Gippokrat (Hippokrates) (mil av. 460, Kos oroli 377, Fessaliya), Buqrot, Abuqrat yunon vrachi, ilmiy tibbiyot asoschilaridan biri. G


Download 13.1 Kb.
Sana14.10.2020
Hajmi13.1 Kb.

GIPPOKRAT (Hippokrates) (mil. av. 460, Kos oroli — 377, Fessaliya) , Buqrot, Abuqrat — yunon vrachi, ilmiy tibbiyot asoschilaridan biri. G. Yunonistonda mashhur boʻlgan shifokor gippokratlar sulolasining oʻn sakkizinchi avlodi. U tibbiyotga oid maʼlumotni otasi Geraklitlan olgan. Gippokrat asarlari Gʻarb va Sharq vrachlari qoʻlida moʻtabar qullanma boʻlib keldi. Gippokratga 75 ga yaqin asar nisbat beriladi. «Majmuayi Buqrotiya» («Buqrot toʻplami») nomi bilan mashhur boʻlgan bu asarlarning aksarisini Gippokrat vafotidan keyin oʻgʻillari va shogirdlari yozgan. Gippokrat asarlarini va ularga Galenbergan sharhlarni Hunayn ibn Isʼhoq (809877) suryoniy va arab tillariga tarjima qilgan. Ular Oʻrta va Yaqin Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. Gippokratning «Kitob al-Fusul» («Aforizmlar») kitobi juda mashhur. Unga koʻp olimlar sharq berishgan, shu sharhlardan biri Oʻzbekistan FA Sharqshunoslik in-tida 3139-raqami b-n saqlanmoqda. Gippokrat tibbiyotni kohinlar taʼsiridan qutqardi va uning mustaqil rivojlanish yoʻllarini taʼrifladi, vrach kasallikni emas, balki bemorni davolashi kerak, deb taʼlimberdi. Tashqi muhit omillari (iqlim, tuproq, suv, kishilarning hayot yoʻsini, mamlakat qonunlari va b.)ni odamga, unda jismoniy va ruhiy xususiyatlarning shakllanishiga taʼsiri jihatdan ajratdi. Gippokrat tibbiyot geografiyasiga asos soldi. Kasallik etiologiyasi (kasallik sababi) va uni aniqlash (diagnostika) masalalarini, davolash tizimini ishlab chiqdi. Shifokor xulq-atvorining qisqacha taʼrifi boʻlgan qasamyod («Gippokrat qasamyodi») matnini ham Gippokrat yozgan deyishadi. Gippokratni «tibbiyotning otasi», deb ataydilar.
Download 13.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling