Gidrolizlangan pan asosida kompozit materiallar olish va xossalarini tadqiq etish


Download 19.97 Kb.
Sana10.09.2022
Hajmi19.97 Kb.
#803798
Bog'liq
тақриз (1)
calculus 3, Мозаика, 1-amaliy mashgulot 3b7a9a4202af51938c2919782ce92910, 1-amaliy mashgulot 3b7a9a4202af51938c2919782ce92910, 1-amaliy mashgulot 3b7a9a4202af51938c2919782ce92910, 1-amaliy mashgulot 3b7a9a4202af51938c2919782ce92910, МАСКА, HARFLAR GEOGRAFIYA FAN OYLIGI — копия, HARFLAR GEOGRAFIYA FAN OYLIGI — копия, Тест нотиклик санъати якуний наз, ИШ, Инглиз тили МУСТАҚИЛ ИШ -9 (1), Инглиз тили МУСТАҚИЛ ИШ -9 (1), aqli zaif bolalarni turlari, 1-amaliy topshiriq (1)

5140500-кимё йўналиши талабаси Shukurov Orzuddin Ravshanxonovichнинг “Gidrolizlangan PAN asosida kompozit materiallar olish va xossalarini tadqiq etish” мавзусидаги битирув малакавий ишига
ТАҚРИЗ
Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. Oxirgi yillarda biologik ob’yektlar bilan muvofiqligi yuqori bo‘lgan, to’qimalar fiziologik va biokimyoviy xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatmaydigan biotibbiy kompozit materiallardan foydalanish jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda.
Mazkur bitiruv malakaviy ish gidrolizlangan poliakrilonitril (GIPAN) asosida biotibbiy materiallar olishga yo’naltirilgan. Bu kabi tadqiqotlar nisbatan kam o‘rganilgan bo‘lib, olingan materialning tarkibi, uning modifikatsiyalanish turi va boshqa omillarga bog‘liqligini tadqiq qilish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Tadqiqot ob’yekti va predmeti. Mazkur ishda tadqiqot ob’yekti sifatida qisman gidrolizlangan hamda modifikatsiyalangan poliakrilonitril, tadqiqotning predmeti esa ular asosida biotibbiy materiallar olish jarayonini tadqiq etish belgilangan.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Tadqiqotning maqsadi qisman gidrolizlangan hamda modifikatsiyalangan poliakrilonitril asosida gellar va membrana materiallari olish uchun optimal sharoit tanlash hisoblanadi. Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalar belgilab olinган: 1) Ba’zi noorganik kislota va ishqorlar yordamida PAA gelini hamda membarana materiallari olish sharoitlarini o‘rganish; 2) Olingan mahsulotlarni turli moddalar bilan kimyoviy modifikatsiyalash reaksiyalarini amalga oshirish; 3) Hosil qilingan gellar va membrana materiallarining fizik-kimyoviy xossalarini tadqiq etish.
Ilmiy yangiligi. Ushbu ishda qisman gidrolizlangan PAN asosida olingan mahsulotlar PVS, kraxmal hamda glitserin bilan kimyoviy modifikatsiyalash orqali gellar hamda membrana materiallari olinган. Tadqiqotlar natijasida biologik ob’yektlar bilan o’zaro muvofiq, tirik hujayralarga ta’sir ko’rsatmaydigan gellar hamda membrana materiallari olish imkoni mavjudligi ko’rsatilgan. Ushbu natijalar ham nazariy ham amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, farmatsevtika, tibbiyot va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida qo‘llanilishi mumkin.
Ish tuzilmasining tavsifi. BMI kirish, adabiyotlar sharhi, asosiy qism, xulosalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat 2 bobda rasmiylashtirilgan bo‘lib, 58 bet kompyuter matnida, 14 rasm, 3 ta jadvallar va 61 ta ilmiy ishlar ro‘yxatidan iborat.
Ишда қуйидаги камчиликлар учрайди: олинган композит материаллар фақат ИҚ-спектроскопик усулда ўрганилган, бошқа физик-кимёвий усуллар билан ҳам тадқиқ этилганда мақсадга мувофиқ бўлар эди. Келтирилган камчилик ишнинг юқори баҳосини пасайтирмайди. Юқоридагилардан келиб чиқиб, мазкур битирув малакавий ишни ҳимояга тавсия этаман, унинг муаллифи О.Шукуров бакалавр даражасига лойиқ, деб ҳисоблайман.


Тақризчи, Ноорганик кимё ва
материалшунослик кафедраси
доценти, к.ф.н. Т.С. Ўрозов


5140500-кимё йўналиши талабаси Shukurov Orzuddin Ravshanxonovichнинг “Gidrolizlangan PAN asosida kompozit materiallar olish va xossalarini tadqiq etish” мавзусидаги битирув малакавий ишига
илмий раҳбарнинг
МУЛОҲАЗАСИ

Mazkur bitiruv malakaviy ish gidrolizlangan poliakrilonitril (GIPAN) asosida biotibbiy materiallar olishga yo’naltirilgan. Bu kabi tadqiqotlar nisbatan kam o‘rganilgan bo‘lib, olingan materialning tarkibi, uning modifikatsiyalanish turi va boshqa omillarga bog‘liqligini tadqiq qilish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.


Tadqiqot ob’yekti va predmeti. Mazkur ishda tadqiqot ob’yekti sifatida qisman gidrolizlangan hamda modifikatsiyalangan poliakrilonitril, tadqiqotning predmeti esa ular asosida biotibbiy materiallar olish jarayonini tadqiq etish belgilangan.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Tadqiqotning maqsadi qisman gidrolizlangan hamda modifikatsiyalangan poliakrilonitril asosida gellar va membrana materiallari olish uchun optimal sharoit tanlash hisoblanadi. Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalar belgilab olinган: 1) Ba’zi noorganik kislota va ishqorlar yordamida PAA gelini hamda membarana materiallari olish sharoitlarini o‘rganish; 2) Olingan mahsulotlarni turli moddalar bilan kimyoviy modifikatsiyalash reaksiyalarini amalga oshirish; 3) Hosil qilingan gellar va membrana materiallarining fizik-kimyoviy xossalarini tadqiq etish.
Ilmiy yangiligi. Ushbu ishda qisman gidrolizlangan PAN asosida olingan mahsulotlar PVS, kraxmal hamda glitserin bilan kimyoviy modifikatsiyalash orqali gellar hamda membrana materiallari olinган. Tadqiqotlar natijasida biologik ob’yektlar bilan o’zaro muvofiq, tirik hujayralarga ta’sir ko’rsatmaydigan gellar hamda membrana materiallari olish imkoni mavjudligi ko’rsatilgan. Ushbu natijalar ham nazariy ham amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, farmatsevtika, tibbiyot va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida qo‘llanilishi mumkin.
Талаба Шукуров Орзуддин мазкур битирув малакавий ишни бажариш мобайнида ўзининг кимё фанига қизиқиши, илмий ишлаб билан шуғулланишда амалий кўникмаларга эга эканлиги, яхши экспериментатор бўлиб етишиши мумкинлигини амалда кўрсатди.
Юқоридагилардан келиб чиқиб, мазкур битирув малакавий ишни ҳимояга тавсия этаман, унинг муаллифи О.Шукуров бакалавр даражасига лойиқ, деб ҳисоблайман.
Илмий раҳбар фарм.ф.н., доц. О.Ш. Қодиров
Download 19.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling