Geodeziya, kartografiya, geografiya


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/29
Sana06.11.2021
Hajmi0.92 Mb.
#171369
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Kurs loyihasi uchun uslubiy qo`llanma
Kompyuter tarmoqlari, Bobur bukleti, Аmaliy, Аmaliy, amaliy ish metrologiya NAMUNA, DDL va DMLning solishtirma taxlili, 1, Dasturlash tillarida kompyuter rasmini chizish (Автосохраненный), 1-topshiriq, 1-topshiriq, 1-topshiriq, 1-topshiriq, 1-topshiriq Jumaniyozova M, 1-topshiriq Jumaniyozova M
 


44 

 

Xulosa 

     Geodeziya  fani  xalq  manfaatini  ko‘zlab,  xalq  xo‘jaligini  rivojlantirish  va 

mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini oshirish uchun xizmat qilmoqda. 

Geodeziyaning  asosiy  vazifai  yerning  shakli  va  kattaligi  haqidagi 

ma’lumotlarni  aniq  hisoblab  topishdir.  Bu  ma’lumot  Yerning  Sun’iy  Yo‘ldosh 

(YSY)larini  uchirish,  televideniya,  geologiya,  radio,  geografiya,  geofizika  uchun 

ham  zarurdir. 

Yer  yuzasini  o‘rganish,  o‘zlashtirish  hamda  yer  yuzasini  injenerlik 

inshootlarini  barpo  qilish  bilan  shug‘ullanadigan  barcha  mutaxassislar  uchun 

topografik  karta  ko‘z  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Buning  uchun  undan  foydalanishni 

yaxshi bilish kerak. 

Geodezik  ishlar  sanoat  va  uy-joy    qurilishi,  yo‘l  qurilishida  ham  muhim 

ahamiyatga  ega.  Yangi  shahar  va  qishloqlarni  bunyod  etish,  aholi  yashaydigan 

hududlarini  planlashtirish  kabi  muhim  ishlarni  geodezik  ishlarsiz  va  topografik 

kartalarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. 

Geodeziya juda ko‘p muhim masalalar  xal qilishda qo‘llaniladi. Plan, karta, 

profillar,  suv  yig‘iladigan  maydonlar  chegaralarini  aniqlash,  ularning  yuzalarini 

hisoblash,  suv  omborlari,  to‘g‘on  quriladigan  joylar  o‘rnini  belgilash  jismlar 

hajmini  hisoblash,  sug‘orish  va  zah  qochirish  bilan  bog‘lik  gidrotexnika 

inshootlarini  loyihalash, qurish va ishlatish uchun nihoyatda zarurdir. 

Sanoat  inshootlarni  (zavodlar,  fabrikalar,  elektrostansiyalar  va  h.k.)  temir  va 

avtomobil  yo‘llarni,  shahar  va  qishloq  aholi  punktlarni,    aerodomlarni,  er  osti 

inshootlar  (metropoliten,  shaxta,  quvur  yo‘llarni)  loyihalash  va  qurish  uchun  

muhim    masalalarni  hal  qilishda  geodeziya  fanini  ahamiyati  juda  kattadir. 

Geodezik o‘lchamlar suv omborlari va kanallarini  loyihalash hajmlarini aniqlash,  

to‘g‘onlarning    cho‘kishi  va  siljishi  jarayonini  baholash  kabi  masalalarni  hal 

qilishda ham qo‘llaniladi. 

Geodeziya  fani  yerni  bo‘lish,    uni  hisobga  olish,    ona  zaminni  muhofaza 

qilish, yerdan unumli foydalanish, yer kadastrini o‘tkazish, tuproq, geobatonika va 

boshqa qidiruv ishlarini olib borishda keng qo‘llaniladi. 

Topografik  karta  va  plan  territoriyani  o’rganish,  o’zlashtirish  bilan  bog’lik 

barcha ilmiy tekshirish va xo’jalik ishlarida muhim o’rin tutadi. 

Yangi  shaxar  va  qishloqlarni  barpo  etish,  aholi  yashaydigan  punktlarni 

planlashtirish,ularni  obodonlashtirish  va  qayta  qurish  loyihalarini  tuzish  kabi 

muhim  masalalarni  geodezik  ishlarsiz  va  topografik  kartalarsiz  amalga  oshirib 

bo’lmasligi turgan gap. 

Umuman,  geodeziya  mamlakatimiz  xalq  xo’jaligining  barcha  tarmoklarini 

rivojlantirishda muhim axamiyatga ega. 

Geodeziyaning  rivojlanishida  yurtimizdan  yetishib  chiqqan  olimlarning  ham 




45 

 

hissasi  kattadir.Mustaqillik  yillarida  milliy  tariximiz,  an'analarimizni  tiklash, 



ajdodlarimizdan  bizgacha  yetib  kelgan  ma'naviy-ma'rifiy,  madaniy  meroslarni 

avlodlarimizga  bekami-ko’st  yetkazib  berish  kabi  muhim  vazifalar  o’z  ahamiyati 

jihatidan  dolzarb  bo’lib  qoldi.  Ayniqsa,  insoniyat  taraqqiyoti,  ilm-fani  va  shaxs 

barkamolligiga muhim hissa qo’shgan buyuk daholar, allomalarning  ilmiy, ijodiy 

va badiiy merosini  o’rganishga alohida  ehtiyoj  yuzaga keldi. Ana shular qatorida 

buyuk qomusiy aql egalari Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg’oniy, al-Xorazmiy  

ham muhim o’rin tutadi. 

“Shu  o’rinda  ta'kidlash  joizki,  -  deb  yozadi  I.A.  Karimov,  Beruniy  ilmiy 

masalalarda  ham  tarixiy  voqea-hodisalarga,  o’z  zamondoshlariga  baho  berishda 

ham o’ta xolislik va haqqoniylik bilan fikr yuritgan. Shu bois ham u hayotda ko’p 

aziyatlar  chekkan,  hatto  umrining  oxirida  turmush  qiyinchiliklariga  duchor 

bo’lgan,  ammo  har  qanday  og’ir  sharoitlarga  qaramasdan  e'tiqodidan  qaytmagani 

uning o’z ma'naviy ideallariga naqadar sodiq bo’lganligidan dalolat beradi”

24

 




Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling