Global demografik muammolar. Demografik siyosat
Reja:
1.Global muammolar haqida tushuncha.
2. Global demografik muammolarni yuzaga keltiruvchi sabablar.
3.Zamonaviy global demografik muammolarning mintaqaviy tafovvutlari.
4. Demografik siyosat.
1.Global muammolar haqida tushuncha. Global muammolar bu dunyoning barcha davlatlariga xos bo’lgan muammolar bo’lib, ularni hal etish uchun butun dunyo mamlakatlari hamkorligi talab etiladi. O’tgan tarixiy davrlarda yuz bergan turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar mazkur muammolarning kelib chiqishiga sabab bo’lgan.
Global muammolarning asosiy xususiyatlari quyidagilardir:
Insoniyatning barcha qatlamlari taqdiriga ta’sir etadi
Ushbu muammolar iqtisodiy va ijtimoiy yo’qotishlarga sababchi bo’lishi mumkin.
Ularning yechimini topishda barcha jahon davlatlari aholisining hamkorligi talab etiladi
Hozirgi davrda bir qator muammolar eng muhim global muammolar qatoriga kiritilgan. Bular quyidagilar:
1. Tinchlikni saqlash muammosi.
2. Ekologik muammo.
3. Demografik muammo.
4. Qashshoqlikni bartaraf etish muammosi.
5. Oziq-ovqat bilan ta’minlanish muammosi va boshqalar.
2. Agar, XX asrda demografik jarayonlarning faollashuviga jahon urushlari va asr oxiridagi geosiyosiy jarayonlar o’z ta’sirini ko’rsatgan bo’lsa, XXI asrga kelib, dunyoning turli mintaqalarida turli ko’rinishdagi tabiiy ofatlarning ortib borishi bilan bog’liq bo’lishi dunyo olimlari tomonidan bashorat qilinmoqda.
Rus olimlari V.L. Kotelnikov va Yu.G. Saushkinlar ta’kidlashicha- «Aholi tabiat qonunlaridan foydalangan holda yashaydi, mehnat qiladi, dam oladi va davolanadi. Fan bu qonuniyatlarni o’zlashtirish uchun juda ko’p ishlarni amalga oshirdi. Biroq, geografik muhitdagi o’zgartirilgan va o’zgartiriladigan tabiat qonunlarining barcha jihatlari to’liq o’rganilmagan». Olimlarning fikricha, geografik muhitning jamiyat tomonidan o’zgartirilishi doimo quyidagi maqsadlardan kelib chiqadi:
a) ehtiyoj mahsulotlarini ishlab chiqarishning kengayishi;
b) inson hayotida bevosita ahamiyatga ega bo’lgan aholi punktlarining kengayishi;
v) inson mehnati va yashash sharoitlarini yaxshilash;
g) kasalliklarga qarshi kurash, kishilar salomatligini yaxshilash;
d) insoniyatning dam olishi va davolanishi kabi maqsadlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |