Geodeziya, kartografiya, geografiya


    II BOB. GEODEZIYA FANINING VAZIFASI VA BO’LIMLARI


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/29
Sana06.11.2021
Hajmi0.92 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
 


35 

 

II BOB. GEODEZIYA FANINING VAZIFASI VA BO’LIMLARI 



 

2.1. Geodeziyaning ilmiy va amaliy vazifasi 

     Geodeziya  -  yerning  shakli  va  kattaligini  o‘rganishda,  yer  yuzidagi 

nuqtalarning  bir-biriga  nisbatan  o‘rnini  aniqlashda,  yer  yuzini    karta  va  planlarini 

tuzishda  hamda  injenerlik  inshootlarini  barpo  etishda  bajariladigan  o‘lchashlar 

nazariyasi va amaliyoti haqidagi fandir.  

Geodeziyaning asosiy vazifasi: 

Erning shakli va kattaligini, hamda gravitatsion maydonini aniqlash. 

Geodeziyaning ilmiy vazifasi:  

1. Er yuzasining gorizontal va vertikal harakati, qit’alar siljishi, okean, dengiz 

suv satxining bir-biridan farqi, "Yer qutbini" o‘zgarishini aniqlash; 

2. Quyosh sistemasidagi planetalarning karta va planlarini tuzish; 

3. Quyosh sistemasidagi planetalarni shakli va kattaligini aniqlash; 

4.  Yer  va  Quyosh  sistemasini  boshqa  sistemalardagi  nuqtalarini  yagona 

koordinatalarini aniqlash; 

5. Tabiiy resurslarni o‘zlashtirishda geodezik ishlarni bajarish; 

6. Mamlakat mudofaa qobiliyatini oshirishda geodezik ishlarni bajarish. 

Geodezik  ishlarda  -  asosan  geodezik  o‘lchashlar  amalga  oshiriladi.  Bunda 

xilma-xil  geodezik  asboblar  ishlatiladi.Umuman,  o‘lchash  ishlarini  tashkil  qilish, 

o‘lchashlarda  ishlatiladigan  asboblarni  o‘rganish  va  ular  bilan  ishlash 

geodeziyaning vazifasiga kiradi.

19

 

Har qanday bino, uy va yo’l qurilishining samaradorligi qurilish narxi asosan 



geodezik  ishlarning  qanchalik  aniq  bajarilganligiga  bog’liq.Geodezik  o’lchash 

ishlari,  topografik  kartalar  va  aerofotosyomka  materiallari  mamlakatimiz  mudofa 

qobiliyatini oshirishda juda muhim ahamiyatga ega.     

 

2.2.1-rasm.Nivelirlash 




Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling