Geodeziya, kartografiya, geografiya


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/29
Sana06.11.2021
Hajmi0.92 Mb.
#171369
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Bog'liq
Kurs loyihasi uchun uslubiy qo`llanma

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


18 

 

I BOB. GEODEZIYANING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI 



 

1.1.  Geodeziya fani haqida tushuncha 

Geodeziya  so’zi  grekcha  so’z  bo’lib  “geo”-yer,  “dezus”-bo’lish  degan 

ma'noni  bildiradi.Geodeziya  fani-yerning  shakli  va  o’lchamlari,  yer  yuzidagi 

nuqtalarning  bir-biriga  nisbatan  o’rnini  aniqlashda,  yer  yuzining  xarita,  plan, 

qirqimlarini  tuzishda  hamda  muxandislik  inshootlarini  qurishda  bajariladigan 

o’lchashlar nazariyasi va amaliyoti haqidagi fandir.[1] 

Shunga  ko’ra,  geodeziya  fani  amaliy  geometriya  (yer  o’lchash)  deb  ham 

yuritilgan. Lekin hozirda geodeziya xalq xo’jaligining turli sohalaridagi qurilishga 

doir  muhim  va  murakkab  masalalarni  yechish  bilan  shug’ullanadi.  Masalan,  yer 

shakli va kattaligini aniqlash, yer yuzasi ma'lum qismini  plan, karta va profillarini 

chizish,  qishloq  xo’jaligini  planlashtirish,  turli  inshootlar  barpo  qilishda 

bajariladigan  qidirish,  o’lchash  va  loyihalash  ishlarini  turli  asboblar  yordamida 

amalga  oshirish  yo’llarini  o’rganish  hozirgi  geodeziya  fanining  umumiy 

vazifasidir.  Bajariladigan  ishning  mazmuni  va  usuliga  qarab  geodeziya 

quyidagicha bo’linadi va ta'riflanadi. 

Yer yuzasi bo’laklarining ko’rinishi va kattaligini aniqlab, uni plan, karta va 

profillarda tasvirlash yo’llarini va bunda ishlatiladigan asboblarni o’rganadigan fan 

geodeziya deyiladi. 

Butun  yerning  umumiy  shakli  va  o’lchamlarini  aniqlash,  yer  yuzasida  bir 

sistemada  planli  va  balandlik  bo’yicha  tayanch  punktlar  o’rnatish  va  ularning 

tarmoqlarini barpo etish masalalariga doir o’lchash va o’lchash natijalarini tenglash 

ishlari bilan shug’ullanuvchi fan oliy geodeziya deyiladi. 

Geodeziyaning xalq xo’jaligidagi turli sohalarda bino, yo’l, kanal, aerodrom, 

stantsiya  kabi  injenerlik  ishlari  o’rnini  aniqlash,  ularni  plan,  karta  va  profilda 

loyihalash,  joyga  ko’chirish  va  qurish  hamda  undagi  o’zgarishlarni  kuzatish 

ishlariga  doir  o’lchash  usullarini  o’rganuvchi  maxsus  bo’lim  injenerlik 

geodeziyasi deyiladi.

1

 



Yer  yuzasining  katta  qismini  qog’ozda  tasvirlashning  qoida  va  usullarini 

o’rganuvchi fan kartografiya deyiladi. 

Yer  massasida  uzluksiz  bo’lib  turgan  geologik  va  geofezik  hodisalar  yer 

shakli  va  yuzasining  o’zgarishsiz  qolmaydi.  Shunga  ko’ra,  hozirgi  geodeziya 

fanining  vazifasi  yer  yuzasida  bo’ladigan  hodisalarni  statikaviy  hol  deb  qaramay, 

balki murakkab dinamikaviy jarayon deb qarab,  geofezika  va  gravimetriya fanlari 

yutuqlari  asosida  geodenamik  poligon  usulini  tatbiq  etib  tadqiqot  ishlari  olib 

borishdan iboratdir. 

                                                 

1

X.M.Muborakov,S.Ahmedov «Geodeziya va kartografiya», Toshkent,  «O’zbekiston», 2002y. 4- b 



  


19 

 

Davrimizda sanoat, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalarda keng ko’lamda jadal 



olib  borilayotgan  turli  qurilish  ishlari,  masalan,  temir  va  tosh  yo’llar  o’tkazish, 

kanal  qazish,  katta-kichik  binolar,  to’g’on,  aerodrom,  turli  stantsiyalar  kabi 

inshootlar  qurish  injenerlik  geodeziyasi  oldiga  katta,  murakkab  va  mas'uliyatli 

vazifalar  qo’ymoqda.  Bular  geodeziya  fanining  turli  ixtisosliklarga  bo’linib 

o’sishiga undadi, yangi ish usuli va yangi asboblar yaratilishiga katta yordam berdi 

va bermoqda.[2] 

Har  qanday  qurilish  ishi  geodeziyaga  oid  o’lchash  ishlari  bilan  boshlanadi, 

davom etadi va tugaydi. Masalan, kanal qazish yoki yo’l o’tkazish uchun avval shu  

o’tishiga mo’ljallangan joy kartada belgilanadi, keyin u bilan joyda tanishiladi (bu 

ish rekognostsirovka deyiladi), yo’lning o’q chizig’i belgilanadiki,  qurish uchun 

mo’ljallangan bu joy trassa deyiladi. 

Trassaning  o’q  chizig’i  belgilanib  joy  syomka  qilingach,  nivelirlanadi.  O’q 

chizig’i profili chizilib, loyiha chiziqlari o’tkazilgach, ish otmetkalari hisoblanadi. 

So’ngra  loyihadagi  nuqtalar  otmetkalari  bo’yicha  joyga  ko’chiriladi.  Shundan 

keyingina qurilish ishi boshlanadi. 


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling