Globallashuvning falsafiy muammolari Reja


Download 16.6 Kb.
Sana15.05.2020
Hajmi16.6 Kb.

Aim.uz

Globallashuvning falsafiy muammolari
Reja:

1. Globallashuv – yangi falsafiy mavzu.

2. Global muammolar – globallashuvning oqibati sifatida.

3. Global ongni shakllantirish zarurati.


Dars maqsadi talabalar bilan Ijtimoiy taraqqiyotning muammolari, hozirgi davri, jahon sivilizasiyasining hozirgi davrdagi xususiyatlari, mamlakatimiz taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishning ahamiyati to’g’risida suhbat-muloqot o’tkazib, ularning bilim va malakasini oshirishdan iborat.

“Globallashuv” atamasini dastlab amerikalik olim T. Levitning 1983 yili “Garvard biznes rev’yu” jurnalida chop etilgan maqolasida tilga olgan edi. Muallif yirik transmilliy koorporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli – tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonini shunday atagan edi.

Globallashuv haqida nazariyalar:


  • iqtisodiyot fani nazariyotchilarining diqqat e’tibori asosan moliyaviy globallashuv, global transmilliy korporatsiyalarning shakllanishi iqtisodiyotning mintaqaviylashuvi, jahon miqyosida savdoning jadallashuvi kabi masalalar tahliliga qaratilgan.

  • Tarixiy asarlarda esa bu jarayon kapitalizmning ko’pasrlik taraqqiyot bosqichlaridan biri sifatida talqin etiladi.

  • Siyosatshunoslar transmilliylashuv jarayoning tezlashuvi, dunyo mamlakatlari o’rtasidagi o’zaro bog’liklikning kuchayishi, BMT va boshqa halqaro tashkilotlar ishtirokida yangi umumsayyoraviy tartibning shakllanishi har tomonlama chuqur tadqiq etmoqda.

  • Sotsiologiya sohasi mutaxasislari madaniyatning universallashuvi ta’sirida turli mamlakat va mintaqa halqlari turmush tarzining yaqinlashuvi va bir xillashuvini tasdiqlaydigan dalillarni izlamoqda.

  • Faylasuflar esa Kantning yaxlit abadiy dunyo hamda umumdunyoviy hukumat haqidagi g’oyasiga tayanib, turli millat va halqlar qadriyatlarining uyg’unlashuvini asoslashga intilmoqda. Ma’lum bo’ladiki, globallashuv jarayonining yagona ta’rifi ham, uning mazmun-mohiyatini aks ettiradigan yaxlit konsepsiya ham yaratilmagan. Shunday bo’lsada, mazkur jarayonning eng umumiy jihatlari, bizningcha, quyidagilardan iboratL:

  • Birinchidan, XX asr ikkinchi yarmiga xos asosiy tehnologiya – yadro qurolini ishlab chiqarish bilan bog’liq edi. Global davr tehnologiyalari esa televidenie, reaktiv samolyot, kosmik yo’ldosh, komp’yuter, uyali telefon, Internet kabi aloq avositalari bilan belgilanadi.

  • Ikkinchidan, insoniyatning globallashuv davriga qadam qo’ygani kommunistik g’oya, mafkura va siyosatning tanazzuli va shuning natijasida liberal – demokratik qadriyatlar g’alabasini anglatadi. Ammo bu qadriyatlar jahonning ko’pgina mamlakatlarida qaror topayotgan bo’lsada, ularning shakl shamoyili va mohiyati ba’zan haqiqiy demokratik g’oya hamda tamoyillaridan farq qilayotgani ham sir emas.

Hozirgi paytda insoniyatga xavf solib turgan umumbashariy muammolar deganda butun dunyo, barcha davlatlar va halqlarning ishtirokisiz echish mumkin bo’lmagan muammolar tushuniladi.

Bunday muammolar quyidagilardir:

- termoyadro urushi xavfining oldini olish va qurollanishni bartaraf etish;

- jahon iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotning o’sishi uchun qulay shart-sharoit yaratish;

- iqtisodiy qoloqlikni tugatish; yer yuzida qashshoqlik va ochlikka barham berish;

- tabiiy boyliklardan oqilona va komplneks yondashgan holda foydalanish;

- insoniyatning baxt-saodati yo’lida fan-tehnika yutuqlaridan foydalanish uchun halqaro hamkorlikni yanada faollashtirish(eng xavfli kasalliklarga qarshi kurash, koinotni o’zlashtirish);

-dunyo okean boyliklari va imkoniyatlaridan unumliroq foydalanish; ozon qatlami yo’qolishi xavfining oldini olish va h.k.;

- insoniyat va uning kelajagi to’g’risidagi o’zaro hamkorlikda jiddiy tadqiqotlar olib borish; kishi organizmining tobora tez sur`atlar bilan o’zgarayotgan sun`iy va tabiiy muhitga moslashish jarayonini ilmiy tahlil qilish.

Jahon sivilizaciyasi deganda Sharq va G’arb sivilizasiyalari, mintaqaviy va hududiy sivilizasiyalarning yahlit, bir butun ijtimoiy tizimi bo’lgan umuminsoniyat, sayyoramizdagi jamiyat tushuniladi. Bu tushuncha umumiy ma`noda, zaminimizda yashagan barcha odamlarning umumiy makoni bo’lgan yer yuzidagi hayot, tarxhning hamma davrlarida mavjud bo’lgan davlat, jamiyat, xalq va millatlarning umrguzaronlik qilishi bilan bog’liq jarayonlar majmuasini o’zida aks ettiradi.

Har bir xalq, millat o’zining betakror, noyob xususiyatlarini saqlagan holda mustaqil rivojlanadi va jahon hamjamiyatiga qo’shilib boradi. Bunday qo’shilish ko’p qirrali, rang-barang bo’lib, u ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy, huquqiy, davlatlararo munosabatlarni qamrab oladi.

Davrimizda ijtimoiy taraqqiyotga sivilizasion yondashuv, sivilizasiyalarning yondashuv mexanizmi va ularning tasnifi, sivilizasiya va madaniyat, qadriyatlar masalalarini ham yangicha talqin etishni talab etadi. Unda Sharq, jumladan O’zbekiston turli sivilizasiyalar beshigi ekanligi masalalarini o’rganishni ham davr talab etmoqda.



O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishuvi uning umumsayyoraviy taraqqiyotda O’zbekistonning o’rni, «o’zbek modeli»ning ahamiyati, yangi davlatchilik tizimining vujudga kelishi, iqtisodiy sohadagi tarkibiy o’zgarishlar, jamiyatni erkinlashtirish masalalarini tahlil etish dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Download 16.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling