Geodeziya, kartografiya, geografiya


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/29
Sana06.11.2021
Hajmi0.92 Mb.
#171369
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
Kurs loyihasi uchun uslubiy qo`llanma
Kompyuter tarmoqlari, Bobur bukleti, Аmaliy, Аmaliy, amaliy ish metrologiya NAMUNA, DDL va DMLning solishtirma taxlili, 1, Dasturlash tillarida kompyuter rasmini chizish (Автосохраненный), 1-topshiriq, 1-topshiriq, 1-topshiriq, 1-topshiriq, 1-topshiriq Jumaniyozova M, 1-topshiriq Jumaniyozova M
 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


20 

 

1.2. Ilk davrlarda geodeziyaning  rivojlanishi 

Ma’lumki, geodeziya ham boshqa fanlar kabi hayotiy talablar asosida vujudga 

kelgan  va  ishlab  chiqarish  kuchlarining  taraqqiy  etishi  bilan  tobora  rivojlanib 

borgan 

Inson  qadimdan  o‘zi  yashagan  joyni  hayot  talabiga  ko‘ra  har  tomonlama 

bilishga qiziqqan va o‘rgangan. Geodeziya tarixi ham shunday boshlanadi.  

Arxeologlarning  aniqlashicha,  Qadimiy  Misr,  Mesopotamiya,  Hindiston, 

Xitoy, Gretsiya, O‘rta Osiyo va boshqa mamlakatlar xalqlari o‘z ehtiyojlari uchun 

dehqonchilik  qilish  va  sug’orish  kanallarini  qazish,  turli  bino  va  inshootlarni 

qurish, ekin maydonlarini  o‘zaro taqsimlash kabi  masalalarni  yechishda geodezik 

o‘lchashdan foydalangan.

2

 

Masalan,  miloddan  4000  yil  ilgari  Misrdagi  Nil  daryosi  havzasida  yerni 



o‘lchash ishlari olib borilgan. Nil daryosini Qizil dengiz bilan qo‘shish maqsadida 

kanal  qurilishi  miloddan  VI    asrdan  ilgarigi  vaqtga  ta’luqlidir.  U  vaqtlarda 

syomkaning ba’zi bir usullarigina ma’lum edi. 

3

 



Ptolomey  tomonidan  proeksiyalash  usullari  joriy  qilinib,  Evropa  va  Osiyo 

kartalarini  tuzishda  ulardan  foydalanilgan.  Qadimiy  madaniyat  o’chog’i  bo’lgan 

Bobil-Osuriylar yerida olib borilgan arxeologik qazilmalarda miloddan 3 ming yil 

ilgari chizilgan joy plani topilgan.[6] 

Dajla (Tigr) va Firot (Yevfrat) daryolarining suvidan sug’orishda foydalanish 

uchun  su'niy  gidrotexnikaviy  qurilmalar  barpo  etilgan.  Hatto  miloddan  2150  yil 

ilgari  Firot  daryosi  tagidan  0,9  km  uzunlikdagi  tonel  qazish  uchun  daryo  boshqa 

joydan o’tkazilgan. 

Misrda  Nil  daryosidan  sug’orish  kanali  o’tkazishda  harobot    nomli  6  m  li 

yog’och  nov  yordamida  nivelirlash  ishi  bajarilgan.  Harobot  suv  bilan  to’ldirilib, 

ikki uchiga shovun osilganki, bular harobot uchlarining yer yuzasidan balandligini 

ko’rsatgan.  Shu  asbob  yordamida  Nil  daryosidan  Suvaysh  kanaligacha  150  km 

masofa  nivelirlangan.  Bu  suv  niveliri  hozirgi  nivelirning  dastlabki  ko’rinishi 

deyish mumkin. 

Misrdagi  tengi  yo’q  mahobatli  ehromlar  (piramidalar  1-rasm),  saroy  va 

qasrlar  qurish  albatta  geodezik  ishlarsiz  bo’lmagan.  Qurish,  sug’orish  kanallari 

o’tkazish,  loyihani  joyiga  ko’chirish  va  turli  rejalash  ishlarini  geometrik  jihatdan 

yaxshi  amalga  oshirishda  geodezik  ishlar  bajarilganki,  bu  hol  geodeziyaning  ham 

rivojlanishiga yo’l ochgan. Misr, Bobil-Osuriya, Hindiston va Xitoy yerlarida ham 

bo’lganki, bunga yetti mo’jiza va ularning qoldiqlari guvohdir. 

                                                 

2

 www.ziyonet.uz 



3

 

X.M.Muborakov,S.Ahmedov «Geodeziya va kartografiya», Toshkent,  «O’zbekiston», 2002y. 6- b 



 


21 

 

 



1.2.1-rasm.Misr ehromlari.

 

Kundalik hayot taqozosiga javob tariqasida bajarilgan amaliy geodezik ishlar 



bilan birga yer shakli va uning kattaligi (o’lchami) haqida ham yangi ilmiy fikrlar 

tug’ildi. Tabiatdagi kundalik hodislarni sinchiklab kuzatish  va  tafakkur qilish  yer 

shar  shaklida  degan  fikrni  uyg’otdi.  Dastlab  yerni  shar  shaklida  degan  olim  

miloddan VII-VI asr ilgari yashagan Anihsimandr (610-546) yoki Fales (639-548) 

edi.Lekin  bu  fikrga  e'tiroz  bildirib,  “bu  fikr  janubiy  Italiya  va  Sitsiliya  orollarida 

yashovchi greklarga mansub” deguvchilar ham bor.[6] 

Yunonistonlik  olim  Eratosfen  miloddan  230  yil  ilgari  yer  sharining 

o‘lchamlarini  aniqlagan  va  geodeziyadan  maxsus  kitob  yozib, meridianlar  va 

parallellar    ko‘rsatilgan  karta  tuzgan.Yer  shari  kattaligini  aniqlashning  geometrik 

(geodezik)  metodi  gradus  o’lchashlar  deb  yuritiladi.Yer  shar  shaklida  deb 

olinganda, gradus o’lchash-bir meridian joylashgan ikki nuqta (1.2.2-rasmda A va 

B)  orasidagi  masofa  (D)  ni  geoodezik  usulda  va  bu  nuqtalar  orasidagi  markaziy 

burchak  (∆ϕ

1

)  ni  astronomik  usulda  o’lchab,  meridianning  1°  yoyi  uzunligini 



aniqlashdan iborat.Yer meridianini 1° yoyi uzunligi  

D

S



                                                      (1) 

ga  teng.Meridianning  1°yoyi  uzunligi  (S)  ma’lum  bo’lsa,  Yer  shari  radiusi 

quyidagiga teng bo’ladi.

4

 

360



2

R

S



g

                                                  (2) 



     Erotosfen  yer  o’lchamini  aniqlash  uchun  quyidagicha  ish  tutgan.  U 

Iskandariya (kengligi 31

0

) bilan Sienya



5

 (kengligi 24

0

) shaharlarini bir meridianda 



yotadi  deb,  shaharlar  orasidagi  masofani  (S)  karvonlar  yurish  muddati  5000 

stadiyaga teng deb oladi. Sienyada (A) yozgi qiyom vaqtida quyosh nuri hS (1.2.2-

                                                 

4

 Qo’ziboyev T. “Geodeziya” 



 

O`zbekiston, 1975- yil.10-b 

5

 Hozirgi Asvon shahri 




22 

 

rasm)  quduq  tagigacha  tushishini  va  vertikal  turgan  tayoq  (gnomon)  ning  soyasi 



bo’lmasligini  aniqladi.  Bu  hol  quyosh  (Q)  zenitda  (tikka  tepada)  bo’lib,  zenit 

oralig’i  0

ga  teng  ekanini  ko’rsatadi.  Xuddi  shunday  vaqtda  Iskandariyada  (I



quyosh  zenitdan  uzoqlashishi  sababli  gnomon  soyasi  Iv  quyosh  soati  kosasi 

gardishining (aylanasining) 50 dan biriga teng (7

0

, 12


0

) yoy hosil qilishini aniqladi. 

Keyin  5000  ni  50  ga  ko’paytirib,  yer  aylanasining  uzunligini  250 000  stadiyaga 

teng chiqardi.  

 

1.2.2-rasm.Yer radiusini aniqlash. 

Gradus o‘lchash metodi ikki qismdan: 

1.  Meridianda  joylashgan  2  nuqtani  oralig‘idagi  masofani  geodezik  usulda 

o‘lchash. 

2.  Shu  nuqtalarni  geografik  kengligini  o‘lchash  natijasida  2  nuqta  orasidagi 

joyni grafik nuqtasini o‘lchashdan iborat.

6

 

Miloddan  avval  o’tgan  Pifagor,  Arastu,  Arximed,  Eratosfen  kabi  buyuk 



olimlar Yer dumaloq va shar shaklida degan fikrni aytganlar.  

Yer  o’lchamini  aniqlashda  Evdoks,    Dikearx  (326-266)  yoki  Aristarx 

(miloddan IV-III asrlar ilgari) Asvon va Dardanelldagi Lisimaxiya nomli joyni bir 

meridianda  yotadi  deb,  bu  shaharlardan  ma'lum  yulduzga  qarab  zenit  masofani 

o’lchaganlar.  Zenit  masofasining  farqi  meridian  aylanasining  o’n  beshdan  biriga 

teng  deb  olganlar.  Shu  vaqt  yer  aylanasining  uzunligi  S  kuzatish  o’tkazilgan 

shaharlar orasidagi masofa S dan 15 marta katta bo’ladi, ya'ni S=15S. Ikki shahar 

oralig’ini 20000 stadiya

7

 deb  olib,  yer  aylanasi uzunligini 300 000 stadiya (52800 



km)  yer  radiusini  esa  R=8400  km  chiqarganlar.  Buni  dastlabki  gradus  o’lchash 

usuli  desak  bo’ladi.  Yerni  shar  deb,  uning  o’lchamini  nazariy  to’g’ri  aniqlagan 

olim Iskandariyalik Erotosfen (276-194) bo’lgan. 

                                                 

6

 

X.M.Muborakov,S.Ahmedov «Geodeziya va kartografiya», Toshkent,  «O’zbekiston», 2002y. 4- b 



7

 Bir stadiya 172 m 




23 

 

Eratosfen  yer    aylana  uzunligi  43000  km,  radiusi  6844  km,  bir  gradus 



meridian  yoyi  uzunligi  119,4  km  bo’ladi  deb  hisoblagan.  Erotosfen  bu  ishi  bilan 

yer o’lchamlarini aniqlashda hozirga qadar qo’llaniladigan “Gradus o’lchash usuli” 

ga asos solgan deb hisoblanadi va bu usul uning nomi bilan yuritiladi. 

Eratosfendan  so’ng  Misr,  Xitoy  va  Gretsiya  olimlaridan  bir  qanchasi 

Eratosfen o’lchagan usul bilan yerning kattaligini aniqlaganlar.[1] 

Shu  narsa  aniqki,  miloddan  7-6  asr  ilgari  hozirgi  Iroq  janubida  yashagan 

xoldeylar  yerni  shar  deb  faraz  qildilar  va  uning  radiusi  R  uzunligini  o’lchab, 

6310,50  km chiqardilar, lekin buni qanday chiqarganliklari haqida ma'lumot yo’q. 




Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling