Geografiya fan-texnika inqilobi ta’sirida jadal rivojlanmoqda


Download 22.62 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi22.62 Kb.
#213320
Bog'liq
Hayitov Abror (1)


Geografiya fan-texnika inqilobi ta’sirida jadal rivojlanmoqda. Bu bosqichda geografiya fanining rivojlanishidagi asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat: geografik tadqiqotlarda modellashtirish va tajriba usullari, geografik axborot tizimlari, kompyuter texnologiyalari, kosmik usullar keng qo‘llanilmoqda. Kosmik usullar yordamida aylanasimon tuzilmalar, atmosfera harakatlari, okean suvi aylanma harakati va chuqurdagi suvlarning ko‘tarilish jarayonlari aniqlandi. Insonning tabiatga ta’siri kuchayib, hatto geografik qobiq doirasidan tashqariga chiqib ketdi.
- zamonaviy geografiyada fanlarning o‘zviy bog‘liqligi, ularni o‘rganish bilan bog‘liq masalalar, geografiya ta’limidagi muammolar va ularni hal etish strategiyalarini; geografiya fanlarining umumiy bog‘lanishi va ularni tasniflash masalalarini; geografik qobiq va uning zamonaviy talqinini; geografiya va antropogen landshaftshunoslikning mazmuni, mohiyatini; o‘zgaruvchan sharoitida tabiatdagi hodisa va jarayonlarning tabiiy geografik jihatlarini; iqtisodiy va ijtimoiy geografiyadagi muammolar, rayonlashtirish masalalarini; geografiyada terminalogiya muammolarini; geotoponimika asoslarini; geografik muhit va etnogeografiyaning mohiyatini; geografiyada kartografik yondoshuvni; geografik informatsion tizim texnologiyalarini; geografiya, geoekologiya va tabiatni muhofaza qilish masalalarini; geografik madaniyat va global muammolarni bilishi kerak;

-geografiya fanlarini tizimi bo‘yicha egallagan bilimlarini amaliyotda qo‘llash; geografiya fanlarining o‘zaro bog‘liqligi va ularning integratsiyasi bo‘yicha; antropogen landshaftshunoslik, geoekologiya, 6 etnogegrafiya, demografiya, toponimika fani nazariy muammolarini ilmiy talqin qilish; fan-texnika taraqqiyoti bilan yuzaga kelgan global muammolarni guruhlashtirish; talabalarda geografik madaniyatni shakllantirish bo‘yicha ko‘nikma va malakalargaega bo‘lishi zarur.

- geografiya fanlarining umumiy bog‘lanishi va ularni tasniflash; o‘zgaruvchan I. sharoitida tabiatdagi hodisa va jarayonlarning tabiiy geografik jihatlarini tahlil qilish; geografik terminlarning lug‘aviy ma’nosi hamda ularni talabalarga tushunarli tarzda yetkazib berish; zamonaviy geografiyaning asosiy masalalarini tahlil qilish kabi kompetensiyalarni egallashi lozim. Modulni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar “Geografiyaning taraqqiyot yo‘nalishlari va innovatsiyalari” kursi ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar shaklida olib boriladi. Kursni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi nazarda tutilgan: - ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalardan;

- o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlarda texnik vositalardan, ekspress-so‘rovlar, test so‘rovlari, aqliy hujum, guruhli fikrlash, kichik guruhlar bilan ishlash, kollokvium o‘tkazish, va boshqa interaktiv ta’lim usullarini qo‘llash nazarda tutiladi.

Shu munosabat bilan tadqiqotlar lokal (mahalliy) muammolar bilan bir paytda global muammolarga ham o‘z diqqatini qaratmoqda. Fanda tabaqalanish, ya’ni geografi k fanlar ichida yangi yo‘nalishlar paydo bo‘lmoqda. Masalan, landshaftshunoslikning ichida amaliy landshaftshunoslik, antropogen landshaftshunoslik kabi bo‘linishlar yuzaga

keldi. Shuningdek, turdosh fanlar bilan “oraliqda” yangi yo‘nalish va fan tarmoqlari paydo bo‘lmoqda. Masalan, geografi ya bilan tibbiyot oralig‘ida tibbiyot geografi yasi, geografi ya bilan tarix, fi lologiya oralig‘ ida joy nomlarini o‘rganuvchi toponimika fani vujudga keldi.



Jamiyat rivoji bilan uni o‘rganuvchi fanlarning tadqiqot ob’ekti ham murakkablashib va takomillashib boradi. Bu tabiiy va o‘z — o‘zicha qonuniy holdir. Jumladan, iqtisodiy geografiyaning ob’ekti avvallari ma’lum bir mamlakat yoki rayonning xo‘jalik va aholisi, ishlab chiqarish kuchlarining joylanishidan iborat bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik u xo‘jalik va axolining hududiy tarkibi yoki tizimi, xududiy ijtimoiy — iqtisodiy majmualor (komplekslar) shaklini oldi. Shunga muvofiq ushbu fanning vazifasi ham o‘zgarib bordi. Chunonchi, ilgari asosiy e’tibor qaerda nima borligini o‘rganishga qaratilgan bo‘lsa, hozirgi kunda esa nima uchun u yoki bu voqelik aynan shu joyda vujudga kelganligini ilmiy asosda izohlab va baholab berilishi talab qilinadi. Bunday qonuniyatlarni chuqur anglash fanning amaliy (konstruktiv) ahamiyatini yanada oshiradi. Chunki, u endi turli yiriklikdagi hududiy ijtimoiy — iqtisodiy tizimlarning tahlilidan ularning tashhisiga, undan esa bashorat va boshqarish darajasiga ko‘tarilmoqda.
Demak, jamiyat taraqqiyoti, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va joylanishidagi jarayonlar iqtisodiy geografiya ob’ektning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Shunga mos ravishda bu fanning tadqiqot predmeti va vazifalari ham takomillashib boradi. Ayni paytda bunday evolyusion jarayonlar fan nomini zamon talabiga muvofiqlashuviga olib keldi. Binobarin, an’anaiy iqtisodiy geografiya asta —sekin iqtisodiy va sotsial geografiyaga, u esa o‘z navbatida murakkabroq va mujassamroq shaklga — ijtimoiy geografiyaga aylanmoqda.
Aytish joizki, mazkur fanning muayyan bir barqaror, barchani qanoatlantiruvchi ta’rifi mavjud emas. Bunga cabab - geografiya fanning keng qamrovligi, ob’ekt va nomining davr mobaynida o‘zgarib turishi bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga iqtisodiy geografiya ta’riflarining ko‘pchiligida ishlab chiqarish kuchlari, ularning joylashish xususiyatlari ta’kidlanadi. Bular ushbu fanning o‘zak tushunchasiga, aksiomasiga aylanib qolgan. Albatta, bu bejiz emas, zero iqtisodiyotning asosini ishlab chiqarish kuchlari, iqtisodiy geografiyaning mohiyatini esa ularning joylashuv xususiyatlari belgilab beradi. Qolaversa, rivojlanish faqat aniq bir joyda, makonda amalga oshadi, shu bois joylanish rivojlanishining hududiy in’ikosidir.
Masalaga bunday yondashuv nazarimizda iqtisodiy geografiyaning tarixiy rivojlanishi bilan bog‘liq. Ma’lumki, ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirish muammolari dastavval Yevropada, xususan Germaniyada nemis olimlari I.Tyunen, A.Veber, A.Lyosh, V.Kristaller va boshqalar tomonidan amaliyotda ko‘rib chiqilgan. Biroq ular o‘zlarining joylashtirish (shtandort) g‘oyalarining natijasini "iqtisodiy geografiya" deb ta’riflashmagan. Aksincha, bu masalalar ko‘proq hududiy iqtisod yoki geoiqtisod doirasida, iqtisodiyot fanining bir qismi sifatida qaralgan.
Uylaymizki, hozirgi kunda ham fanning ta’rifida "ishlab chiqarish kuchlarining joylashuvi" iborasini qoldirish kerak, zero har qanday joylashtirish muayyan bir HUAUADa amalga oshiriladi. Ammo fanimizning bugungi predmeti uchun bu kifoya qilmaydi. Sabab u endi iqtisodiygina emas, balki iqtisodiy va sotsial — ijtimoiy geografiya maqomini olmoqda. Shu vajdan, bunday ta’rif fanning nomi bilan mazmuni, shakl va mohiyatini muvofiqlashtirolmaydi.
To‘g‘ri, "ishlab chiqarish kuchlari" eng avvalo uning sub’ekti, egasi — aholini ham o‘z ichiga oladi. Lekin bu yerda aholi asosan ish kuchi mazmunida, ya’ni iqtisodiy kategoriya laklida nazarda tutiladi. Inson, uning ijtimoiy hayoti, otsial munosabatlari esa bu ibora qamrovidan chetda xoladi. Busiz fan ilgarigidek iqtisodiy, ishlab chiqarish geografiyasi bo‘lib qolaveradi. Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda iqtisodiy va sotsial geografiya ta’rifini taxminan shunday berish mumkin: iqtisodiy va sotsial gegografiya mustaqil fan sifatida turli mamlakat va rayonlarda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish va joylanish xususiyatlari hamda inson hayot faoliyati va yashash tarzining hududiy jihatlarini o‘rganadi. Qisqacha qilyb esa ijtimoiy geografiyani jamiyat hayoti va faoliyatini hududiy tashkil etish to‘g‘risidagi fan deb ta’riflash to‘g‘ri bo‘ladi. Shubhasiz, keltirilgan ta’rif ham mutloq aniqlikka da’vogar emas. Ammo, shu bilan birga aminmizki, u iqtisodiy va ijtimoiy jabhalarni o‘z doirasiga olgan holda fanning tub mohiyatini o‘zida aks ettiradi va uni to‘la ifodalab beradi.
Berilgan ta’rifning ega va kesimi, aniqlovchisi va to‘ldiruvkisi, ya’ni birinchi va ikkinchi darajali qismlari mavjud. Chunonchi, agar ushbu ifodalardan gapning egasi "turli mamlakat yoki rayon", "hudud" tushunchalari olib tashlansa, u holda geografiyaga o‘rin qolmaydi. Demak, aynan ana shu iboralar ushbu ta’rifning geografiyaga taalluqliligidan dalolat beradi.
Huddi shunday, "xususiyat" (kesim) so‘zi ham geografiya uchun o‘ta muhimdir. Chunki, fanning asosiy, pirovard maqsadi ishlab chiqarish kuchlarining joylashuvi, inson hayot tarzining turli rayonlardagi o‘ziga xos va betakror xususiyatini ochib berishidan iboratdir (tarixda ham aynan shunday: jamiyat taraqqiyotidagi turli davrlvr xususiyati aniqlanmasa, ushbu fan o‘z mohiyatini yo‘qotadi). Zero, hamma joyda bor narsa geografiyada mutlaqo bo‘lmasligi kerak. Agar hamma joy bir rangda tekis, bir xil darajada bo‘lganda edi, geografiyaning ham, qolaversa jamiyat rivojlanishining ham o‘zi bo‘lmas edi.
Bizning ta’rifimiz qo‘pol bo‘lmasligi va kengayib ketmasligi uchun unga majmualar yoki komplekslar (tizimlar) g‘oyasi kiritilmadi. Aslida esa iqtisodiy va sotsial geografiya o‘zi o‘rganayotgan voqelikni muayyan hududda va faqat alohida — alohida emas, balki o‘zaro aloqadorlikda, ya’ni ma’lum bir hududiy tizimlar doirasida ko‘radi. TTTu bois yuqoridagi berilgan ta’rifni yanada mukammallashtirsa bo‘ladi, ya’ni: "iqtisodiy va sotsial geografiya ishlab chiqarish kuchlarini turli mamlakat yoki rayonlarda rivojlanish va joylanish xususiyatlari hamda inson faoliyati va yashash tarzini hududiy ijtimoiy — iqtisodiy tizimlar doirasida o‘rganadi", deb ifodalash mumkin.
Satrlar ostida iqtisodiy va sotsial geografiyani ijtimoiy geografiya deb atashga moyilligimiz sezilib turibdi. Bu, birinchidan, fanning o‘zini ichki rivojlanish qonuniyatlari, undagi differensiatsiya va integratsiya jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, ushbu fan nomini rivojlangan mamlakatlardagi shakliga muvofiqlashtirish bilan asoslanadi. Darvoqe, ko‘pgina xorijiy mamlakatlarda fanimiz aynan shunday: ijtimoiy, gumanitar yoki inson geografiyasi sifatida rasman qabul qilingan.
Bundan tashqari, yana bir masalaga e’tibor beraylik. Ma’lumki, geografiyaning bosh falsafiy masalasi tabiat bilan inson (jamiyat) o‘rtasidagi munosabat va aloqadorlikni o‘rganishdan iboratdir. Bu ikkilikning biri — tabiatni o‘rganuvchi fanlar turkumini "tabiiy geografiya" deb yuritilishi hech kimda shubha qoldirmaydi. Ammo uning ikkinchi bo‘lagi, ya’ni inson yoki jamiyat masalalarini tadqiq etuvchi fanni bir so‘z bilan qanday ifodalash mumkin? Aniqki, bu yerda "iqtisod" so‘zi hech to‘g‘ri kelmaydi va u tabiatga muqobil tura olmaydi. Iqtisod va hayot, iqtisod va siyosat bo‘lishi mumkin, biroq tabiat va iqtisod birligi, juftligi aslo mos emas. Binobarin, ana shu mantiqiy mulohaza nuqtai nazaridan ham notabiiy geografik fanlar majmuini inson, jamiyat geografiyasi yoki yanada to‘g‘rirog‘i ijtimoiy geografiya deb yuritishga asos bo‘lsa kerak.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, iqtisodyy va sotsial geografiyani ijtimoiy geografiya shaklida ifodalash faqat biz kiritgan yangilik emas, aslo. Hatto sobiq Ittifoqda ham ushbu tushuncha ko‘pchilik olimlar (Yu.G.Saushkin, V.M.Goxman, S.Ya.No‘mmo‘k, M.D.Sharigin va boshqalar) tomondan ancha yillar muqaddam ishlatilgan edi.
Download 22.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling