Gepatit kasalligi to`g`risida
Download 3.62 Kb.
|
Gepatit kasalligi to`g`risida Gepatit so`zi lotincha bo`lib, “geper” jigar so`zidan olingan. Bu so`z jigar yallig`lanishini bildiradi. Xastalikni viruslar tarqatishi sababli virusli gepatit deb ataladi. Kasallik odamga ifloslangan suv, ovqat, o`yinchoq, idish, eshik ushlagichi, avtobusning tutqichi va boshqa vositalar orqali yuqadi. Gepatitning 7 turi mavjud. Gepatit A maishiy muloqot orqali tarqaydigan xastalik. Gepatit xastaligida holsizlik, tana haroratining ko`tarilishi, bosh og`rishi, bo`g`imlar og`rishi, tana yoki ko`zlarda sariq paydo bo`ladi. Shuning uchun xalq orasida bu kasallik sariq deb nomlanadi. Bemorlarni faqat shifoxonada davolashadi. Davolash muddati ikki haftadan bir oygacha. Sog`aygandan so`ng bolalar 6 oygacha og`ir narsalarni ko`tarishi, jismoniy tarbiya bilan shug`ullanishi mumkin emas. Bu muddatda ular maxsus parhezni saqlashi kerak. Yog`li, sho`r, qovurilgan ovqatlarni tanovul qilishlari mumkin emas. Gepatit kasalligi bilan og`rimaslikning 2 yo`li bor. Birinchisi, har doim tozalikka rioya qilish, doim qo`llarni toza tutish, ifloslangan qo`llarni sovun bilan yuvish, qaynatilmagan suvni ichmaslik, ruxsat etilmagan suv havzalarida cho`milmaslik. Ikkinchi yo`l bu kasallikka qarshi maxsus vaksina bilan emlash. Kasal bo`lib har kuni ukol olgandan ko`ra bir marotaba vaksina ukolini olgan afzalroq emasmi? Esingizda bo`lsin, sog`ligingiz o`z qo`lingizda. Download 3.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling