Geometrik shakllarni o’rganish


Download 21.27 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi21.27 Kb.
#240933
Bog'liq
Geometrik shakllar


@ustozlar_uchun Xalq ta’limi xodimlariga

Geometrik shakllarni o’rganish

Geometrik material to’rt yillik boshlang’ich maktabning birinchi sinfida mustaqil qilib bo’li ajratilmaydi. Ammo uning bayonida ma’lum mantiq kuzatiladi. Chunonchi, bolalarni ular uchun yangi bo’lgan geometric shakl, masalan, doira yoki uchburchak bilan tanishtirishda o’qituvchi u shakllarning modellarini ko’rsatib, “Bu–doira, bu esa –uchburchak” deydi. Shundan keyin u stol tekisligida (sirtida) doira qanday oson dumalashini, uchburchak esa dumalamasligini (burchak halal berishini) ko’rsatadi. So’ng amaliy mashg’ulotlar o’tkaziladi, bunday mashqlarni bajarishda bolalar yangi shakllar va ularning nomlari bilan ishlaydi.

Shakllarning modellari bilan kata ishlar amalga oshiriladi. Bu modellarni darslik ilovasidan qirqish mumkin.

O’quvchilarning faoliyatlari bilan bevosita bog’liq bo’lgan har xil amaliy mashqlarni bajarishda geometric materialni o’zlashtirish bo’yicha kata samaradorlikka erishiladi. Faoliyatning bu turlari programmada bunday konkretlashtirilgan: cho’plar bilan ishlash. Geometric shakllar tayyorlash, ularni chizish, qiyish va boshqalar.

Masalan, quyidagi har xil mashqlarni bajarishda sanoq cho’plaridan keng foydalaniladi:


  1. Shaklga diqqat bilan qara. U nechta cho’pdan tuzilgabibi sanab chiq. Huddi shunday shaklni stolda ustida tuz.

  2. Cho’plardan kvadrat va uchburchaklar tuz. (Savollar: “Kvadrat tuzish uchun qancha cho’p kerak bo’ldai? Uchurchak uchun–chi? Nega? Shakllarning tomonlarini, burchaklarini, uchlarinin kok’rsat”).

  3. Katta va kichik kvadrat tuz. (Savollar: “Katta kvadratning har bir tomoni nechta cho’pdan tuzilgan? Butun kvadrat nechta cho’pdan iborat? Nega kvadratning chap, o’ng, ustki va ostki tomonlari bir xil miqdordagi cho’plardan tuzilgan?”).

  4. 5 ta cho’pdan 2 ta uchburchak tuz.

  5. 7 ta cho’pdan 2 ta teng kvadrat tuz.

  6. 7 ta cho’pdan 3 ta uchburchak tuz.

  7. 9 ta cho’pdan 4 ta uchburchak tuz.

  8. 10 ta cho’pdan 3 ta kvadrat tuz.

  9. 5 ta cho’pdan 1ta kvadrat va 2 ta uchburchak tuz.

  10. 9 ta cho’pan 1 ta kvadrat va 4 uchburchak tuz.

  11. 10 ta cho’pdan 2 ta –kata va kichik kvadrat tuz (kichik kvadrat kata kvadrat ichida 2 ta cho’pdan tuziladi).

Bu masalalarni hal qilish uchun bir shaklni ikkinchi shaklga qo’shimcha qilib tuzish, qo’shish usullarini bilib olish kerak. Bunday topshiriq olganlaridan keyin bolalar 2 ta alohida uchburchak va kvadrat tuzishga harakat qiladilar. Bir qator natijasiz harakatlaran keyin bir uchurchakka , kvadratga boshqalarini qo’shimcha qilib tuzish kerakliginin tushunadilar. Buning uchun esa 2, 3 ta cho’p yetarli bo’lishini bilib oladilar.

1-sinfda bir shaklni boshqasiga aylantirishga (ko’pincha shakldagi kvadratlar sonini o’zlashtirishga) kata ahamiyat beriladi. Bu hollarda sanoq cho’plari bolalar uchun va jadvallarda tasvirlangan grafik masalalar o’qituvchi uchun material bo’lib xizmat qiladi.



Ish bunday o’tkaziladi. O’qituvchi bolalarga shakl tasvirlangan jadvalni ko’rsatadi. 1-rasm va cho’plardan shunday shakl tuzishni taklif qiladi. Shundan keyin bunday deydi: “Bu masala. Uni yechish uchun nima qilish kerakligini eshiting. Bitta yo’nalish poloska hosil bo’lish uchun nima qilish kerakligini o’ylab ko’ring, so’ngra cho’plarni oling”.

Masala yechib bo’lganidan keyin o’qituvchi bolalardan birini doska oldiga chiqaradi. U masalani qanday yechish kerakligini ko’rsatadi va gapirib beradi. Pedagog o’qituvchilarning To’g’ri javoblarini ma’qullaydi (Bu masalada bolalar ichkaridagi 4 ta cho’pni oli qo’yadilar).
Download 21.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling