Germaniy. Qalay. Qo’rg’oshin Germaniy. Z=32


Download 27.86 Kb.
bet1/6
Sana11.11.2021
Hajmi27.86 Kb.
  1   2   3   4   5   6

Germaniy. Qalay. Qo’rg’oshin

Germaniy.Z=32 elektron konfiguratsiyasi: KLM 4s2 4p2. Tabiiy germaniy tarkibidagi barqaror izotoplari 70Ge 20,55%, 72Ge 27,35%, 73Ge 7,78 %, 74Ge 36,50 %, 76Ge 7,86 % ni tashkil qiladi. Germaniyning juda ko’p sun’iy izotoplari olingan. Germaniy mavjudligini va uning xossalarini dastlab 1871 yili D.I.Mendeleev oldindan aytib berdi. Uni “Ekasilisiy” deb atadi va davriy sistemada bu element uchun joy qoldirdi. 1885 yil Germaniyalik olim K. Vinkler argirodit nomli mineralni analiz qilganida 100% bo’lishi uchun 6,96% etmadi. Shunga asoslanib u argirodit tarkibida noma’lum yangi element bor deb faraz qildi. Bu bilan uning barcha xossalari Mendeleev tavsiflangan “Ekasilisiy” nikiga o’xshashligini ko’rsatdi. Vinkler bu yangi elementni 1886 yilda Germaniy deb atadi.

Olinishi: GeCl4 ni gidrolizlab GeO2 hosil qilinadi, keyin quritiladi va vodorod bilan qaytariladi:



650-700c

GeO2 + 2H → Ge + 2 H2O

Germaniy kontsentrati HCl bilan oksidlanuvchi ishtirokida parchalanganda ham hosil bo’ladi.

Germaniy tarqoq element. Uning asosiy minerallari: argirodit 4Ag2S*GeS2, germanit Cu3(Fe,Ge)S4 da 10 % ga qadar germaniy bo’ladi.

Erkin germaniy kulrang tusli metall, unda metall xossalari kuchsiz ifodalangan: mo’rt, uni mexanik ishlash qiyin. Germaniy tipik yarim o’tkazgichlar toifasiga kiradi. U odatdagi haroratda havoda barqaror, cho’g’ holatigacha qizdirilganida oksidlanib GeO ga o’tadi. Germaniyga suyultirilgan xlorid va sulfat kislota ta’sir etmaydi. Nitrat kislota esa germaniyni GeO2*2H2O ga qadar oksidlaydi. Germaniy o’z birikmalarida +2 va +4 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.

Germaniy oksid ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib, gidroksogermanat hosil bo’ladi:

GeO2 +2KOH +2H2O → K2[Ge(OH)6]

Germaniy vodorod bilan birikib bir necha gidridlarni hosil qiladi. Masalan, GeH4, Ge2H6, Ge3H8. Ular kremniy gidridlaridan ham beqaror. GeH4 ni monogerman deb ataladi, u rangsiz gaz.

Germaniy 250 0C gacha qizdirilganda galogenlar bilan birikib tetragalogenidlar hosil qiladi. Masalan, GeF4-rangsiz gaz, GeCl4-rangsiz suyuqlik, GeBr4- rangsiz suyuqlik, GeI4- sariq tusli qattiq modda.

GeCl2 +2NaOH = Ge(OH)2 + 2NaCl

Germaniy gidroksidi Ge(OH)4 kislota xossasini kuchliroq namoyon etgan amfoter xossasiga ega.H2GeO3 metagermanat kislota. Uning tuzlari germanatlar deb ataladi. (Me2GeO3).


Download 27.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling