Glaukomani aniqlash mushkul, lekin davolash mumkin va lozim


Download 58.5 Kb.
Sana30.05.2020
Hajmi58.5 Kb.
#111969
Bog'liq
Glaukoma – ko‘z


Glaukoma – ko‘zi ojizlik, nogironlikka olib keluvchi og‘ir, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘z kasalligi hisoblanadi. Bugungi kunda dunyo bo‘yicha 100 milliondan ortiq inson glaukoma bilan xastalangan. Shundan 40 millionga yaqini ko‘zi ojiz bemorlardir. Xuddi shu miqdordagi bemorlar hali o‘zida bu xastalik borligini bilmasdan ko‘zi ojizlik rivojlanib borayotganligi ma'lum. Faqat o‘z vaqtida aniqlab to‘g‘ri davolangan holda ko‘zi ojizlikning oldini olish mumkin. Shularni hisobga olgan holda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti glaukomani ijtimoiy ahamiyatga ega bulgan muhim kasalliklar ruyxatiga kiritgan. Har yili mart oyining ikkinchi haftasi dunyoda «Jahon glaukoma haftaligi» tashkillashtiriladi. 2019 yil 10 – 16 mart kunlarida ham butun jahon bo‘ylab glaukomaga qarshi tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Respublikamizda ham 10 yildan buyon bu sanalarda glaukomaga karshi chora tadbirlar, bepul ko‘riklar, aholini tibbiy madaniyatini oshirish uchun maqolalar, bepul aksiyalar o‘tkaziladi.

Glaukoma – ko‘z ichki bosimi oshishi natijasida ko‘ruv nervi atrofiyasi rivojlanishi va ko‘zi ojizlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan surunkali kasallik. Gluakoma kasalligi boshida belgilarsiz kechib, bemorni hech narsa bezovta qilmaydi. Erta davrlarda uni aniqlash qiyin, kechki davrda, ko‘ruv nervi atrofiyasi rivojlangandan so‘ng bemor ko‘rishi xiralashishini, og‘riqni his qiladi va shifokorga murojaat kiladi. Glaukoma kasalligi erta aniqlanib, o‘z vaqtida to‘g‘ri davolansagina ko‘zi ojizlikning oldini olish mumkin. Aks holda, glaukoma tufayli rivojlangan ko‘ruv nervi atrofiyasi va ko‘zi ojizlikni hozirgi kunda davolash imkoni mavjud emas.

Glaukomani aniqlash mushkul, lekin davolash mumkin va lozim.

Glaukomaning qanday belgilari bor?

Glaukoma boshida hech qanday belgilarsiz kechadi va bemor ko‘zidan shikoyat qilmaydi. Ko‘z og‘rishi, ko‘ruv xiralashishi kasallikning kechki davrlarida bezovta kiladi. Odatda bemorni bir tomonlama tez-tez bosh og‘rishi, ko‘z oldida vaqti-vaqti bilan tuman bo‘lishi, ko‘z oldida qora dog‘lar paydo bo‘lishi, yonib turgan lampa oldida kamalaksimon halqa bo‘lishi bezovta qiladi.

Glaukomani qanday qilib erta aniqlash mumkin?

Glaukomani erta aniqlash uchun har bir fuqaro shikoyatlari bo‘lmasa ham yiliga kamida bir marta oftalmolog ko‘rigidan o‘tib turishi kerak. Har bir fuqaro o‘z sog‘ligi uchun mas'uliyat his qilib, ko‘z bosimini o‘lchatishi, ko‘ruv nervi holatini tekshirtirish lozim. Bugungi kunda Respublikamizning har bir tuman va shahar poliklinikalari ko‘z bosimini o‘lchash va ko‘ruv nervi holatini kontaksiz, og‘riqsiz tekshirish bo‘yicha zamonaviy uskunalari bilan to‘liq ta'minlangan.

Ko‘z ichki bosimi normada nechaga teng?

– ko‘z ichki bosimi normada 24 mm simob ustunidan past bo‘lishi lozim.

Glaukoma qanday davolanadi?

Glaukoma aniqlangandan so‘ng birinchi bo‘lib dorilar, ko‘z tomchilari yordamida davolanish boshlanadi. Agar tomchilar yordamida davolash samara bersa, bemor ushbu dorilarni doim tomizib yurishi lozim. Agar belgilangan dori samarasiz bulsa, tekshirish natijasida boshqa dorilar tavsiya qilinadi. Agar hech bir dori ta'sir kilmasa, boshqa davolash usullari tavsiya qilinadi.

Lazer nuri yordamida davolash. Ko‘z ichki suyuqligini dimlanishiga sabab bulgan yo‘llar lazer nuri yordamida ochilib, ko‘z bosimi tushiriladi. Lazer jarrohligi mutlaqo og‘riqsiz va xavfsizdir. Glaukomaning barcha turlarida ham lazer nuri samara bermasligi mumkin.

Jarrohlik usulida davolash. Hozirgi kunda eng samarali usul hisoblanadi. Jarrohlik usuli yuqori samarali bo‘lishi bilan bir qatorda ma'lum nojo‘ya jihatlari bo‘lganligi tufayli birinchi davolash usuli sifatida qo‘llanilmaydi.

Ko‘pchilik hollarda o‘z vaqtida dori tomizmaslik, ko‘z shifokori nazoratida turmaslik, shifokor tavsiyalarini to‘liq bajarmaslik bemor ko‘rishini yomonlashishi va tiklanmas ko‘zi ojizlikka olib keladi.

Kimlar glaukoma bilan kasallanishi ehtimoli baland?

Yaqin qarindoshlarida glaukoma bo‘lgan insonlar, surunkali ko‘z kasalliklari bilan kasallangan bemorlar (miopiya, gipermetropiya, uveit, ko‘z jarohatlari), doimiy ko‘z zo‘riqishi bilan ishlovchilar, migren, qandli diabet, nevrologik kasalliklar bilan xastalangan shaxslarda glaukomaga moyillik bo‘ladi.

Glaukoma kasalligi aniqlangan bemorlar uchun maxsus tartib

· Sog‘ligingiz to‘g‘ri kelguncha mehnat qilishingiz mumkin, faqat asabiy va jismoniy zo‘riqish tavsiya qilinmaydi. 10 kg.dan ortiq yuk ko‘tarish tavsiya qilinmaydi;

· Ishlayotganda yoki o‘qiyotganda yorug‘lik chap tomondan tushishi lozim va yetarli yorug‘lik bo‘lishi lozim. Har 15 minutda tanaffus qiling;

· Engashib ishlash tavsiya qilinmaydi. Masalan: agar siz hovlida jo‘yaklarni tozalamoqchi bo‘lsangiz, chizmoqchi, tikmoqchi bo‘lsangiz uzoq vaqt engashmasdan stulchada o‘tirib ishlash tavsiya qilinadi;

· Ko‘z uchun mashqlar qilib turish foydali;

· Umumiy holatingizga e'tibor bering. Yurak, qon-tomir tizimi, o‘pka kasalliklari, qandli diabet, buyrak va jigar kasalliklari ko‘zingiz holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi;

· Televizor ko‘rish taqiqlanmaydi, faqat boshingizni to‘g‘ri tutib, yaxshi yoritilgan xonada ko‘ring. Chiroqni o‘chirib, uzoq vaqt televizor ko‘rish tavsiya qilinmaydi;

· Bo‘yinni qisib turuvchi, tor yelkali sviterlar, kiyimlar va galstuklar taqmang;

· Chekish mutlaqo mumkin emas! Alkogol iste'mol qilish qon-tomir sistemasiga va ko‘zga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi;

· Issiq hammom tavsiya qilinmaydi;

· Uzoq vaqt quyoshda qolish tavsiya qilinmaydi. Quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynaklardan foydalaning (glaukoma uchun maxsus yashil filtrli ko‘zoynaklar mavjud). Qorong‘i xonada ham uzoq vaqt qolmang;

· Tungi uyqu va kechki sayrlar foydali. Uyqusizlik salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Yotishdan oldin oyog‘ingizga issiq vanna qilish, bir qoshiq asal iste'mol qilish foydali;

· Maxsus parhez talab qilinmaydi. Qo‘y go‘shti, yog‘li, achchiq ovqatlarni chegaralang. Vitaminlarga boy oziqlarni (sabzavotlar, mevalar, baliq) ko‘proq iste'mol qiling;

· Birdaniga ko‘p suyuqlik iste'mol qilmang. Choy va boshqa kofeinli ichimliklar ko‘zda qon aylanishini yaxshilaydi. Agar siz kofe ichishni odat qilgan bo‘lsangiz «Kofe sinamasi»dan o‘ting, buning uchun sizning ko‘z ichki bosimingiz kofe ichishdan oldin va 1 soat keyin o‘lchab ko‘riladi. Agar ko‘z bosimi sezilarli darajada kuzatilmasa, sizga kofe ichishda chegaralanish yo‘q;

· Shifokor tavsiya qilgan dorilarni o‘z vaqtida tomizing. Uyingizdan biror joyga ketmoqchi bo‘lsangiz o‘zingiz bilan ko‘z tomizg‘ilarini olish yoddan chiqmasin;

· Shifokor ko‘rigiga har oyda borib turing.

KO’Z KASALLIKLARI — TURLARI, ALOMATLARI VA DAVOLASH USULLARI

Ko’z kasalliklari — inson ko’rish analizatorining organik va funktsional shikastlanishlari, shuningdek ko’zning yordamchi apparati (qovoqlar, kon’yuktiva va boshqalar) shikastlanishi bo’lib, kishining ko’rish qobiliyatini cheklaydi. Ko’z kasalliklari turfa xil bo’ladi, shu sababli ular odatda bir nechta bo’limlarga bo’linadi.

Ko'z kasalliklari haqida ma'lumot

Mundarija: [Yashirish]

1 Qovoq kasalliklari

2 Ko’z yosh a’zolari kasalliklari

3 Kon’yuktiva kasalliklari

4 Sklera kasalliklari

5 Shox parda kasalliklari

6 Ko’z gavhari kasalliklari

7 Shishasimon tana kasalliklar

8 Rangdor parda kasalliklari

9 To’r parda kasalliklari

10 Optik asab kasalliklari

11 Suvli namlik aylanishi buzilishi

12 Ko’zni harakatlantirish apparati kasalliklari

13 Ko’z kosasi kasalliklar

14 Refraktsiya buzilishlari (ametropiya)

QOVOQ KASALLIKLARI

Kriptoftalm — qovoq differensirovkasining to’liq yo’qotilishi.

Qovoq kolobomasi — qovoqning to’liq qatlamlik sementar nuqsoni.

Ankiloblefaron — ko’z qovoqlari chetlarining qisman yoki to’liq birlashib ketishi.

Yuqori qovoq ptozi — yuqori qovoqning anomal ravishda past joylashishi.

Gunn sindromi — yuqori qovoqning beixtiyor ko’tarilishi.

Qovoqning qatlanib qolishi — qovoqning cheti ko’z olmasi tomonga qatlanganligi.

Blefarit — ko’z qovoqlari chetlarining yallig’lanishi.

Trixiaz — ko’z olmasini qo’zg’atish xususiyati bilan kipriklarning anomal o’sishi.

Qovoq shishi — qovoq to’qimalarida anomal miqdorda suyuqlik to’planishi.

Preseptal sellyulit — qovoqning va ko’z atrofidagi terining yallig’lanishi va zararlanishi.

Qovoq abstsessi — ko’z qovoqlarining yiringli yallig’lanishi.

Gulmija — kiprikning sochli xaltachasi va Seys yog’ bezining o’tkir yiringli yallig’lanishi.

Lagoftalm — ko’z yorig’ining to’liq yopilmasligi.

Blefarospazm — qovoq mushaklarining beixtiyor qisqarishi.

Quruq keratokonyunktivit — quruq ko’z sindromi.

KO’Z YOSH A’ZOLARI KASALLIKLARI

Ko’z yoshi ishlab chiqaruvchi apparatning nuqsonlari.

Ko’z yosh bezlari o’smalari.

Ko’z yoshini chiqaruv apparati patologiyasi.

KON’YUKTIVA KASALLIKLARI

Kon’yunktivit — kon’yunktivaning yallig’lanishi.

Traxoma — xlamidial kon’yunktivitning turi.

Quruq ko’z sindromi — kon’yuktivaning yetarlicha namlanmasligi.

Pingvekula — kon’yunktivaning distrofik shakllanishi.

Pterigium — kon’yunktivaning qatlanib qolishi.

SKLERA KASALLIKLARI

Episklerit — sklera sirt qatlamining yallig’lanishi.

Sklerit — sklera chuqur qatlamlarining yallig’lanishi.

Sklerokeratit — skleraning shox pardaga ham o’tuvchi yallig’lanishi.

Sklera rivojlanishi anomaliyalari.

SHOX PARDA KASALLIKLARI

Keratit — shox pardaning yallig’lanishi.

Keratokonus — shox pardaning yupqalashishi bilan kechadigan degenerativ yallig’lanishsiz ko’z kasalligi, bunda shox parda konussimon shaklga kiradi.

Shox parda distrofiyasi — ko’z shox pardasi shaffofligini kamaytiradigan ko’z kasalliklari guruhi.

Megalokornea — shox pardaning anomal kattalashib ketishi.

KO’Z GAVHARI KASALLIKLARI

Ko’z gavhari rivojlanishi anomaliyalari.

Katarakta — ko’z gavharining xiralashishi;

Afakiya — ko’z gavharining yo’qligi.

SHISHASIMON TANA KASALLIKLAR

Shishasimon tana destruktsiyasi.

Shishasimon tana ko’chishi.

RANGDOR PARDA KASALLIKLARI

Polikoriya — rangdor pardada bir nechta qorachiqlar bo’lishi.

Aniridiya — ko’zda rangdor pardaning bo’lmasligi.

Iridosiklit — rangdor parda va siliar (kiprikli) tananing yallig’lanishi.

Irit — rangdor pardaning yallig’lanishi.

Rangdor parda kolobomasi — rangdor parda va ko’z qorachig’ining shakli noto’g’ri bo’lishi.

TO’R PARDA KASALLIKLARI

Retinit — to’r parda epiteliy qatlamining shikastlanishi.

To’r parda distrofiyasi

To’r pardaning ko’chishi — ko’zda to’r parda qobig’ining tomirli qobiqdan ajralishi.

Retinopatiya — har qanday kelib chiqishli to’r parda shikastlanishi.

To’r parda angiopatiyasi.

OPTIK ASAB KASALLIKLARI

Nevrit — optik nervlarning yallig’lanishi.

Ko’rish asabining toksik shikastlanishi.

Neyropatiya.

Ko’rish nervlarning atrofiyasi.

SUVLI NAMLIK AYLANISHI BUZILISHI

Glaukoma — ko’z ichi bosimining ortishi.

KO’ZNI HARAKATLANTIRISH APPARATI KASALLIKLARI

Oftalmoplegiya — ko’zni harakatlantiruvchi mushaklar falajligi.

G’ilaylik — ko’zni ko’rish o’qining fiksatsiya nuqtasidan og’ishi.

Nistagm — ko’zning yuqori chastotada ixtiyorsiz tebranishli harakatlanishi.

KO’Z KOSASI KASALLIKLAR

Ekzoftalm — ko’z olmasining oldinga siljishi.

REFRAKTSIYA BUZILISHLARI (AMETROPIYA)

Miopiya — tasvir ko’z to’r pardasida emas, balki uning oldida shakllanishi, bemor yaqinni yaxshi ko’rib, uzoqni yaxshi ko’ra olmaydi.

Gipermetropiya — tasvir ko’z to’r pardasida emas, balki uning ortida shakllanishi bilan tavsiflanadigan kasallik. Bunday bemor ham uzoqni, ham yaqinni yaxshi ko’ra olmaydi.

Astigmatizm — ko’z olmasi, gavhari yoki shox pardasi shakli o’zgarishi tufayli ko’rishning buzilishi.

Anizometropiya — chap va o’ng ko’z refraktsiyalarining bir-biridan sezilarli darajada farq qilishi.

Gipermetropiyani davolash zarurati yaqinda joylashgan ob’yektlarni aniq ko’rish qobiliyatining yo’qolishida yuzaga keladi. Birinchi ko’zoynak taquvchilar uzoqni ko’ra olmaydigan kishilar bo’lgan. Aynan ular uchun birinchi ko’zoynak tayyorlangan, shunda ular kitoblarni qulay o’qishlari mumkin edi. Miopiyadan aziyat chekuvchilar uchun ko’zoynaklar ancha kechroq paydo bo’lgan.

Gipermetropiyada yorug’lik nurlari to’r pardaning ortida fokuslanadi. Bu ko’z olmasining qisqarishi yoki yorug’lik nurlarini to’r pardaga to’play olmaydigan optik tizim zaifligi natijasi bo’lishi mumkin.

GIPERMETROPIYA SABABLARI

Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, bir yoshgacha bo’lgan bolalar gipermetropiyaga ega bo’lib, ularda +3 dioptriya bo’ladi. Ko’z olmasining kattalashishi bilan bu anomaliya yo’qoladi.

Gipermetropiyaga tashxis qo’yish uchun chuqurlashtirilgan diagnostik tekshiruvlar o’tkazish, jumladan, ko’z qorachig’ini medikamentoz kengaytirishga to’g’ri keladi.

Uzoqni ko’radiganlar, ayniqsa gipermetropiyaning keyingi darajalarida, nafaqat yaqin, balki uzoqdagi ob’yektlarni ham kam yaxshi ko’ra olishmaydi. Ruhiyatning doimiy zo’riqishi tez charchash, bosh og’rig’i, bosh aylanishiga olib keladi. Bolaning o’zlashtirishi yomonlashishi mumkin, chunki u maktab fanlariga diqqatni jalb qilishga qiynaladi, injiqlik va uyqu bilan muammolar yuzaga keladi. Gipermetropiya shuningdek g’ilaylikka ham olib kelishi mumkin.

G’ilaylik rivojlanishi xavfi mavjudligi tufayli kichik bolalarga orqasidan, boshi uzra yaqinlashish taqiqlanadi. Bola tezda yuqoriga qarashi va kutilmaganlikdan qo’rqib ketishi mumkin, bu esa mushaklarning spazmiga olib keladi.

KO’RISH QOBILIYATINI YAXSHILASH: TO’G’RI ODATLARGA AMAL QILISH

Ko’z nurini tiklash maqsadida u yoki bu usulni izlashga to’g’ri kelmasligi uchun, ko’z nuri yomonlashishini o’z vaqtida oldini olish kerak:

Ko’rishni yaxshilashning eng aniq va mashhur choralardan biri — ish vaqtida mahalliy yorug’lik yetarli bo’lishini ta’minlashdir. Yorug’lik yetishmasligi tezda vizual charchashga olib keladi, natijada ko’rish qobiliyati pasaya boshlaydi.

Yorug’lik ortqichaligi uning yetishmasligi kabi bir xil zarar. Stol lampasidagi yorug’lik ko’z qorachig’iga tushmasligi kerak. Bundan tashqari, quyosh nurlari ostida kitob o’qish tavsiya etilmaydi — ravshan oq qog’oz ko’zning zo’riqishiga olib keladi.

Miyaning ensa qismida joylashgan ko’rish bo’limi yetarli miqdorda kislorod bilan ta’minlanishi kerak. Agar bosh uzoq vaqt davomida stol yuzasiga egilib tursa, qon ta’minoti yomonlashadi. Darslarni tayyorlash davomida bolalarda ko’rish yomonlashishining oldini olish uchun, ustki yuzasi biroz qiya bo’lgan va yerga parallel bo’lmagan stol-parta tanlash afzaldir.

Ajoyib profilaktika — stolda o’tirib, kitob sahifasining tekisligini yuzga qat’iy tekis perpendikulyar qilib o’rnatish. Buning uchun kitob yoki darslikni maxsus o’rnatgich yordamida o’qish qulay. Bosh va orqa bir chiziqda bo’ladi, bu shuningdek miyani qon bilan yaxshi ta’minlanishiga yordam beradi.

UY SHAROITIDA KO’Z NURINI QANDAY QILIB TIKLASH MUMKIN

Turli masofalardagi ob’yektlarni zaif ko’rishning asosi — u yoki bu vizual zo’riqish. Qo’shimcha zo’riqish ko’zning kuchini yaxshilashga xalaqit beradi. Shuning uchun uyda ko’z nurini tiklashni zo’riqishni bartaraf etishdan boshlash kerak. Bu chora ruhiyatni faoliyatga tayyor bo’shashgan holatga keltiradi.

PALMING QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

Ko’z zo’riqishini yengillashtiradigan eng oddiy va eng samarali mashqlar Amerikalik oftalmolog doktor Beyts tomonidan o’ylab topilgan. U palming deb ataladi, uni uyda yoki ishda bajarish qiyin emas, bu orqali ko’z nurini o’tkirlashtirishga erishish mumkin:

Tirsaklarni stolga qo’yib, o’tirish kerak. Qulaylik uchun, tirsaklar ostiga bir necha marta qatlangan junli mato yoki kichik yostiqcha qo’yish mumkin. Ensa, bo’yin va orqa bitta to’g’ri chiziqda bo’lishi kerak, shunda miya qon bilan optimal ta’minlanadi.

Ko’z nurini tiklashni qo’llarni yengil silkitishdan boshlash yaxshi. Hech kimga sir emaski, ruhiyat tarang bo’lsa, barmoqlar mushtga yig’iladi, bilaklar esa taranglashadi. Qo’llarni silkitish teskari ta’sir beradi: ruhiyat qo’llar bo’shashgan bo’lsa, u ham bo’shashishi mumkinligi haqida signal oladi.

Kaftlar issiqroq bo’lishi uchun ularni bir-biriga ishqalash foydali, bunda ular kuch va energiyaga to’layotganini tasavvur qilish tavsiya etiladi.

Qo’llaringizni hovuch kabi qilib, ularni yumilgan ko’zlaringizga qo’ying, bunda jimjimaloqlar asosi burun va peshona tutashgan joyda birlashishi kerak, huddi ko’zoynak tutashtirgichi kabi. Kaftning asosi esa yonoqlarda bo’ladi. Qo’l bilan kuchli bosishga hojat yo’q, bunda ko’zni ochib-yumish imkoni bo’lishi kerak. Shu bilan birga, kaft va yuz aloqa qiladigan joylardan yorug’lik o’tmasligi lozim. Bilaklar bunda bo’shashgan holatda saqlanadi.

Ko’zlarni yumib, yoqimli narsalar haqida o’ylash kerak. Xotiralar juda turlicha bo’lishi mumkin. Asosiy talab — ular yaxshi va kishiga orom bag’ishlashi kerak. Uy sharoitida ko’rishni takomillashtirish ruhiyatning bo’shashishidan kelib chiqadi.

Ko’rish uchun mashq to’g’ri bajarilayotganini tekshirish uchun, xotiralarni yodga olish vaqtida vaqti-vaqti bilan rangga e’tiborni qaratish lozim. Agar ruhiyat butunlay bo’shashsa, rang qora bo’ladi. Aks holda, yoqimli xotiralarni eslashni davom ettirish kerak.

Palming charchoq yoki zo’riqish sezilishining birinchi belgilarida va o’zingiz xohlaganingizcha bajarilishi mumkin. Palming ko’z nurini tiklovchi deyarli har qanday usulda foydalaniladi, chunki aniq va ravshan ko’rish faqat turli xil ko’z mushaklarining muvofiqlashtirilgan faoliyati natijasi emas, balki ixtiyor bilan boshqarilmaydigan ruhiy jarayon hamdir.

Shunday qilib, uy sharoitida ko’rishni yaxshilash uchun, ko’zning ishlariga ruhiyat orqali ta’sir qilishni o’rganish kerak. Agar ko’z mushaklari zo’riqqan bo’lsa, bo’shashishga erishish qiyin. Palming bu to’siqni yengib o’tishga yordam beradi.

Bundan tashqari, kaftlarni to’g’ri ishlashi ham ko’z nurini tezda tiklashning samarali usuli hisoblanadi. Kichik darajadagi miopiyalarda uyda yoki ishda bunday bo’shashish usuli natijalari hatto bir haftada sezilishi mumkin.

Ko’zoynaklar ko’zlarini kuchli ravishda harakatsizlantirishi sir emas. Ko’zoynak linzalari orqali eng aniq tasvirni olish uchun, uning optik markazidan qarash kerak. Chap yoki o’ng tomondagi narsalarni aniq ravshanlik darajasida ko’rish uchun siz ko’z mushaklarini emas, balki boshingizni burishingiz kerak bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan ko’z mushaklari zaiflashib boraveradi.

KO’RISH O’TKIRLIGINI TIKLASH: KO’Z MUSHAKLARI UCHUN MASHQLAR

Zaiflashgan ko’z mushaklarining kuchini tiklash va aniq ko’rish qobiliyatini yaxshilash uchun har kuni oddiy mashqlar bajarish kerak:

Maksimal amplituda bilan chap va o’ng tomonga qarash.

Maksimal amplituda bilan yuqori va pastga qarash.

Ko’zlarni aylana bo’yicha harakatlantirish, bunda ko’zlar bilan imkon qadar keng aylana «chizish» kerak. Yo’nalishi navbati bilan soat millari bo’yicha va soat millariga qarshi bo’lishi kerak.

Bir necha marta ko’zingizni qattiq yuming, so’ngra keng qilib oching.

Diagonal harakatlar. Yuqori chap burchakka qaray boshlang va nigohni quyi o’ng burchakkacha tushiring. Boshlang’ich holatga qaytaring. Ko’zlarni ochib-yuming. Yuqori o’ng burchakka qarang, nigohni chap pastki burchakka qarata tushiring. Ko’zlarni ochib-yuming. Boshlang’ich holatga qaytaring.

Ikkita ko’zni ham burun va peshona tutashgan joyga qaratishga harakat qiling. Agar bosh aylanishi belgilari mavjud bo’lsa, mashqlar intensivligini kamaytirish yoki mashqni o’tkazib yuborish kerak.

Bir daqiqa davomida ko’zni ochib-yuming. Bunday holda, ko’z qovoqlari yengil tabiiy harakatlar bajarishi lozim, hech qanday qo’shimcha kuch ishlatish kerak emas.

Oynaga qora rangli qog’ozli doiracha yopishtiring. Oyna yoniga borib, birinchi bo’lib qora qog’ozchaga qarang. Keyin derazadan tashqaridagi biron 6-8 metr uzoqlikda joylashgan ob’yektlarga. So’ng nigohni yana qog’ozchaga qaytaring. Bir necha marta takrorlang.

O’n daqiqa palming qiling.

Bu mashqlar ko’z nurini tiklashga yordam beradi. Asosiy qoida — ularni amalga oshirishning muntazamligi va to’g’riligi.

KO’ZLAR TEZ-TEZ CHARCHASA, QANDAY QILIB KO’RISHNI YAXSHILASH MUMKIN

Ishda va uyda ko’zdan foydalanish shartlarini yaxshilaydigan oddiy mashqlar bajarish kerak. Ular, shuningdek, ko’z charchasini oldini olishda va ko’rishni yanada ravshanroq bo’lishiga yordam beradi:

Chuqur nafas oling, ko’zlarni qattiq yuming. Keyin bo’yin va yuzingizni kuchantiring. Nafasingizni 3-5 soniya ushlab turing. Nafasni chiqarib, ko’zlarni katta oching. 5-7 marta takrorlang.

Ko’zni yumib, barmoq bolishchalari bilan qosh yoyi bo’ylab yengil massaj qiling. Shunindek pastki qovoqlar ostida ham, shu yo’nalish bo’yicha.



Ko’zlarni yumib, avval soat millari bo’yicha bir necha aylanali harakatlarni amalga oshiring, so’ngra soat millariga teskari yo’nalishda.

O’n daqiqa palming qiling.
Download 58.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling