Globollashuv sharoitida milliy taʼlim tizimidagi islohatlarni amalga oshirishning gʻoyaviy asoslari kirish
Download 0.61 Mb.
|
GLOBOLLASHUV SHAROITIDA MILLIY TAʼLIM TIZIMIDAGI ISLOHATLARNI AMALGA OSHIRISHNING GʻOYAVIY ASOSLARI
DavrMobile 28.02.2022 18-22-02 (1), Документ-2022-03-27-073008, advantages-and-disadvantages-of-social-networking-rab-nawaz-jadoon, Qisqa kitob, 1743-Article Text-3642-1-10-20210825, 26 - variant, 26 - variant, iqtisodiy siyosat, 1-мавзу слайд, ЭЛЕКТР ҚУРИЛМАЛАРИНИ ЭКСПЛУАТАЦИЯ ҚИЛИШДА ХАВФСИЗЛИК ТЕХНИКАСИ ҚОИДАЛАРИ, istemol-narxlari-indeksi-yillik-dinamikasi-otga, hisobot, ISHREJA, 5-amaliy mashg‘ulot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.BOB. GLOBALLASHUV DAVRIDA MILLIY TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH ASOSLARI
- III.BOB. GLOBOLLASHUV DAVRIDA MILLIY TAʼLIM SIYOSATINING OʻRNI IT-TEXNOLOGIYALARINI QOʻLLASH ASOSIDA MILLIY TA’LIM TIZIMIDAGI ISLOHLARNI AMALGA OSHIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati Ilovalar KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
GLOBOLLASHUV SHAROITIDA MILLIY TAʼLIM TIZIMIDAGI ISLOHATLARNI AMALGA OSHIRISHNING GʻOYAVIY ASOSLARI KIRISH I.BOB. MILLIY TA’LIM TIZIMIDAGI ISLOHLARNI AMALGA OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARI 1.1 Milliy ta’lim tizimining mazmun - mohiyati va tamoyillari 1.2 Globallashuv sharoitida O‘zbekiston ta’lim modelining namoyon bo`lish xususiyatlari 1.3 Milliy ta’lim tizimidagi islohlarni amalga oshirishning institutsional asoslari II.BOB. GLOBALLASHUV DAVRIDA MILLIY TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH ASOSLARI 2.1 Ta’lim tizimidagi islohotlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni 2.2 Taʼlim tizimini takomillashtirish bilan raqamli iqtisodiyot rivojlanishining oʻzaro bogʻliqligini metodologik asoslari 3.3 Oliy taʼlim tizimini asosiy tendensiyalari va uni takomillashtirish III.BOB. GLOBOLLASHUV DAVRIDA MILLIY TAʼLIM SIYOSATINING OʻRNI IT-TEXNOLOGIYALARINI QOʻLLASH ASOSIDA MILLIY TA’LIM TIZIMIDAGI ISLOHLARNI AMALGA OSHIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH 3.1 Globallashuv sharoitda milliy taʼlim tizimini takomillashtirishda aborot komunniatsiyalarning oʻrni 3.2 Oliy taʼlim sohasini innovatsion jozibadorligini oshirishda IT-texnologiyalaridan foydalanish 3.3 O‘zbekistonda milliy ta’lim tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati Ilovalar KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizda soʻngi yillarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy - iqtisodiy isloxotlar jahonning yuksak rivojlangan mamlakatlari qatoridan oʻrin egallashimizda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, “Taʻlim toʻgʻrisida” gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi kelajagi buyuk davlatimiz uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda keng imkoniyatlar yaratmoqda. Hamma sohada boʻlgani kabi, taʻlimda ham tub oʻzgarishlar kiritish, uni amalga oshirish uchun yetuk mutaxassis pedagoglarni tayyorlash boʻyicha yangi Davlat taʻlim standartlari, oʻquv rejasi, namunaviy oʻquv dasturlari, oʻquv qoʻllanma va darsliklar yaratilib, barcha joylarda tajriba - sinov ishlari olib borilmoqda. Maqsad taʻlim samaradorligini oshirish, sifatini yaxshilash, pirovard natijada uni jamiyat ijtimoiy iqtisodiy, ilmiy maʻnaviy rivojlanishiga xizmat qildirishdan iborat. Etuk va barkamol, mustaqil fikrlaydigan, raqobatbardosh avlodni kamol toptirish bugungi kun dolzarb muammolaridan biridir. Hozirgi zamonda iqtisodga, ishlab chiqarishga qoʻyilayotgan yuksak talablarni bajarishda kadrlarning umumiy malakasi oldingi oʻringa qoʻyilmoqda. Bu yuksak talablar hamma mutaxassislarga tegishlidir. Bunday yuksak vazifalarni har tomonlama kamol topgan, yuksak malakali mutaxassislar amalga oshiradi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini amalga oshirish hamda yosh avlodni yuqori saviyada tarbiyalashni taʻminlash maqsadida milliy qadriyatlar singdirilgan fanlar boyicha elektron oʻquv-uslubiy majmualar yaratish davlat ahamiyatiga ega boʻlgan masalalar qatoriga kiradi. Bugungi kunda ilm-fan jadal taraqqiy etayotgan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari keng joriy etilgan jamiyatda barcha fan sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishi, taʻlim oluvchilar oldiga ularni tez va sifatli egallash bilan bir qatorda, muntazam va mustaqil ravishda bilimlarni egallash vazifasini qoʻymoqda. Shuning uchun milliy istiqlol gʻoyasiga sodiq, yetarli intelektual salohiyatga ega, ilm-fanning zamonaviy yutuqlari asosida mustaqil fikr va mushohada yurita oladigan shaxslarni tarbiyalash hamda raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash masalasi taʻlimni tubdan isloh qilishni talab qilmoqda. Bugun axborot texnologiyalari kirib bormagan soha qolmadi. Qaysi bir rabhani olmaylik qulaylik, oshkoralik va tezkorlik bobida zamonaviy axborot texnologiyalari yangilanishlarning muhim omiliga aylanib bormoqda. Shu bois yurtimizda iqtisodiy barqarorlik, ijtimoiy farovonlikni taʻminlash, aholi turmush darajasini yanada oshirish uchun barcha jabhaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga alohida ahamiyat berilmoqda1. Ilm-fan tarakkiy etayotgan zamonaviy jamiyatda rivojlangan axborot-kommunikatsiya tizimlari vositasida turli fan soxalarida yoritilgan yutuqlarning tez yangilanib borishi taʻlimda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish, oʻquv jarayoniga kompyuterli oʻqitish va nazorat qilish texnologiyalarini ishlab chiqish va qo’llash vazifasini qoʻyadi. Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan oliy va oʻrta taʼlim tizimining islohoti mamlakat ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotida yuz berayotgan tub sifat va miqdor oʻzgarishlarini eʼtiborga olgan holda jamiyat taraqqiyotining dolzarb ehtiyojlariga javob beruvchi ilmiy jihatdan mukammal ishlab chiqilgan yangi taʼlim tizimini shakllantirishni nazarda tutadi. Negaki, avvalgi taʼlim tizimi va anʼanaviy oʻqitish uslublari cheklanganligi va biryoqlamaligi hamda zamon talablariga butunlay javob berolmasligi bois davr dunyoning aksariyat rivojlangan mamlakatlarida joriy etilganidek raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni taʼminlash vazifasini uddalay oluvchi yaxlit taʼlim tizimini yaratishni taqozo etdi. “Biz yaxshi tushunamizki, bugungi talablarga butunlay javob beradigan, oldindan tayyorlab qoʻyilgan mutaxassislar va rahbarlarning oʻzi yoʻq. Hammamiz ham oʻtgan zamondan, oʻtgan tizimdan chiqqanimizni tan olishimiz kerak. Va bizning qonimizda eskicha qolip, eskicha fikrlashning muayyan asoratlari borligiga ham iqror boʻlishimiz shart. Shu bilan birga yaxshi anglaymizki, yangicha fikrlovchi kishilarni tayyorlamasdan, tarbiya qilmasdan oʻz oldimizga qoʻygan vazifa va maqsadlarni roʻyobga chiqara olmaymiz”2. Oʻzbekistonning hozirgi rivojlanish bosqichi jamiyat va davlat oldiga har qachongidan ham jamiyat hayotining turli sohalarida olib borilayotgan ijobiy oʻzgarishlarni yangi sifat darajasida va kechiktirmasdan zamon va davr bilan hamnafas olib borish orqali jamiyatni yangilash, modernizatsiyalashdek dolzarb vazifani keskin ravishda qoʻyganligini koʻrish mumkin. Bu haqda mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning fikrlariga eʼtibor berish oʻrinli, uning taʼkidlashicha: “Eng avvalo bizning taʼlim tizimiga boʻlgan munosabatimizni ham tubdan oʻzgartirish kerak. Taʼlim islohoti bizni demokratik oʻzgarishlar, yangi jamiyat barpo etish yoʻlidan dadil yetaklovchi, barchamizni harakatlantiruvchi ichki kuch boʻlmogʻi zarur. Har birimizga besh barmoqday, eskicha aytganda, toʻqqiz pulday ayon boʻlsinkim, taʼlim va tarbiya tizimini oʻzgartirmasdan turib, odamlar ongini, demakki, ularning turmush tarzini ham tubdan oʻzgartirish mumkin emas”3. Hozirgi oʻta murakkab, taxlikali, global krizislar sharoitida milliy oʻzligimizni tiklashday murakkab ishni amalga oshirar ekanmiz, endilikda nafaqat oʻz milliy tariximizda, balki butun insoniyat uch ming yillik maʼnaviy evolyutsiyasi tarixida ham tub burilish davrida yashayotganimizni hisobga olish zaruratiga duch kelmoqdamiz4. Oʻzbekistonning oʻsib kelayotgan yangi yosh avlodni eskicha fikrlash va sinfiy mafkura taʼsiridan batamom holi, oʻz mamlakati va xalqining taqdiri uchun befarq boʻlish hissidan yiroq boʻlgan, jamiyatning kelgusi rivojlanish muammolarini oldindan koʻra oladigan va ularning yechimi xususida yuksak madaniyatli fikr yuritish saviyasi va koʻnikmalariga ega boʻlgan intellektual qobiliyatga ega avlod boʻlishi darkor. Insoniyat qadimdan yosh avlodni tarbiyalash va unga taʼlim berish masalalari ustida tinimsiz bosh qotirib kelgan va bu sohada muayyan amaliy tajribani orttirgan. Shu bilan birga, yosh avlod taʼlim-tarbiyasi sohasida tarixan shakllangan muayyan bilimlar, yutuqlar va qadriyatlar jamiyat taraqqiyoti talablariga mos ravishda mazmunan yanada boyitilishi va rivojlantirilishi lozim, chunki taʼlim tizimi jamiyat va davlat tuzilmalarida, jamoat tashkilotlarida tegishli faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi kadrlar qatlamini yetishtirib beruvchi tizim hisoblanadi. Taʼkidlash joizki, hozirgi kunda mamlakat taʼlim tizimining holati tubdan oʻzgarmoqda. “Jamiyatimizni yangilash, islohotlarni hayotga tatbiq etish, bozor iqtisodiyoti asoslarini barpo qilishga oʻtar ekanmiz, ana shunday ongi qotib qolgan, azmu shijoatdan yiroq, el-yurt manfaati uchun kuyib-yonmaydigan kadrlar muttasil ravishda ishning beliga tepib turishini his qildik, ochigʻini aytsam, hozir ham sezyapmiz. Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida taʼlim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar oʻrgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi. Busiz jamiyatimizning biron bir sohasini oʻzgartirishga kirishib boʻlmas edi. Islohotlarning taqdiri va samarasi birinchi navbatda kadrlarning saviyasiga, ularning zamon va taraqqiyot talablariga nechogʻliq javob berishiga taqalib qolar edi. Yurtimizning ertangi hayoti va taqdiri avvalambor shu muammolarni uzil-kesil yechish bilan chambarchas bogʻlanganini har qaysi fikrlovchi odam anglashi qiyin emas. Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturini ishlab chiqish bilan bogʻliq jarayon uzoq yillar mobaynida bu sohada talay muammolar yigʻilib qolganini koʻrsatdi. ... Ishonchim komil: agar bu islohotni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshira olsak, tez orada biz hayotimizda ijobiy maʼnodagi ”portlash effekti”ga, yaʼni uning samarasiga erishamiz”5. Maʼlumki, “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi”6ning eng ustuvor yoʻnalishi – bu ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ravishda qatnasha oladigan, ijtimoiy jarayonlarga faol taʼsir eta oladigan, mamlakat, millat, oila taqdiriga masʼul boʻla oladigan mustaqil va erkin fikrlovchi shaxsni shakllantirishdir. Ushbu vazifani lozim darajada uddalay olish uchun, avvvalo, taʼlim muassasalari va ularda ishlovchi pedagog mutaxassislarning taʼlim berish sifatini va yosh avlod taqdiri, taʼlim-tarbiyasi uchun masʼuliyatini muntazam oshirish zarur. Yurtboshimizni, Amir Temur bobomizning “Kuch – adolatda” degan mashhur taʼbirini bugungi kunga nisbatan qoʻllab aytadigan boʻlsak, men unga qoʻshimcha qilib “Kuch – bilim va tafakkurda” degan boʻlardim7, degan fikrlari ayni haqiqat ekanligini davr koʻrsatmoqda. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling