Giyohvand, portlovchi moddalar va dori vositalari


Download 296.2 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.05.2020
Hajmi296.2 Kb.
#103175
Bog'liq
xrpt 3ys29ka9iifoglido6n7y4ii3703yrrpf0hdjhcsrh9zug3acg720e03a9tzpbfvbm1kv35da43


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

O‘RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIM MARKAZI

E.B. Berkinov, T.А.Babayev,

А.А. Sotiboldiyev, R.X.Utashyeva

GIYOHVAND, PORTLOVCHI 

MODDALAR VA DORI VOSITALARI

 

Аkademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma

«NOSHIR»


TOSHKENT

2012


Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limi o‘quv metodik birlashmalar 

faoliyatini muvofi qlashtiruvchi Kengash nashrga tavsiya etgan



M a ’ s u l   m u h a r r i r :

 D.X.Xayitboyeva  – АRM yetakchi mutaxassisi



Ta q r i z c h i l a r :

T. Soatov – biologiya fanlari doktori, professor, akademik, O‘z FА Biokimyo 

institutining laboratoriya mudiri.

E. Urinov – kimyo fanlari doktori, professor, ToshDАU  fi zika va kimyo 

kafedrasi professori.

T. Muhamedov – tibbiyot fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi SSV 

Respublika ixtisoslashgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, tashkiliy-

uslubiy bo‘lim  mudiri.

O. Eshonqulov – biologiya  fanlari doktori, professor, pediatriya meditsina  

instituti qoshidagi akademik litsey direktori.

N.Q. Pardayev – falsafa fanlari nomzodi, dotsent, Qibray tumani Baytqo‘rg‘on 

xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji direktori.

G.N. Ergasheva – Qibray tumani 19-son umumta’lim maktabi direktori, xalq 

ta’limi a’lochisi.   

ISBN


© «Noshir» nashriyoti, 2012.

UDK: 

KBK

UDK: 


KBK

          B

E.B. Berkinov

Giyohvand, portlovchi moddalar va dori vositalari. . E.B. Berkinov, 

T.А.Babayev, А.А. Sotiboldiyev, R.X.Utashyeva / Аkademik litsey va kasb-

hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma.  

Noshir, – 

T.: – 2012. – 152 b.

I. T.А.Babayev, А.А. Sotiboldiyev, R.X.Utashyeva

ISBN

Ushbu o‘quv qo‘llanma o‘smirlar orasida narkomaniya, toksikomaniya, chekish 



va ichishning oldini olishga bag‘ishlangan. Unga narkotik vositalar va psixotrop 

moddalarning inson organizmiga salbiy ta’siri, tamaki tutuni va spirtli ichimliklar 

iste’mol qilganda organizmda bo‘ladigan patalogik o‘zgarishlar haqida ma’lumot 

beriladi.



3

KIRISH

Kelajagi buyuk mustaqil yurtimiz uchun har tomonlama barkamol, 

vatanparvar, yuksak madaniyatli, ma’naviy qadriyatlarni e’zozlaydigan 

yetuk yoshlarni tarbiyalashimiz lozim. Ham jismonan, ham ma’naviy 

sog‘lom avlodning turmush tarzini yaratish davr taqozosidir. O‘zbekiston 

Respublikasi Prezidenti I.А.Karimovning «Buyuk maqsad yo‘lidan 

adashmaylik» nomli asarida, biz naslimizning kelajagi – sog‘lom avlod 

uchun kurash boshladik. Sog‘lom avlod deganda biz faqatgina jismonan 

baquvvat farzandlarimizni emas, balki ma’naviy boy avlodni ko‘zda 

tutganmiz. Chunki har tomonlama boy avlodga ega bo‘lgan xalqni hech 

qachon yengib bo‘lmaydi. «Buni hammamiz yaxshi anglab olmog‘imiz 

shart», deb uqtirgan edi. Darhaqiqat, sog‘lom avlodni shakllantirish 

masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, uni amalga oshirish 

esa, barcha mutasaddilarning bu borada jiddiy faoliyat olib borishlarini 

taqozo etadi. Mazkur o‘quv qo‘llanma, akademik litsey va kasb-hunar 

kollej o‘qituvchilari va o‘quvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, XXI asr 

muammosi bo‘lmish narkomanlik illatidan, o‘sib kelayotgan yosh 

avlodni asrab-avaylashda, ularning tibbiy savodxonligi va madaniyatini 

oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Barkamol avlodni tarbiyalash maqsadiga yo‘naltirilgan ushbu 

qo‘llanmada asosan bangilikning «narkomaniya», «toksiko 

maniya», 

«ichkilikbozlik - alkogolizm», «nikotinizm - chekishning zarari» hamda 

narkotik vositalar va psixotrop moddalarning inson organizmiga salbiy 

ta’sirlari va ularning tasnifi , umr zavoli ekanligi haqida kengroq ilmiy, 

asosli tushunchalar yoritib berilgan.

Zero, muhtaram Prezidentimiz I.А.Karimov ta’kidlaganidek, 

«Yoshlarga milliy vatanparvarlik ruhida ta’lim-tarbiya berish bugungi 

kunning jiddiy vazifalaridan hisoblanadi». Bu esa barcha bilim dargohlari 

hamda tashkilotlarning hamkorlikdagi faoliyati, kuch-qudrati, zakovati 

va yoshlarga sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini singdirish orqaligina 

amalga oshirish mumkin.



4

Maqsadimiz narkomaniya va toksikomaniyani davolash va oldini 

olishda ilm-fan, aql-idrok asosida «Sog‘lom, barkamol avlodni 

yetishtirish» hamda dunyoda va Vatanimizda «Tinchlikni saqlash»ga 

hissa qo‘shishdan iborat. Psixoaktiv moddalar (PАM) – alkogol, narkotik 

va toksik moddalarga ruju qo‘yish, surunkali ravishda ularga o‘rganib 

qolish, qator mamlakatlar aholisiga, ayniqsa yoshlar salomatligiga putur 

yetkazayotgan eng dahshatli muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. 

So‘nggi yillarda tibbiy ko‘rsatmalardan tashqari narko tik va toksik kayf 

qildiruvchi turli moddalarni qabul qilish ko‘rsatkichlari shiddat bilan 

o‘sib bormoqda. Eng xatarli tomoni shundaki, yoshlar orasida kuchli va 

og‘ir sintetik giyohvand moddalar – kokain va geroin kabilarga ehtiyoj 

kuchayib borayotganligi kuzatilmoqda.

Narkomanlik – odam organizmining qator tizimlarini buzilishlari 

bilan tasnifl anadi. Eng avvalo, modda almashinuvi jarayonida qo‘pol 

o‘zgarishlar ro‘y beradi. Narkotik moddalar inson bosh miyasiga maxsus 

ta’sir etib, unga o‘rganib qolishga olib keladi. Shu bilan birga, ular bosh 

miyaning, muhim ichki a’zolarning chuqur zararlanishiga sabab bo‘ladi. 

Shaxsning salbiy tomonga o‘zgarishi - xarakterning zaifl ashishi, xulq-

atvor buzilishi, ma’suliyatsizlik, loqaydlik, oilaviy munosabatlarning 

buzilishi, jinoyatga qo‘l urish, o‘g‘irlik sodir etish kabilar narkomanlar 

uchun xos holatlardir.

Narkotik modda qabul qilgan o‘smir qanchalik yosh bo‘lsa, uning 

shunchalik tez va og‘ir nogironlikka chalinishi yoki erta o‘lib ketishi 

ehtimoli shu qadar ko‘p bo‘ladi. Shuning o‘zi esa, davlatning salohiyatini 

pasaytiradigan omil hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, giyohvandlikning 

maxsus belgisi – sog‘ayish imkoniyatining mavjud emasligidir. Ushbu 

kasallik surunkali bo‘lib, kutilmagan har qanday vaqtda u qaytalanishi 

mumkin. Narkotik moddalarga ruju qo‘yish va moddalarni noqonuniy 

sotish ko‘pchilik mamlakatlarda fojiali miqyosni egalladi. Rasmiy 

axborotlardan ma’lum bo‘lishicha, yer yuzida har kuni narkomanlik 

oqibatida ko‘plab insonlar hayotdan ko‘z yumayaptilar, «oq ajal» 

domiga ko‘plab o‘smirlarning kirib qolayotganligi qayg‘uli holdir. 

Barchaga ma’lum bo‘lgan narkotik moddalaridan tashqari, so‘nggi yillar 

ichida sintetik narkotik va psixotrop moddalar iste’mol qilayotganlar 

soni ko‘payib bormoqda. Inson hayoti uchun o‘ta xavfl i  bo‘lgan 



5

amfi taminlar, gallyutsiogenlar, LSD (dietilamed lizergin kislota) va 

lizergin kislotasining boshqa hosilalari shular jumlasidandir.

Narkomaniya – giyohvandlik millionlab odamlarning yostig‘ini 

quritmoqda. Olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlariga qaramay, 

giyohvandlik butun yer yuzi bo‘ylab keng tarqalib bormoqda. Ushbu 

illatning mudhish oqibatlari, moddiy va ma’naviy zarari to‘g‘risida 

jahon ommaviy axborot vositalari orqali ko‘plab chiqishlar qilinmoqda. 

Bu borada qator mamlakatlarda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham 

bir nechta xalqaro anjumanlar o‘tkazildi, giyohvandlikka qarshi turli 

chora-tadbirlar belgilandi. Eng achinarlisi hazrati inson tomonidan og‘u 

yetishtirilishi oqibatida yosh avlod uning qurboni bo‘layotganidir. Ofat 

domiga tushib qolayotganlar orasida maktab o‘quvchilari, talabalar, hatto 

ayollarni uchratish oddiy holga aylanib bormoqda. Giyohvandlikning 

yoshlar o‘rtasida tarqalishi katta yoshdagilar o‘rtasida tarqalishidan ko‘ra 

xatarliroqdir. Zero yoshlar kelajakdagi rahbarlar, olimlar, mutafakkir 

siyosatchilar, iqtisodchilar va hokazo kishilardir. Аholini bu qatlami 

qanchalik giyohvandlikka ko‘p berilgan bo‘lsa, jamiyatning kelajagi 

shunchalik xafv ostida bo‘ladi.

Narkomanlik ofatidan xalqimiz va kelajak avlodni xalos etish, ularni 

moddiy va ma’naviy barkamollik sari yo‘naltirishdek umumbashariy 

xayrli tadbirlarni o‘tkazish barchamizning vazifamizdir.



6

I BOB. NАRKOMАNIYA 

1.1 Narkomaniya xavfl i va daxshatli kasallik

Narkomaniya «narkoz-karaxtlik» va «maniya-odam» so‘zlaridan 

kelib chiqqan. Narkomaniya – bu giyohvandlik, bangilik, karaxtlik 

bo‘lib, narkotik va narkotik ta’sirga ega bo‘lgan moddalarni suiiste’mol 

qilish natijasida kelib chiqadigan ka 

sallik. Narkotik va psixotrop 

moddalarni doimo qabul qilish natijasida narkomaniya vujudga keladi, 

chunki ushbu xastalik bilan og‘rigan kishining jismoniy va ruhiy holati 

xumorini bosadigan tegishli narkotik modda iste’mol qilishiga bog‘liq. 

Narkomaniya organizmning chuqur o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi va uni 

tanazzulga olib keladi. Kasallik asta-sekin rivojlana borib, surunkali 

davom etadi.

Narkotik moddalar dastlab xursandlik, vaqtichog‘lik, xotirjamlik 

hissini uyg‘otib kayf qildirishi sababli iste’mol qilinib, bora-bora 

kasallikka aylanadi. Quyidagi ikki holda narkotik moddalarga o‘rganib 

qolish mumkin.

Birinchi holda, kishi o‘z xohishidan tashqari e’tiborsizligi natijasida 

narkotik moddalarni xumor qiladigan bo‘lib qoladi. Bunday bangilik 

ko‘pincha vrach buyurgan narkotik moddalarni noto‘g‘ri iste’mol qilish 

natijasida kelib chiqadi. Sal narsa ta’sir qilib tashvishi kuchayib ketadi, 

ba’zi kasallar og‘riq, uyqusizlik va dardning boshqa tomonlaridan 

qutulish maqsadida oxirini o‘ylamay, vrach ko‘rsatmasini ham pisand 

qilmay, o‘zboshimchalik bilan narkotik modda dozasini oshirib qabul 

qilishi natijasida narkomaniya vujudga keladi. Bunday bemorlar odatda 

o‘z ahvollarining yaxshilanishi dori tufayli bo‘layotganini sezib, uni 

ichishni davom ettira boshlaydilar va ko‘ pincha ahvollarining og‘irligidan 

nolib vrachni ayblaydilar. Bu zaylda ish tutishning oqibati yomon bo‘lib, 

narkotik modda larga unchalik zarurat bo‘lmasa ham uni qabul qilaveradi. 

Narko tik moddaga moyillik kuchayib, u xumor qiladigan bo‘lib qoladi. 


7

Narkotik modda dozasini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartira borish, uni 

tez-tez va uzoq muddat qabul qilish narkomaniyaga olib ke ladi.

Ikkinchi hol ongli ravishda kayf qilish maqsadida narkotik 

moddalarga o‘rganishdir. Narkotikka odatda o‘zini tiya bilmagan, ruhan 

zaif, irodasi kuchsiz, birovlarga taqlid qiladigan, xu morini tarqatishdan 

boshqa narsani bilmaydigan, o‘ta xudbin kishilargina beriladi. Bunday 

kishilar o‘z mayllariga qarshi yurolmaydilar. Shuning uchun ularning 

kayf qilishga moyilligi kuchli bo‘ladi. Bangilik avj olib ketadi.

Bu kasallikka uchraganlarda xastalik juda og‘ir kechib, odatda 

kutilmagan yomon oqibatlarga olib keladi. Banglikka mubtalo bo‘lganlar 

narkotik moddalarni qayta-qayta va ko‘proq; miqdorda iste’mol qilgisi 

kelaveradi. Keyinchalik esa nar 

kotik moddalarni qabul qilmasdan 

turolmaydigan, kayf qilmasa xuddi «biror narsa yetishmayotganday» 

bo‘lib qoladi. Bunday ahvoldan qutilish va o‘zini bir oz yengil his 

qilish uchun yana narkotik moddaga ruju qo‘yadi. Shu tariqa narkotik 

moddalarga moyillik-bangilik kelib chiqadi. Bora-bora organizmda nar-

kotik moddalarga moyillik shu darajada kuchayib, endi avvalgidek xumor 

qilish uchun dorini ko‘proq miqdorda iste’mol qilgisi keladi. Oldiniga 

narkotik modda birmuncha salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, keyinchalik 

go‘yoki tetiklashadi, demak organizm endi haqiqiy bangilikka berilib 

qolgan bo‘ladi. Аgar narkomanlarda avval ruhiy o‘zgarishlar paydo 

bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik jismoniy o‘zgarishlar – terlash, yurak urishi, 

og‘iz qurishi, ozib ketish, qo‘l-oyoq titrashi, rangining sarg‘ayishi, ko‘z 

qorachig‘ining kengayishi ro‘y beradi. Аgar narkoman o‘z vaqtida 

narkotik qabul qilmasa organizmda kuchli ruhiy va jismoniy o‘zgarishlar 

paydo bo‘ladi. Bangi odam navbatdagi kayfni surish uchun har qanday 

pastkashliklarga boradi, sotqinlik, aldash, zo‘rlik, o‘g‘irliklardan 

toymaydi.

Organizmga narkotik modda kirmasa, xumorlik boshlanadi: organizm 

og‘ir ahvolda qolib, chuqur ruhiy va jismoniy o‘zga rishlar yuz berishi 

mumkin.

Organizmning hamma sistemalarida chuqur o‘zgarishlar sodir 



bo‘ladi. Xastalik rivojlangan sari organizmda darmon ko‘rishi ham 

kuchaya boradi, endi narkotik moddaning kuchi organizm uchun og‘irlik 

qiladi. Narkotik moddalarning oldingi iste’mol qilib yurgan dozasi 


8

endi yomon ta’sir qila boshlaydi. Zaharlanish og‘ir kechadi. Narkotik 

moddaning dozasi ozgina oshishi bilan bemor o‘lib qolishi mumkin. 

Narkomanlarni davolash faqat psixiatriya kasalxonalarida vrachlarning 

qattiq nazorati ostida olib borilishi kerak.

1.2. Narkotik moddalar

Kimyoviy yoki o‘simliklardan har xil usullar bilan olingan narkotik 

va psixotrop moddalarni, odamlar maxsus qabul qilganda kishining 

ongini, ruhiyatini va organizmning ishlashiga o‘zgarish kiritadi. 

Hamma davlatlarning qonuniga asosan narkotiklarga geroin, LSD, 

kanop preparatlari, metadon, kokain va boshqalar kiradi, Bu preparatlar 

odamning tan sog‘ligiga xavfl i zarar keltiradi. Narkotiklarga yuqorida 

ko‘rsatilganlardan boshqa har xil vitaminlar, infekision kasalliklarga 

qarshi ishlatilatiladigan antibiotiklar, o‘simlik choylari, sodali kofeyn, 

kokainli krek va boshqalar ham kiradi.

Har xil moddalar ularning xususiyatiga, odamning ruhhiyatiga ta’sir 

etishiga qarab narkotik preparatlar qatoriga kiritiladi:

— 

Eyforiya paydo qilish (odamning kayfi yatini ko‘tarish);



— 

Moyil bo‘lib qolishlik (psixologik yoki jismoniy narkotiklarni 

iste’mol qilishni xohlash);

Doimo iste’mol qilganlarning psixikasiga va tan sihatligiga zarar 



keltirish.

Umumjahon sog‘likni saqlash (VOZ) tashkilotining ta’rifi ga ko‘ra, 

tibbiyotda qo‘llanilanishidan qat’iy nazar, kayf hissiyotini tug‘diradigan 

va unga o‘rganib qolishga olib keladigan har qanday modda narkotik deb 

ataladi.

Shu moddalarning xalqlar (odamlar) orasida tez tarqalish xavfi  

mavjud. Jamiyatda shu moddalarni iste’mol qilish an’anaga aylanib 

qolmasligi lozim.

Narkolog mutaxassislar, narkotik preparatlarni quyidagi guruhlarga 

bo‘ladi: 

— 

Kanop o‘simligidan olinadigan narkotiklar.



9

Opiat narkotiklari (ko‘knori o‘simligidan olinadigan narkotiklar 



yoki shunga o‘xshab ta’sir etuvchi preparatlar),

— 

Psixostimulyatorlar (bunga kokain, efedron, fenomin va 



boshqalar).

Galyutsiogenlar (sintetik LSD va tabiatda qo‘ziqorindan olinadigan 



narkotiklar).

Uxlatuvchi-tinchlantiruvchi preparatlar (sedativnne).



Uchuvchan narkotik xususiyatiga ega moddalar (benzin, kley 

«Moment» va boshqalar).

Bu preparatlarni iste’mol qilganda ular qon va qoringa tushib, 

odamning organizmida aylanib yuradi va ish faoliyatini o‘zgartiradi.

1.3. Narkotik moddalarga qaram bo‘lib qolishlik

Narkotik preparatlarni odamzod bir necha marta iste’mol qilsa, kishi 

unga qaram (moyil) bo‘lib qoladi, narkoman o‘zining tan sihatligini va 

o‘lishini o‘ylamaydi. Masalan, morfi nni bir necha bor (5-10 va undan 

ortiq) qabul qilish, geroinni 1-2 qabul qilinishdayoq unga o‘rganib, 

ishqiboz bo‘lib qoladi, oqibatda og‘ir asoratlarga va kasalliklarga 

uchraydi. Kontrabanda ko‘pincha tez kayf beruvchi narkotiklar bilan 

shug‘ullanadi.

Narkomanlarning asosiy maqsadi, pul topib, narkotik mod 

dalarni 


iste’mol qilishdan iborat.

Narkomaniyaga odatda, o‘zini tiya olmaydigan, ruhan zaif, irodasi 

bo‘sh, birovlarga taqlid qilishga moyil, xumorini tarqatishdan boshqa 

narsani tushunib yetmaydigan, o‘ta xudbin kishilar beriluvchan bo‘ladi. 

Bunday shaxslar o‘z moyilliklarini yenga olmaydilar.

Narkomanlarning asosiy maqsadi navbatdagi kayfni surish uchun 

har qanday pastkashlikdan toymaydilar pul topib, narko tik moddalarni 

iste’mol qilishdan iborat bo‘lib qoladi.

Narkotik moddalarni suiiste’mol qilishlik va ularga qaram bo‘lib 

qolishlik quyidagi moddalarni qabul qilganda ro‘y beradi: morfi n, 

opiydan olinadigan sintetik narkotiklar, kokain, gashish, fenamin, 

efedrin, nikotin, alkogol ichimliklar va boshqalar.



Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi

https://kitobxon.com/oz/asar/255

 saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси

https://kitobxon.com/uz/asar/255

 сайтида.

Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно

найти на сайте 



https://kitobxon.com/ru/asar/255

Download 296.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling