Genlarning oʻzaro taʼsiri


Download 77.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana09.11.2021
Hajmi77.24 Kb.
#172375
  1   2
Bog'liq
Genlarning oʻzaro taʼsiri - Vikipediya



Genlarning oʻzaro

taʼsiri

Genlarning oʻzaro taʼsiri - genlarning

belgilar rivojlanishidagi ishtiroki. Bir

genning oʻzi bir necha xil belgilar

rivojlaiishiga hamda bir necha xil genlar

bir belgining rivojlanishiga taʼsir

koʻrsatishi mumkin. Bunday taʼsir bir gen

allellari (allelli taʼsir) yoki turli genlarning

allellari (allel boʻlmagan taʼsir) orasida

sodir boʻladi. Genlarning allelli oʻzaro

taʼsirini oʻrganish natijasida Mendel




qonunlari kashf etilgan. Organizmlardagi

koʻpchilik belgilarning irsiylanishi faqat bir

gen emas, balki allel boʻlmagan bir necha

genlarning faoliyatiga ham boglik. Allel

boʻlmagan Genlarning oʻzaro taʼsiri

komplementar, epistaz, polimeriya,

kombinirlangan (aralash), pleyotrop taʼsir

xillariga boʻlinadi.

1. Genlarning oʻzaro taʼsirining

komplementar (toʻldiruvchi) taʼsiri, yaʼni

komplementariya ikki yoki undan ortiq

allel boʻlmagan genlarning oʻzaro taʼsiri

tufayli organizmda ota-onada

kuzatilmagan yangi belgi rivojlanadi. Mas,

tovuklarda tojning gulsimon va

noʻxatsimon shakllari bargeimon (oddiy)




shakliga nisbatan dominant hisoblanadi.

Gulsimon tojli tovuqlar noʻxatsimon tojli

xoʻrozlar bilan chatishtirilganda Gʻrda

yongʻoqsimon tojli tovuqlar olinadi.

Yongʻoqsimon tojli parrandalar oʻzaro

chatishtirilganida Gʻ^a yongʻoqsimon,

gulsimon, noʻxatsimon va bargsimon tojli

tovuqlar 9:3:3:1 nisbatda toʻrtta fenotipik

sinflar olinadi. Gʻ,da kuzatilmagan yangi

belgi, yaʼni yongʻoqsimon tojning

rivojlanishi gulsimon tojni rivojlantiruvchi,

mas, A geni bilan noʻxatsimon tojni

rivojlantiruvchi dominant V genining

oʻzaro komplementar taʼsiriga bogʻliq.

Ota-ona sifatida olingan gulsimon tojli

tovuklar oʻz geno-tipida gulsimon tojni

nazorat qiluvchi A genining dominant



allellariga hamda noʻxatsimon tojni

boshqaruvchi V genining resessiv

allellariga (AAvv), ota sifatida olingan

noʻxatsimon tojli xoʻrozlar esa, aksincha

— aaVV genotipga ega boʻlgan. Ota-ona

va birinchi avlod parrandalarining

genotipini quyidagicha koʻrsatish

mumkin: R 9 Aavv (gulsimon tojli) X S

aaVV (noʻxatsimon tojli) Gʻ, AaVv

(yongʻoqsimon tojli).

Belgilarning komplementar tipda

irsiylanishi 9:7; 9:6:1; 9:3:4 nisbatda ham

boʻlishi mumkin.

2. Genlarning oʻzaro taʼsirining epistatik

tipi, epistaz — bir genning allellari boshqa

genlar allellarining faoliyatini bosib




turishidan iborat. Mas, A>V yoki V>A, a>V

yoki v>A. Allel boʻlmagan genlar

faoliyatini bosib turuvchi allel genlar

supressorlar yoki ingibitorlar deb ataladi.

Ular dominant yoki resessiv holatda

boʻlishi mumkin. Dominant epistaz

taʼsirida bir genning dominant alleli

boshqa allel boʻlmagan gen faoliyatini

bosib turadi. Dominant epistazda belgilar

ajralishi Gʻ2 da 13:3 yoki 12:3:1 nisbatda

sodir boʻladi. Resessiv epistaz bir

tomonlama yoki ikki tomonlama boʻlishi

mumkin. Birinchi holda bir gen resessiv

allelli gomozigota holatda boshqa

genning dominant yoki resessiv allellari

faoliyatini bosib turadi, yaʼni aa>V yoki

aa>vv boʻladi. Bu holda Gʻ2 da belgilar



9:3:4 nisbatda roʻy beradi. Ikki

tomonlama resessiv epistazda aa>V-,

vv>A- boʻlganidan, fenotip boʻyicha

ajralish Gʻ2 da 9:7 nisbatda sodir boʻladi.

3. Genlarning oʻzaro taʼsirining polimeriya

tipi, yaʼni polimeriya — bir belgining

rivojlanishiga ikki va undan ortiq allel

boʻlmagan genlarning bir xilda taʼsir

koʻrsatishidan iborat. Bunday polimer

genlar bir xil harf bilan belgilanib, bir-

biridan indekslari orqali farq qiladi. Mac,

A,A,a2a2a,a,A,A2; ADA^ yoki a,a,a2a2.

Polimeriya holida nasldan-naslga oʻtish

kumulyativ va nokumulyativ tipda boʻladi.

Kumulyativ polimeriyada fenotipda paydo

boʻladigan belgi dominant allellarning




soniga bogʻliq, nokumulyativ

polimeriyada esa belgining rivojlanishi

dominant allellarning soniga bogʻliq

emas. Kumulyativ polimeriyaga misol

qilib 1908 yilda shved olimi G. Nilson-Ele

oʻtkazgan tajri-ba natijasini keltiramiz.

Toʻq qizil va oq donli bugʻdoy irqlarini

chatishtirib birinchi avlodda (Gʻ,) donlari

qizil boʻlgan duragay oʻsimlik olinadi. Ular

oʻzaro chatishtirilganida Gʻ, da rangi (toʻq

qizildan och qizilgacha) va oq rangli

boʻlgan oʻsimliklar 15:1 (15 ta rangli 1 ta

oq) paydo boʻladi. Donlar 15:1 boʻlgan.

15 qism don rangining toʻq qizildan och

qizilgacha oʻzgarishi ular genotipidagi

qizil rangni taʼmin etuvchi dominant gen

allellarining soniga bogʻliq. Bu misolda



keltirilgan bugdoy navlari ikki juft polimer

genlar bilan bir-biridan farq qiladi.

Nokumulyativ polimeriyaga achambiti

oʻsimligida qoʻzoq mevasi shaklining

irsiylanishi misol boʻladi. Achambiti

mevasining uchburchak shakli oval shakli

ustidan dominantlik qiladi. Uchburchak

mevali achambiti oval mevali oʻsimlik

bilan chatishtirilganda F, da uchburchak

mevali duragaylar, F2 da esa 16

oʻsimlikdan 15 tasining mevasi

uchburchak, bittasi oval boʻladi. Bu

misolda ham ota-ona oʻsimliklar ikki juft

polimer genlar orqali bir-biridan farq

qiladi. Ammo F, da oʻsimliklar mevasining

uchburchak shakli dominant allellarning




soniga bogʻliq emas. Mas: 4 ta

(A,A,A2A2) yoki faqat 1 ta (A,a,a2a2 yoki

a,a,A2a2) dominant allel boʻlganida ham

meva uchburchak boʻladi. Shunday qilib,

uchburchak mevali oʻsimliklarning

rivojlanishi dominant allellarning soniga

bogʻliq boʻlmaydi.

4. Genlarning oʻzaro taʼsirining

kombinirlangan tipi. Bir belgining

rivojlanishida bir vaqtning oʻzida

komplementar, epistaz, polimeriya,

pleytropiya tiplarining birgalikda taʼsir

koʻrsatishidan iborat. Bu holat, odatda,

genom tuzilishi murakkab boʻlgan

allopoliploid organizmlarda kuzatiladi. Bu

tipdagi taʼsir chigit ustidagi tuk va tola




qatlamining irsiylanishini oʻrganish

jarayonida aniklangan. Chigit tuklarining

rivojlanishini toʻrtta allel boʻlmagan genlar

— I-i, Ft,—ft,, Ft2—ft2 va Fc—fc nazorat

qiladi. Taʼsir qilish xususiyatiga binoan bu

genlar uch guruhgaboʻlinadi: 1) gen-

ingibitor (I-i); buning dominant alleli

gomozigota (II) va geterozigota (I)

holatda asosiy (Ft,, Ft2) va yordamchi

(Fc) genlar taʼsirini toʻxtatib qoʻyadi va

fenotipik ji-hatdan tuksiz chigit

rivojlanadi; 2) asosiy genlar — Ft,—ft, va

Ft2—ft,. Ular dominant allellar boʻlib,

polimeriya tipida taʼsir koʻrsatib,

chigitning mikropileda tuklarining

rivojlanishini nazorat etadi. Bu genlar

faqat gen ingibitorning resessiv



gomozigota (ii) holatida va yordamchi

(Fc—fc) genning allel holatiga bogʻliq

boʻlmagan holda taʼsir etadi. Mikropileda

tuklar fenotipda namoyon boʻlishi

darajasi genotipdagi asosiy genlarning

dominant allellari soniga bogʻliq; 3)

yordamchi gen — Fc—fc. Uning dominant

alleli asosiy genning biror dominant

gomozigota holati bilan oʻzaro taʼsir qilib,

chigitning xalaza va yon qismlarida

tuklarning rivojlanishini nazorat qiladi.

Yordamchi gen dominant gomozigota

holatda (Fsfsda) chigit bir tekis va qalin

tuk bilan qoplanadi, geterozigota (Fcfc)

holatida esa tuklar notekis rivojlanadi.

Shunday qilib, chigit tuklari poligenlar

(epistaz, polimeriya, komplementar),



asosiy va yordamchi genlar hamda gen-

modifikatorning oʻzaro murakkab taʼsiri

natijasida rivojlanadi. Chigit uzun

tolasining rivojlanishini kamida ikki

guruhga mansub genlar nazorat qiladi.

Polimer genlar funksiyasiga koʻra ikkiga

boʻlinadi: asosiy — 1LL—Nl va LiD—liD;

hamda yordamchi.

Yopdamchi genlar asosiy genlarning

fenotipik rivojlanishini kuchaytirish

xususiyatiga ega. Ular genotipda asosiy

polimer genlarning dominant allellari

boʻlganida taʼsir koʻrsatadi. Chigit tuklari

rivojlanishini nazorat qiluvchi asosiy

genlar Ft,, Ft2 tolani chigitning maʼlum



qismida rivojlanishiga pleyotrop taʼsir

koʻrsatadi.

5. Genlarning pleyotrop taʼsiri — bir

genning bir necha belgilar rivojlanishiga

taʼsiri. Mas; qorakoʻl qoʻylari qoʻzilarida

junning kulrangi (sheroziy) dominant gen

tomonidan boshkariladi. Ana shu gen

boʻyicha dominant gomozigotali boʻlgan

qoʻzichoqlar tugʻilgandan soʻng sutdan

chiqqach oshqozon-ichak yoʻlining toʻliq

rivojlanmaganligi sababli nobud boʻladi.

Demak, junning kulrangini rivojlantiruvchi

dominant gen gomozigota holatda hazm

qilish sistemasida nuqsonning paydo

boʻlishiga olib keladi. Drozofilada

koʻzning oq rangini belgilovchi gen




pushtning kamayishi va ular hayotining

qisqarishiga sabab boʻladi.

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Download 77.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling