Gidravlika va gidromashinalar


Download 1.06 Mb.
bet3/22
Sana31.10.2019
Hajmi1.06 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22

Динамическое давлениеdinamik bosim; suyuqlik zarrachalarining faqatgina kinetik

energiyasidan paydo bo’luvchi bosim, suyuqlik zarrachasining ilgarilanma harakati



kinetik energiyasining hajmiy zichligi:
Диффузияdiffuziya; issiqlik harakati natijasida idishdagi ikki aralashuvchan suyuqliklar

molekulalarining ajralish sirti orqali asta sekin biridan ikkinchisiga o’tishi hodisasi

(natijada suyuqliklar o’zaro aralashishadi). Bu hodisa boshqa agregan holatidagi

moddalarda ham sodir bo’ladi.


Диффузорdiffuzor; ko’ndalang kesimi oqim bo’yicha kengayib boruvchi quvur.
Длина смоченного периметраhollangan perimetr uzunligi; oqim kesimida suyuqlik

bilan qattiq devorning o’zaro tutahsgan joyi uzunligi.


Единичный расходbirlik sarf; o’zan kengligi birligidagi sarf: q = Q/b,

bu yerda b – o’zan kengligi.


Живое сечениеjonli kesim (oqimning komdalang kesimi); bu quvur yoki kanalning

ko’ndalang kesimi, bu yerda kesim sirti oqim chiziqlariga doimo normal

yo’nalishda bo’ladi.
Жидкостьsuyuqlik; moddaning agregat holatlaridan biri bo’lib, xoxlagancha kichik kuch

ta’sirida o’z shaklini o’zgartirish xususiyatiga ega uzluksiz muhit (fizik jism), ya’ni

oquvchanlik xossasiga ega va o’z shakliga ega bo’lmagan ixtiyoriy muhit.

Izoh: gaz «siqiluvchan suyuqlik» (havo, kislorod, azot, propan va hokazo) deb atalgan

holda suyuqlikni gazdan ajratish maqsadida «tomchili suyuqlik» (suv, neft, kerosin,

yog’ va hokazo) atamasi ishlatiladi. Tomchili suyuqliklar (sodda qilib, suyuqliklar)

va gazsimon suyuqliklar (gazlar) bir biridan siqiluvchanlik (hajmini o’zgartiruvchan

lik) xususiyati bilan ajralib turadi.
Жидкость идеальная – ideal suyuqlik; yopishqoqligi (ichki ishqalanishi) yo’q va harorat

o’zgarganda hajmi sira o’zgarmaydi deb faraz qilingan (ideallashtirilgan) suyuqlik.


Жидкость капельная – tomchilanuvchi suyuqlik; uning qattiq jismdan farqi–oquvchanligi,

gazlardan farqi –harorat o’zgarganda hajmining o’zgarmasligidir.


Жидкость однороднаяbir jinsli suyuqlik; berilgan vaqtda ma’lum hajmda fizikaviy va

mexanikaviy xossalari o’zgarmas suyuqlik.


Закон изменения количества движения–harakat miqdori ogarishi qonuni; individual

hajm harakat miqdorining o’zgarish tezligi unga ta’sir etayotgan tashqi kuchlar

yig’indisiga teng.
Закон архимедаArximed qonuni; siqib chiqaruvchi kuch (Arximed kuchi) hajmi

suyuqlikka botirilgan jism bo‘lagi hajmiga mos keluvchi suyuqlik og‘irligiga teng.


Закон изменения момента количества движения–harakat miqdori momenti

o’garishi qonuni; individual hajm harakat miqdori momentining o’zgarish tezligi

unga ta’sir etayotgan tashqi kuchlar momentlarining yig’indisiga teng.


Закон паскаляPaskal qonuni; yopiq idishdagi suyuqlikka qo‘yilgan tashqi bosim shu

suyuqlikning barcha ichki nuqtalariga o‘zgarishsiz uzatiladi.


Закон сохранения массыmassaning saqlanish qonuni; individual hajmning massasi

ozgarmaydi, ya’ni massaning vaqt bo’yicha o’zgarishi nolga teng.


Закон сохранения энергии (первый закон термодинамики) – energiyaning saqlanish

qonuni; individual hajm to’la energiyasi ning o’zgarish tezligi vaqt birligi ichida

unga tashqaridan kelayotgan energiya oqimiga (tashqi kuchlar, issiqlik va boshqalar ishi

shaklida) teng.
Закон сохранения энтропии (второй закон термодинамики)–entropiyaning saqlanish

qonuni; individual hajm entropiyasi ning o’zgarish tezligi vaqt birligi ichida unga

tashqaridan kelayotgan entropiya oqimi va hajm ichida ishlab chiqilgan entropiya


yig’indisiga teng (faqat qaytarilmaydigan jarayonlar uchun).
Идеальная жидкостьideal suyuqlik; harakati davomida faqat normal kuchlanish

paydo bo’ladigan suyuqlik, boshqacha aytganda, qovushoqligi e’tiborga olinmagan

(ichki urinma kuchlanishlari nolga teng) real suyuqlik modeli.
Кавитация – kavitatsiya; oqimning gidrodinamik bosim kritik qiymatigacha pasaygan

joylarida oqishning tutashligi buzilib, ajralib chiqqan eritmalar ichida suyuqlik bug’i

yoki gaz bo’lgan pufakchalar bilan to’ldirilgan sohalar paydo bo’ladigan va ularning

bosim ortganda yorilishi hodisasi.



Izoh: 1. Kavitatsiyaning boshlang’ich holatini bosim pasayganda suyuqlikning qaynash hodisasi

deyish mumkin.

2. Bosimning keyingi pasayishlarida mayda pufakchalar bi rlashadi va katta

bo’shliqlar – suyuqlikdan ajralib chiqqan gazlar va suyuqlik pufakchalari bilan

to’ldirilgan kavernalar hosil bo’ladi.
Капельная жидкостьtomchili suyuqlik; qaralayotgan jarayon shartlarida siqiluvchanligini

e’tiborga olmaslik mumkin bo’lgan suyuqlik.


Капиллярностьkapillyarlik; juda tor idishlar ichidagi suyuqliklarda sodir bo’ladigan

Sirt hodisalari (yoki sirt tarangligi bilan bog’liq bo’lib, xususan tor kanallarda

yoki tomchi hosil bo’lganda namoyon bo’ladigan suyuqlik xossasi).
Касательное напряжениеurinma kuchlanish yoki urinma zoriqish; kuchlanish

vektorining qaralayotgan nuqtada aniq oriyentirlangan elementar yuzaga urinma



tekislikdagi proyeksiyasi: Izoh: agar yuza Х1 o’q boyicha normalga

oriyentirlangan bo’lsa, u holda Х2 va X3 yo’nalishlardagi urinma kuchlanishlar



kabi belgilanadi, miqdor esa

«to’la urinma kuchlanish» deb ataladi.


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling