan belgi bo‘yicha ajralish sodir bo‘ladi. F2 da ikkita fenotipik sinf hosil bo‘ladi - sariq donli va yashil donli o‘simliklar. Ularning nisbati 3 : 1. F2 da 3 ta genotipik sinf hosil bo‘ladi:

- dominant gomozigotali BB sinf;

- geterozigotali Bb sinf;

- retsessiv gomozigotali bb sinf.

Genotipik sinflar nisbati 1 : 2 : 1

Fenotipik sinflar nisbati 3 : 1

Agar F1 duragaylarini har ikki ota-ona bilan chatishtirsak:

sariq donli sariq donli

P ♀ Bb X ♂ BB

g B, b B

FB BB, Bb

sariq donli sariq donli sariq yashil

F1 duragaylarini dominant gomozigotali ota-onadan biri bilan chatishtirsak, u holda FB da faqat sariq donli duragaylar olinadi. Dominant ota-ona bilan bo‘ladigan chatishtirish F1 duragaylarning genotipini aniqlab bermaydi.

Agar F1 duragaylarini retsessiv gomozigotali, ya’ni yashil donli ota-onadan biri bilan chatishtirsak, u holda

sariq donli yashil donli

P ♀ Bb X ♂ bb

g B, b b
FB Bb bb

sariq yashil Nisbat 1 : 1

Qayta chatishtirishning bu formasi F1 duragaylarning genotipini aniqlab beradi.



4-masala*. Kulrang tanali drozofila pashshalari o‘zaro chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan pashshalarning hammasi kulrang tanali bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan pashshalarning genotipini aniq aniqlash mumkinmi? Aniq aniqlash uchun qanday chatishtirish o‘tkazish kerak? (Drozofila pashshasida tananing kulrang bo‘lishi - B qora bo‘lishi - b ustidan to‘liq dominantlik qiladi).

Masalaning echilishi:

Aniq aniqlash mumkin emas. CHunki, dominant belgili organizmlar, shu jumladan, kulrang tanali pashshalar ikki xil genotipga ega bo‘ladi, ya’ni BB yoki Bb. Masala shartidagi kulrang pashshalarning har ikkalasi gomozigotali yoki ulardan biri geterozigotali bo‘lsa ham keyingi bo‘g‘inda tana rangi bo‘yicha ajralish ketmaydi. Ularning genotipini o‘rganilayotgan belgi bo‘yicha aniq aniqlash uchun tahliliy chatishtirish, ya’ni qora tanali pashshalar bilan qayta chatishtirish o‘tkazish kerak.

kulrang kulrang kulrang kulrang

1) P ♀ BB X ♂ BB 2) P ♀ BB X ♂ Bb

g B B g B B, b

F1 BB - kulrang F1 BB – kulrang, Bb - kulrang

kulrang kulrang kulrang qora

3) P ♀ Bb X ♂ BB 4) P ♀ BB X ♂ bb

g B, b B g B b

F1 BB - kulrang F1 Bb – kulrang

Bb – kulrang


kulrang qora

5) P ♀ Bb X ♂ bb

g B, b b

F1 Bb - kulrang, bb - qora

Kulrang tanali pashshalar qora tanali pashshalar bilan chatishtirilganda, keyingi bo‘g‘inda faqat kulrang tanali pashshalar olinsa, Mendelning birinchi qonuniga ko‘ra kulrang pashshalar genotip bo‘yicha gomozigotali (BB), agar ajralish ketib kulrang va qora tanali pashshalar olinsa, geterozigotali (Bb) bo‘ladi.

5-masala. Drozofila pashshasi qanotining uzun bo‘lishini dominant A geni va kalta bo‘lishini retsessiv a geni ta’minlaydi. Gomozigotali uzun qanotli pashshalar kalta qanotli pashshalar bilan chatishtirilganda, F1 pashshalarining qanoti qanday bo‘ladi? F1 da olingan urg‘ochi va erkak pashshalar o‘zaro chatishtirilsa, F2 da olinadigan pashshalarning genotipi va fenotipi qanday bo‘ladi? F1 pashshalari uzun va kalta qanotli pashshalar bilan qayta chatishtirilsa-chi?



6-masala. Uzun qanotli pashshalar chatishtirilganda keyingi bo‘g‘inda olingan pashshalarning hammasi uzun qanotli bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan pashshalarning genotipini aniq aniqlash mumkinmi? Aniq aniqlash uchun qanday chatishtirish o‘tkazish kerak?

7-masala. Tut ipak qurtining tuxumlarida po‘stlog‘ining kulrang bo‘lishi oq rangi ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Tuxumlari kulrang bo‘lgan ipak qurtining urg‘ochi kapalaklari oq rangli tuxumlardan chiqqan erkak kapalaklar bilan chatishtirilganda, birinchi avlodda olingan kapalaklar kulrang tuxumlar qo‘ygan. Birinchi avlod kapalaklari o‘zaro chatishtirilganda esa ikkinchi avlodda olingan kapalaklar qo‘ygan tuxumlarning 75% i kulrang va 25% i oq rangda bo‘lgan. Birinchi avlodda olingan kapalaklar dastlabki chatishtirish uchun olingan kapalaklar bilan qayta chatishtirilsa, keyingi avlodda o‘rganilayotgan belgining irsiylanishi bo‘yicha qanday natija olish mumkin?

8-masala*. Pomidor o‘simligida mevasining qizil rangda bo‘lishi sariq rangi ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Qizil mevali pomidor o‘simliklari sariq mevali o‘simliklar bilan chatishtirilganda F1 da olingan o‘simliklarning hammasi qizil mevali bo‘lgan. F2 da olingan o‘simliklarning 520 tasi qizil va 174 tasi sariq mevali bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan o‘simliklarning va F1, F2 o‘simliklarning genotipini aniqlang. F1 o‘simliklari gomozigotali qizil mevali va sariq mevali o‘simliklar bilan chatishtirilsa, FB da o‘rganilayotgan belgining irsiylanishi bo‘yicha qanday natija olish mumkin?

Masalaning echilishi:

Belgi Gen

Qizil rang A

Sariq rang a

qizil sariq

P ♀ AA X ♂ aa

g A a


F1 Aa - qizil rangli pomidor

qizil qizil

P ♀ Aa X ♂ Aa

g A, a A, a

F1 AA - qizil rangli pomidor

Aa - qizil rangli pomidor

Aa - qizil rangli pomidor

aa - sariq rangli pomidor Nisbat 3 : 1

Masala shartiga ko‘ra F2 da 520 ta qizil rangli pomidor va 174 ta sariq rangli pomidorlar olingan. Olingan bu raqamlarning 3 : 1 nisbatga to‘g‘ri kelishini tekshirib ko‘ramiz. Hamma pomidorlar soni 520 + 174 = 694. Bu raqamni 4 ga bo‘lib bir qismini topamiz: 694 : 4 = 173,5. Nazariy jihatdan qizil rangli pomidorlar 173,5 x 3 = 520,5. Sariq rangli pomidorlar

173,5 x 1 = 173,5. Demak, olingan faktik sonlar nazariy kutilgan sonlarga to‘g‘ri keladi.

F1 duragaylarini har ikki ota-ona bilan qayta chatishtiramiz:

qizil qizil

P ♀ Aa X ♂ AA

g A, a A


Fv AA - qizil rangli pomidor

Aa - qizil rangli pomidor

Olingan bekkross duragaylarning barchasi qizil rangli pomidorlar bo‘lgan. Sariq rangli pomidorlar olinmagan. Nisbat 1 : 0

qizil sariq

P ♀ Aa X ♂ aa

g A, a a


Fv Aa - qizil rangli pomidor,

aa - sariq rangli pomidor

Olingan bekkross duragaylarning 50 foizi qizil rangli pomidorlar,

50 foizi sariq rangli pomidorlar. Nisbat 1 : 1.



9-masala*. Pomidor o‘simligida mevaning tuksiz bo‘lishi tukli bo‘lishi ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Tuksiz mevali pomidor o‘simliklari tukli mevali o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 50% i tukli mevaga va 50% i tuksiz mevaga ega bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang.

Masalaning echilishi:

Tuksiz mevali pomidor o‘simliklari tukli mevali o‘simliklar bilan chatishtirilganda keyingi avlodda 1 : 1 nisbatda ajralish ketishi tuksiz mevali o‘simliklar genotip bo‘yicha monogeterozigotali (Aa) bo‘lganligidan dalolat beradi. (A- tuksiz mevali pomidor; a- tukli mevali pomidor)

tuksiz tukli

P ♀ Aa X ♂ aa

g A, a a


F1 Aa - tuksiz, aa - tukli

10-masala*. Tuksiz mevali pomidor o‘simliklaridan urug‘ yig‘ib olinib, ular ekilganda, urug‘lardan unib chiqqan o‘simliklarning 75% i tuksiz va 25% i tukli mevaga ega bo‘lgan. Boshlang‘ich tuksiz mevali o‘simliklarning genotipi qanday bo‘lgan? Tuksiz mevali o‘simliklarning keyingi avlodda ajralish bermaydiganlarini qanday ajratib olish mumkin?

Masalaning echilishi:

Tuksiz mevali o‘simliklar urug‘idan unib chiqqan o‘simliklarning 75% i tuksiz va 25% i tukli mevali bo‘lishi o‘rganilayotgan belgi bo‘yicha 3 : 1 nisbatda ajralish ketganligidan dalolat beradi. Bunday nisbatda ajralish Mendelning ikkinchi qonuniga ko‘ra boshlang‘ich o‘simliklarning monogeterozigotali ekanligini ko‘rsatadi.

tuksiz tuksiz

P ♀ Aa X ♂ Aa

g A, a A, a

F1 AA - tuksiz

Aa - tuksiz

Aa - tuksiz

aa - tukli Nisbat 3 : 1



Keyingi avlodda ajralish bermaydigan o‘simliklarni ajratib olish uchun har bir o‘simlikdan urug‘ alohida yig‘ib olinib, keyingi yili ekib o‘rganiladi. Ajralish bermaganlari tanlab olinadi. YOki tahliliy chatishtirish o‘tkaziladi ( tuksiz x tukli).
11-masala. Qizil mevali pomidor o‘simliklari sariq mevali o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 1/2 qismi qizil mevali va 1/2 qismi sariq mevali bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang.

12-masala. Qizil mevali pomidor o‘simliklaridan urug‘ yig‘ib olinib, ular ekilganda, ulardan unib chiqqan o‘simliklarning 3/4 qismi qizil mevali va 1/4 qismi sariq mevali bo‘lgan. Boshlang‘ich qizil mevali o‘simliklarning genotipi qanday bo‘lgan? Qizil mevali o‘simliklar orasidan keyingi avlodda ajralish bermaydigan o‘simliklarni qanday ajratib olish mumkin?
13-masala. Silliq donli no‘xat o‘simliklari o‘zaro chatishtirilib, keyingi avlod o‘simliklari o‘rganilganda, ularning donini fenotip bo‘yicha ikki guruhga, ya’ni silliq donlarga va burishgan donlarga ajratish mumkin bo‘lgan. Silliq donlar burishgan donlarga nisbatan 3 barobar ko‘p bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan silliq donli o‘simliklarning genotipi haqida nima deyish mumkin? Belgining irsiylanish qonuniyatini aniqlang.
14-masala. SHoxsiz sigirlar shoxli buqalar bilan chatishtirilganda F1 da barcha buzoqlar shoxsiz bo‘lgan. Birinchi avlodda olingan urg‘ochi va erkak buzoqlar voyaga etgach o‘zaro chatishtirilib, keyingi ikkinchi avlod buzoqlari olinganda, ularning 3/4 qismiga yaqini shoxsiz va 1/4 qismi shoxli bo‘lgan. O‘rganilayotgan belgining irsiylanish qonuniyatlarini aniqlang.
15-masala. Xo‘jalikda shoxsiz sigir va shoxli buqa bo‘lgan. Ular chatishtirilganda birinchi yili olingan buzoq shoxli bo‘lgan. Ikkinchi yili sigir va buqa chatishtirilganda shoxsiz buzoq tug‘ilgan. Sigir va buqa hamda buzoqlarning genotipini aniqlang.

16-masala. No‘xatsimon tojli tovuqlar bargsimon (oddiy) tojli xo‘rozlar bilan chatishtirilganda F1 da barcha jo‘jalar no‘xatsimon tojli bo‘lgan. Keyingi yili no‘xatsimon tojli jo‘jalarning makiyonlari bargsimon tojli xo‘rozlar bilan chatishtirilganda olingan jo‘jalarning 50% i no‘xatsimon va 50% i bargsimon tojli bo‘lgan. Belgining irsiylanish qonuniyatini aniqlang.
17-masala. No‘xatsimon tojli tovuq va xo‘rozlar chatishtirilganda olingan jo‘jalarning 3/4 qismi no‘xatsimon, 1/4 qismi bargsimon tojli bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan tovuq va xo‘rozlarning genotipi haqida nima deyish mumkin?
18-masala. Quyonlarda yungning normal uzunlikda bo‘lishi dominant, kalta bo‘lishi retsessiv belgi hisoblanadi. YUnglari kalta bo‘lgan ona quyon bolalaganda uning ettita bolasidan to‘rttasi kalta yungli va uchtasi normal yungli bo‘lgan. Ota quyonning genotipini aniqlang.
19-masala. G‘o‘za o‘simligining cheklanmagan shoxli (S) bo‘lishi cheklangan shoxli (s) bo‘lishi ustidan to‘liq dominantlik qiladi. CHeklanmagan shoxli g‘o‘za o‘simliklari cheklangan shoxli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 50% i cheklanmagan shoxli va 50% i cheklangan shoxli o‘simliklar bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang.
20-masala. CHeklanmagan shoxli g‘o‘za o‘simliklari chatishtirilganda, keyingi avlodda 324 ta o‘simlik olingan bo‘lib, ulardan 242 tasi cheklanmagan shoxli va 82 tasi cheklangan shoxli bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang. CHatishtirishdan keyin olingan o‘simliklarning qancha qismi gomozigotali va qancha qismi geterozigotali bo‘lgan? Gomozigotali o‘simliklarni ajratib olish uchun qanday chatishtirish o‘tkazish kerak?
21-masala. Odamlarda o‘ng qo‘l bilan ishlashga layoqatlilik chap qo‘l bilan ishlashga layoqatlilik ustidan to‘liq dominantlik qiladi. O‘ng qo‘l bilan ishlashga layoqatli qiz chapaqay yigitga turmushga chiqqan. Bu oilada uchta farzand tug‘ilgan bo‘lib, ulardan ikkitasi o‘ng qo‘l bilan ishlashga, bittasi esa chap qo‘l bilan ishlashga layoqatli bo‘lgan. Oiladagi barcha kishilarning genotipini aniqlang.
22-masala. Onasi chapaqay, otasi esa o‘ng qo‘l bilan ishlashga layoqatli bo‘lgan oilada tug‘ilgan qiz (o‘ng qo‘l bilan ishlashga layoqatli) chapaqay yigitga turmushga chiqqan. Bu yangi oilada o‘rganilayotgan belgi bo‘yicha qanday fenotipga ega bo‘lgan bolalarning tug‘ilish ehtimoli bor?
23-masala. Ota-onasi jigarrang ko‘zli yigit (u ham jigarrang ko‘zli) otasi jigarrang ko‘zli, onasi esa ko‘k ko‘z bo‘lgan jigarrang ko‘zli qizga uylangan. Bu oilada bitta ko‘k ko‘z bola tug‘ilgan. Oiladagi barcha kishilarning genotipini aniqlang. Oilada yana qanday ko‘z rangiga ega bo‘lgan bolalarning tug‘ilish ehtimoli bor?
24-masala. Odamda polidaktiliya (barmoqlarning oltita bo‘lishi) normal belgi (beshta barmoqning bo‘lishi) ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Ota-ona o‘rganilayotgan belgi bo‘yicha geterozigotali bo‘lsa, shu oilada tug‘iladigan bolalarning genotipi va fenotipi qanday bo‘ladi?
25-masala. Ota-onadan biri besh barmoqli va ikkichisi olti barmoqli bo‘lgan. Bu oilada bir bola tug‘ilgan bo‘lib, uning barmoqlari beshta bo‘lgan. SHu oilada keyingi tug‘iladigan bolalarning qanday fenotip bilan tug‘ilish ehtimoli bor?
26-masala. Odamlarda albinizm retsessiv belgi sifatida autosoma orqali nasldan-naslga o‘tadi. Oilada ota-onadan biri albinos, ikkinchisi normal bo‘lgan. SHu oilada ikkita bola tug‘ilgan bo‘lib, ulardan biri normal, ikkinchisi esa albinos bo‘lgan. Ota-ona va bolalarning genotipini aniqlang. Keyingi tug‘iladigan bolaning qanday fenotipga ega bo‘lish ehtimoli bor?
27-masala. Ota-onasidan biri albinos bo‘lgan normal qiz, albinos yigitga turmushga chiqqan (yigitning ota-onasi normal). YAngi oilada albinos bola tug‘ilgan. Bu oilada keyingi tug‘iladigan bolalarning o‘rganilayotgan belgi bo‘yicha qanday fenotipga ega bo‘lish ehtimoli bor?
28-masala. Ota-onasi normal bo‘lgan normal qiz, ota-onasi normal bo‘lgan yigitga turmushga chiqqan. Oilada normal bolalar bilan bir qatorda albinos bola ham tug‘ilgan. Bola ayrim belgilari bo‘yicha onasiga va ayrim belgilari bo‘yicha otasiga juda o‘xshash. Bolaning albinos bo‘lib tug‘ilish sababini tushuntirib bering.
29-masala. Ota tomondan buvasi albinos, ona tomondan buvisi albinos, lekin ota-onasi normal bo‘lgan normal qiz normal yigitga turmushga chiqqan. Yigitning ota-onasi va buvi-buvalari ham normal bo‘lgan. Bu oilada albinos bolalarning tug‘ilish ehtimoli bormi?
30-masala. CHorvachilik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklarda jun va qorako‘l terilar etishtirish uchun otarlarda asosan junining rangi kulrang qo‘ylar boqiladi. CHunki junning va mo‘ynaning kulrangi qorasiga qaraganda qimmatroq baholanadi. SHuning uchun ham kulrang qo‘zichoqlar olish uchun kulrang qo‘ylarni kulrang qo‘chqorlar bilan chatishtirishgan. Lekin shu narsa ma’lum bo‘lganki, bunday chatishtirish o‘tkazilganda kulrang qo‘zichoqlar bilan birga qora qo‘zichoqlar ham tug‘ilgan. Bundan tashqari qo‘zichoqlar soni kutilganidan doimo anchagina kam bo‘lgan.

Kulrang qo‘zichoqlar va qora qo‘zichoqlarning nisbati tekshirilganda kulrang qo‘zichoqlar qoralariga nisbatan 2 barobar ko‘proq yoki 2 : 1 nisbatga yaqin bo‘lishi aniqlangan. Keyinchalik buning sababi aniqlanganda, kulrang qo‘y va qo‘chqorlar genotip bo‘yicha hamisha geterozigotali (Aa) ekanligi ma’lum bo‘ldi. Jun rangi bo‘yicha AA genotipli qo‘zichoqlar tug‘ilganidan keyin me’dadagi etishmovchiliklar tufayli nobud bo‘lar ekan. SHuning uchun kulrang qo‘zichoqlarning genotipi Aa va qora qo‘zichoqlarning genotipi aa bo‘lar ekan.

Xo‘jalik qo‘zichoqlarni etarli sonda olish uchun otarlarda qanday qo‘y va qo‘chqorlarni saqlagani ma’qul?
31-masala. Kulrang qo‘ylar qora qo‘chqorlar bilan chatishtirilsa, olingan qo‘zichoqlarning necha foizi kulrang bo‘ladi?
32-masala*. Jigarrang ko‘zli qiz ko‘k ko‘z yigitga turmushga chiqqan. Bu oilada uchta farzand tug‘ilgan bo‘lib, ulardan ikkitasi jigarrang ko‘zli va bittasi ko‘k ko‘zli bo‘lgan. Oiladagi barcha kishilarning genotipini aniqlang. Ko‘zning jigarrang bo‘lishi ko‘k rangi ustidan to‘liq dominantlik qiladi.

Masalaning echilishi:

Belgi Gen

Jigarrang ko‘z A

Ko‘k ko‘z a
P ♀ jigarrang X ♂ ko‘k

F1 2 ta jigarrang, 1 ta ko‘k ko‘z yoki

jigarrang ko‘k

Aa aa


Aa Aa aa

jigarrang ko‘k


Masalaning shartidan ko‘rinib turibdiki, ko‘z rangi bo‘yicha oilada xilma-xillik ketgan. Bundan kelib chiqadiki, jigarrang ko‘zli qiz ko‘z rangi bo‘yicha geterozigotali (Aa) bo‘lgan. Yigitning genotipi esa aa , jigarrang ko‘zli bolalarning genotipi Aa va ko‘k ko‘z bolaning genotipi aa bo‘lgan.

33-masala*. Onasi ko‘k ko‘z, otasi jigarrang ko‘zli bo‘lgan jigarrang ko‘zli yigit, ota-onasi jigarrang ko‘zli bo‘lgan ko‘k ko‘z qizga uylandi. SHu oilada qanday ko‘z rangiga ega bo‘lgan bolalarning tug‘ilish ehtimoli bor?

Masalaning echilishi:

Belgi Gen

Jigarrang ko‘z A

Ko‘k ko‘z a

Masalani echish uchun uning shartini sxema shaklida yozib olamiz:

P ♀ ko‘k X ♂ jigarrang P ♀ jigarrang X ♂ jigarrang

jigarrang ko‘zli X ko‘k ko‘z

yigit qiz

F1 - ?

Masalaning shartiga ko‘ra yigitning genotipi Aa, chunki u A genini otasidan va a genini onasidan olgan. Qiz ko‘k ko‘z bo‘lgani uchun uning genotipi aa bo‘ladi (qizning ota-onasi geterozigotali Aa bo‘lgan). SHunga ko‘ra, bu yangi oilada jigarrang ko‘zli va ko‘k ko‘z bolalarning tug‘ilish ehtimoli bir xil.

P ♀ ko‘k X ♂ jigarrang P ♀ jigarrang X ♂ jigarrang

aa Aa Aa Aa

g a A, a g A, a A, a

Aa X aa

jigarrang ko‘zli ko‘k ko‘z



yigit qiz

F1 Aa - jigarrang ko‘z; aa - ko‘k ko‘z

Bu masalani quyidagi uslubda ham echish mumkin:

Dastavval masalaning sharti sxema shaklida yozib olinadi.

P ko‘k ko‘z jigarrang ko‘z P jigarrang ko‘z jigarrang ko‘z

jigarrang ko‘zli ko‘k ko‘z

yigit qiz

P ko‘k ko‘z jigarrang ko‘z P jigarrang ko‘z jigarrang ko‘z

aa Aa Aa Aa

jigarrang ko‘zli ko‘k ko‘z

yigit qiz

aa Aa


Aa aa

jigarrang ko‘z ko‘k ko‘z



To‘liqsiz dominantlik holatda belgilarning irsiylanishi.

34-masala*. Qo‘ng‘ir tolali g‘o‘za o‘simliklari oq tolali o‘simliklar bilan chatishtirilganda, F1 o‘simliklari novvot rang tolali bo‘lgan. F1 o‘simliklari qo‘ng‘ir tolali va oq tolali o‘simliklar bilan qayta chatishtirilganda, har ikki holatda ham tola rangi bo‘yicha ajralish ketgan. F1 o‘simliklari qo‘ng‘ir tolali o‘simliklar bilan qayta chatishtirilganda FB da olingan o‘simliklarning 1/2 qismi qo‘ng‘ir va 1/2 qismi novvot rang tolali bo‘lgan. F1 duragaylari oq tolali o‘simliklar bilan qayta chatishtirilganda esa FB da 1/2 qism novvot rang tolali va 1/2 qism oq tolali o‘simliklar olingan. Belgining irsiylanish qonuniyatini aniqlang. Novvot rang tolali o‘simliklar o‘zaro chatishtirilsa keyingi avlodda fenotip bo‘yicha qanday natija olish mumkin?

Masalaning echilishi:

Belgi Gen

Qo‘ng‘ir tola FrBr

Oq tola Frbr

Novvot rang tola FrBr Frbr


qo‘ng‘ir tola oq tola

P ♀ FrBr FrBr X ♂ Frbr Frbr

g FrBr Frbr

F1 FrBr Frbr - novvot rang tola

Tolaning qo‘ng‘ir rangini rivojlantiruvchi dominant FrBr geni tolaning oq rangini rivojlantiruvchi retsessiv allel - Frbr ustidan to‘liqsiz dominantlik qilganligi sababli geterozigotali genotip - FrBr Frbr yangi fenotipning (novvot rang tolaning) rivojlanishiga olib keladi.

novvot rang tola qo‘ng‘ir tola

P ♀ FrBr Frbr X ♂ FrBr FrBr

g FrBr , Frbr FrBr

FB FrBr FrBr - qo‘ng‘ir tola

FrBr Frbr - novvot rang tola

FB da ikkita fenotip - qo‘ng‘ir tolali va novvot rang tolali o‘simliklar hosil bo‘ladi. Nisbat 1 : 1. To‘liq dominantlikdan farqli o‘laroq, geterozigotali genotip yangi fenotip beradi.

novvot rang tola oq tola

P ♀ FrBr Frbr X ♂ Frbr Frbr

g FrBr , Frbr Frbr

FB FrBr Frbr - novvot rang tolali

Frbr Frbr - oq tolali nisbat 1 : 1


novvot rang tola novvot rang tola

P ♀ FrBr Frbr X ♂ FrBr Frbr

g FrBr , Frbr FrBr , Frbr

F2 FrBr FrBr - qo‘ng‘ir tola

FrBr Frbr - novvot rang tola

FrBr Frbr - novvot rang tola

Frbr Frbr - oq tola nisbat 1 : 2 : 1

To‘liqsiz dominantlik holatida ikkinchi avlodda genotip va fenotip bo‘yicha uchta sinf hosil bo‘ladi, ularning nisbati 1 : 2 : 1.


Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling