Gidramorf tuproqlar, xossalari va xususiyatlari
Download 49.8 Kb.
|
gidramorf tuproqlar(1)
Gidramorf tuproqlar, xossalari va xususiyatlari
Gidromorf tuproqlar jumlasiga sizot suvlari yaqin (0,5-3,0 m ) bo'lgan sharoitda, doimiy kapillyar namlik ta'sirida hosil bo'ladigan o'tloq, botqoq, botqoq-o'tloq tuproqlar vа sho'rxoklar kiradi.
Gidromorf tuproqlar cho'l уа bo'z tuproqlar zonalarida tarqalgan bo'lib, daryolaming quyi oqimlari, relyef depressiyalari (cho'kmaalari)da - ko'l atrofi, daryo vа ko'lIarning qurib qolgan pastliklari vа tog' oldi qiya tekisliklari hamda tog'oldi yoyilmalarida katta maydonlami egallaydi.
O'tloq jarayon tuproq vа gruntlarning xarakteriga, birinchi navbatda ularning kapillyarlik xossalariga bog'liq bo'lib, sizot suvi 1-2.5 m chuqurlikda bo'lganda yuzaga keladi. O'tloq jarayonning yuzaga kelishi uchun tuproqning kapillyarlar orqali namlanishi doimiy bo'lishi shart emas. Bahorda vа yozda kuchli namlanishning bo'lishi o'tloq o'simliklarning riyojlanishiga sharoit tug'diradi, natijada o'tloq tuproqlaming rivojlanishi uchun sharoit vujudga keladi. Avtomorf tuproqlardagiga nisbatan o'tloq tuproqlarda o'simliklar qoldig'i anchа ko'p to'planadi.
Download 49.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling