Geodeziya fani va uning vazifalari. Geodeziyaning tarmoqlarga bo`linishi. Reja


Download 51.46 Kb.
Sana27.10.2023
Hajmi51.46 Kb.
#1727811
Bog'liq
GEODEZIYA FANI VA UNING VAZIFALARI. GEODEZIYANING TARMOQLARGA


GEODEZIYA FANI VA UNING VAZIFALARI. GEODEZIYANING TARMOQLARGA
BO`LINISHI.
Reja:

  1. Geodeziya fani va vazifalari haqida malumot

  2. Geodeziyani boshqa fanlar bilan bog‘liqligi

  3. Geodeziya fani va uning vazifalari. Geodeziyaning tarmoqlarga bo`linishi.


Geodeziya fani va vazifalari haqida malumot. Geodeziya – Yerning shakli va kattaligini o‘rganishda, yer yuzidagi nuqtalarning bir-biriga
nisbatan o‘rnini aniqlashda, yer yuzining karta, plan va profillarini tuzishda, hamda injenerlik inshootlarini barpo etishda bajariladigan o‘lchashlar nazariyasi va praktikasi haqidagi fandir.
“Geodeziya” – grekcha so‘z bo‘lib, “geo” – er, “deziya” – bo‘lish demakdir.
Geodeziyaning asosiy vazifasi: Yerning shakli va kattaligini, hamda gravitatsion maydonini aniqlash.
Geodeziyaning ilmiy vazifasi:
1. Yer yuzasining gorizontal va vertikal harakati, qit’alar siljishi, okean, dengiz suv satxining
bir-biridan farqi, “Yer qutbini” o‘zgarishini aniqlash.
2. Quyosh sistemasidagi planetalarning karta va planlarini tuzish.
3. Quyosh sistemasidagi planetalarni shakli va kattaligini aniqlash.
4. Yer va quyosh sistemasini boshqa sistemalarda nuqtalarni yagona koordinatalarini aniqlash.
5. Tabiiy resurslarni o‘zlashtirishda geodezik ishlarni bajarish.
Mamlakat mudofaa qobiliyatini oshirishda geodezik ishlarni bajarish.
Geodezik ishlarda – asosan geodezik o‘lchashlar ishlatiladi.

Bunda xilma xil geodezik
asboblar ishlatiladi. Umuman, o‘lchash ishlarini tashkil qilish, o‘lchashlarda ishlatiladigan asboblarni o‘rganish va ular bilan ishlash geodeziyaning vazifasiga kiradi.
Geodeziyani boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Yerning sun’iy yo‘ldoshlarini geodezik
maqsadlarda kuzatishda, geodezik tayanch shaxobchalarni barpo etishda, yer yuzidagi nuqtalarning geografik koordinatalarini aniqlashda astronomiyafaniga tayanadi. Yerning shaklini o‘rganishda va kattaligini aniqlashda geodeziya gravimetriya, geologiya, geofizika va boshqa fanlar ma’lumotidan foydalaniladi.

Territoriyalarni topografik kartalarda to‘g‘ri tasvirlash uchun geografiya,
geomorfologiya fanlaridan foydalaniladi. Geodezik o‘lchash ishlarida va ularni grafik jixatdan rasmiylashtirishda matematikaga tayanadi.

Geodeziya quyidagi tarmoqlarga bo‘linadi:
1) Oliy geodeziya – Yyerni shakli va kattaligi, gravitatsion maydonini, yer yuzasidagi
nuqtalarni yagona koordinata sistemasida aniqlash bilan shug‘ullanadigan fan. Yerni shakli va kattaligini aniqlash, geodezik tayanch shaxobchalarini barpo qilish oliy geodeziya vazifasidir.

2)Kosmik geodeziya – yerni shaklini aniqlash, materiklardan dunyo okeanidagi orollarga
nuqta koordinatalarini uzatish, yer yuzasida o‘tkazilgan asosiy geodezik ishlarni yagona sistemasiga
birlashtirish, materiklardagi geodezik tayanch shaxobchalarini tekshirish bilan shug‘ullanadigan
fandir.
3) Selenogeodeziya – oyni shakl va kattaligini, oy yuzasini kartada tuzishni o‘rganadi.
4) Planegeodeziya – quyosh sistemasidagi planetalarni shakl va kattaligini xamda ularni
yuzasining kartasini tuzish bilan shug‘ullanadigan fandir.
5) Radiogeodeziya – radiolakatsiya metodi; yer yuzasidagi nuqtalarni koordinatalarini
aniqlash, radiogeodezik asboblar yordamida masofalarni o‘lchashni o‘rgatadi (svetodalnomer,
radiodalnomer).
6) Topografiya – geodeziyani topografik plan olish nazariyasi va praktikasi bilan
shug‘ullanadigan tarmog‘idir. Topografik karta va planlar tuzishda aviatsiya va fotografiyani keng
ishlatilishi tufayli fotografiya va aerofototopografiya soxalari vujudga keldi.
7) Fototopografiya – joyni erda turib olingan suratlariga asoslanib topografik karta va planlar tuzish ishi bilan shug‘ullanadigan tarmog‘idir. Aerofototopografiya esa joyni samolyotda o‘rnatilgan maxsus asboblar yordamida olingan suratlariga asoslanib karta va plan tuzish ishi bilan
shug‘ullanadi.
8) Kartografiya – yer yuzasini geografik kartalarini tuzish, o‘rganish, foydalanish metodlarini
o‘rganadigan fan.
9) Amaliy geodeziya – xalq xo‘jaligini turli tarmoqlarida geodezik ishlarni bajarish bilan
shug‘ullanadi. Amaliy geodeziya o‘z navbatida injenerlik geodeziya va qurilish geodeziya tarmoqlariga bo‘linadi.
10)Injenerlik geodeziyasi – turli injenerlik qidiruv ishlarida, injenerlik inshootlarini loyihalash va qurishda, ulardan foydalanishda geodezik ishlarni tashkil qilish va bajarish bilan shug‘ullanadi.
11) Marksheyderiya – geodeziyani shaxta, tonnel, metro va boshqa yer osti inshootlarini
qurishda yer bag‘rida o‘lchash ishlarini bajarish bilan shug‘ullanadigan soxasidir.

Geodeziya (geo-yer va yun. daio — boʻlaman) — Yerning shakli va oʻlchamlarini aniqlash, Yer yuzasini plan va xaritalarda tasvirlash hamda muhandislik inshootlarini qurishdagi qidiruv ishlari, ularni loyihalash, qurish va ulardan foydalanishda bajariladigan oʻlchash ishlari haqidagi fan.
G. oliy geodeziya, geodeziya yoki topografiya, muhandislik geodeziyasi, haritagrafiya va fototopografiya kabi mustaqil fanlarga boʻlinadi. Yer shakli va oʻlchamlarini aniqlash, mamlakat haritalarini tuzish uchun kerakli bosh geodezik asosni barpo etish, uni zamonaviy talablarga javob beradigan darajada saqdab turish, katta maydonlarda olib boriladigan geodezik oʻlchash ishlariii tashkil etish, ularni bajarish bilan oliy G. shugʻullanadi. Yer yuzasining ayrim boʻlaklarini plan, harita va profillarda tasvirlashda bajariladigan geodezik oʻlchash ishlari bilan muhandislik geodeziyasi, Yer yuzasining katta boʻlagini tasvirlash usullari bilan haritagrafiya, joyning plan va haritalarini fotosuratlardan foydalangan holda tuzish usullarini fototopografiya fani oʻrganadi.
Qadimda yer oʻlchash va xoʻjalik ishlari uchun plan hamda haritalar tuzishda G.dan foydalanishgan. Mil. av. 7-asrda Bobil va Ossuriyada loydan ishlangan taxtachalarga geografik haritalar tuzishgan. Mil. av. 6—4-asrlarda Yerning sharsimon ekanligini aytishgan. Mil. av. 3-asrda Misrda unumdor yerlarni boʻlish va oʻlchash bilan shugʻullanganlar. Keyinchalik joylarni oʻlchash va Yer oʻlchamlarini aniqlash, tarx tuzish, muhandislik inshootlarini qurishda G. oʻlchashlar bajarilgan. Misrlik olim Eratosfen toʻgʻri geometrik prinsiplar asosida birinchi marta Yer sharining radiusini aniqlagan. Shu davrlarda Aristotel ishlarida "G." astronomiya, haritagrafiya va geogr. bilan bogʻliq boʻlgan bilimlar tarmogʻi sifatida namoyon boʻla boshladi. Mil. av. 2-asrda astronom va matematiklar joyning geografik kengligi va uzunligi hamda haritalardagi meridianlar va parallellar toʻgʻrisida tushunchalar kiritishgan. Yunoniston va Misr olimlari Yerning shakli va oʻlchamlarini aniqlaganlar. G. fani Arabiston, Xitoy, Hindiston va Oʻrta Osiyoda ham taraqqiy etgan.
9-asr boshlarida Abu Abdullo Muhammad ibn Muso Xorazmiy, keyinchalik Abu Rayhon Beruniy Yerning oʻlchamlarini aniqlaganlar. Abu Rayhon Beruniyning geodeziyaga oid asari "Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning chegaralarini aniq-lash" — "Geodeziya" ilk asar boʻlib unda haritagrafiyaga doyr koʻp masalalar yechilgan va G.ning fan sifatida shakllanishiga ana shu kitobi asos boʻlgan. Oʻsha davrda xalifa Maʼmunning topshirigʻiga binoan birinchi marta almavsil (Mosul) sh. yaqinida gradus oʻlchamlari bajarilib, Yer sharining radiusi aniq oʻlchab topilgan. Hoz. zamon G. va geodezik ishlarning rivojlanishi 17-asrda qarash trubasining va triangulyatsiya usulining ixtiro kilinishidan boshlangan. Burchak oʻlchash asbobi — teodolitnint paydo boʻlishi hamda uning qarash trubasi bilan birlashtirilishi triangulyatsiyada burchak oʻlchashlarning aniqpigini oshiradi. Yer sirtidagi nuqta balandligini aniqlaydigan barometr ixtiro qilindi, topografik haritalar tuzishni soddalashtiruvchi topografik suratga olishning grafik usullari ishlab chiqildi. 18-asr oʻrtalarida fransuz olimi A. Klero Yer shaklining asosiy nazariyasini ishlab chiqdi va Yer sferoidida geografik kenglikka bogʻliq hodda ogʻirlik kuchining oʻzgarish qonunini asoslab berdi. Tortishish qonunining yaratilishi va geodezik ekspeditsiyalarning oʻtkazilganligi G. Yer shakli va uni oʻrganish usullari haqidagi mustaqil fan sifatida namoyon boʻldi. Soʻnggi yillarda kosmik G. rivojlangan fanlar qatoridan oʻrin oldi, chunki rivojlangan mamlakatlarda geodezik oʻlchash ishlarining asosiy qismi Yer sunʼiy yoʻldoshi texnologiyasi asosida bajarilmoqda. Ayni vaqtda Oʻzbekistonning davlat geodezik tarmogʻi yangi texnologiya — Yer sunʼiy yoʻldoshi texnologiyasi asosida qayta barpo etilmoqda. Oʻzbekistonda G.ga doyr ilmiy tadqiqot ishlari Oʻzbekiston FA Astronomiya institutida, OʻzMU, Toshkent texnika untida, Toshkent va Samarkand arxitekturaqurilish institutlari va Toshkent qishloq xoʻjaligini irrigatsiyalash va mexanizatsiyalash intida olib boriladi (yana q. Astronomiya). Asosiy geodezik ishlarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi G. haritagrafiya va kadastr bosh boshqarmasi bajaradi
Oliy geodeziya fanidan yerning shakli va o‘lchamlari, uning gravitatsiya maydoni, geodezik va astronomik koordinatalar, Laplas azimutlari hamda reduksiya masalalari, davlat geodezik tarmoqlarini qurish pritsiplari va ularni qurish usullari, tarmoqlarni loyihalash, ularni joyda mahkamlash va tarmoq aniqligini old baholash masalalari, yuqori aniqlikdagi burchak o‘lchash asboblari, davlat nivelir tarmoqlarini qurishni nazariy masalalari, ularni loyihalash va aniqligini baholash, yuqori aniqlikdagi nivelirlar, geodezik tarmoqlarda dastlabki hisoblashlarga va Gauss – Kryugerning tekislikdagi proeksiyasida geodezik tarmoqlarni parametrik va korellata usullarida tenglashtirishning nazariy masalalari, sun’iy yo‘ldosh geodezik tarmoqlarini rivojlantirish usullari va texnologiyalari, GPS koordinatalari sistemasi, GPS priyomniklari va joy nuqtalari koordinatalarini aniqlash masalalari o'rganiladi.
Download 51.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling