Glossari y boltayutar


Download 43.79 Kb.
bet1/3
Sana08.08.2022
Hajmi43.79 Kb.
#791786
  1   2   3
Bog'liq
Bts 104 Isroilova Barno Boshlang\'ich ta\'limda tarbiya fanidan, BTS-104 Isroilova Barno 1-Mustaqil ish

Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari fanidan
Mustaqil ish (Glossariy & krassvord)
Tayyorlovchi: BTS 104-guruh talabasi Isroilova Barno Ravshanovna.
O’qtuvchi: Imomxodjayeva Saboxatxon.
Mavzu: Qizil kitob.

G L O S S A R I Y

1. Boltayutar –yirtqich qushlar turkumining qarchigʻaysimonlar oilasiga mansub qush. Oʻzbekistonda uchraydigan yirtqich qushlarning eng yirigi. Uz. 1,1 m gacha, qanoti yoyilganda 2,7 m ga boradi.
2. Ekologiya — organizmdan har xil darajada yuqori turadigan sistemalar; populyatsiyalar, biotsenozlar, biogeotsenozlar (ekosistemalar) va biosferaning tuzilishi, ularda kechadigan jarayonlarni oʻrganadigan biol. fanlari majmui. Ekologiyani organizmlar va ular bilan atrof muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni oʻrganadigan fan sifatida ham talqin qilinadi. Ekologiya oʻrganadigan obʼyektlariga koʻra, umumiy va xususiy Ekologiyaga ajratiladi.
3. Tabiat — odamning paydo boʻlgunicha ham, odam ishtiroki bilan ham mavjud borliq. Umuman — bu dunyo, odam, koinot; mikromakromegadunyolar; jonsiz va jonli borliq. Tor maʼnoda — tabiat fanlari oʻrganadn obyekt. Tabiat odamga, jamiyatga bogʻliq boʻlmagan qonuniyatga boʻysunadi. Odam tabiatning bir qismi. Odam tabiat qonunlarini oʻzgartira olmaydi, faqat qonunlardan foydalanib, tabiat elementlarini, qismlarini oʻzlashtirishi mumkin. Tabiat tushunchasi insoniyat jamiyati yashashi tabiiy sharoitlarining majmui sifatida ham qaraladi.
4. Gulmoyi (gulmohi), guldor baliq, xoldor baliq, forel — chuchuk suvda yashaydigan lososlar (Salmo trutta) kenja turlarining umumiy nomi. Dengizlarda yashovchi kenja turlari kumja yoki lososlar deb ataladi. Tanasi va suzgichlari mayda rangli dogʻlar bilan qoplangan. Boshqa lososlar singari urchish davrida tanasining shaqli va rangi oʻzgaradi: jagʻlari uzayadi va qiyshayadi, erkagining tanasida qizgʻish dumaloq dogʻlar paydo boʻladi.
5. Fauna — muayyan hududda yoki akvatoriyada yashovchi xayvon turlari majmui. Fauna hayvonlarning turli guruhidan tashkil topgan boʻlib, biror xudud faunistik kompleksining tarixiy rivojlanishi jarayonida vujudga keladi. Tundra, tayga, oʻrmon, dasht, yarim choʻl, choʻl, pantropik va boshqa faunistik komplekslar bor.
6. Flora — oʻsimliklarning muayyan hududda tarixan tarkib topgan taksonlari majmui. Flora muayyan geografik joyga taalluqli boʻlib, uning hozirgi tabiiy sharoiti, oʻtmishi bilan bogʻliq va u yer yuzidagi boshqa flora bilan ozmikoʻpmi munosabatda boʻladi. Bu jihatdan flora muayyan hududdagi oʻsimliklar jamoasidan (oʻsimliklar qoplamidan) farq qiladi. "Flora" tushunchasi maʼlum hududdagi barcha oʻsimliklar taksonlarini oʻz ichiga oladi.
7. Olam - atamasi ostida fizik mavjud boʻlmish jamiki narsalar: fazovaqt, materiya, energiya, inersiya, fizik qonunlar va konstantalar majmui tushuniladi. Kundalik hayotda „olam“ soʻzi Yer sayyorasini anglatishi mumkin.
8. Xavf - oddiy so'zlar bilan aytganda, xavf yomon narsa yuz berish ehtimoli. Xavf o'z ichiga oladi noaniqlik faoliyatning insonlar qadrlaydigan narsalarga (masalan, sog'liq, farovonlik, boylik, mulk yoki atrof-muhitga) nisbatan ta'siri / oqibatlari haqida, ko'pincha salbiy, kiruvchi oqibatlarga qaratilgan.Ko'p turli xil ta'riflar taklif qilingan. Turli xil dasturlarda umumiy tushunish uchun xavfning xalqaro standart ta'rifi "noaniqlikning maqsadlarga ta'siri" dir.
9. Havo — gazlar, asosan, Yer atmosferasini tashkil etuvchi azot va kislorodningtabiiy aralashmasi havo va suv taʼsirida Yer sirtida muhim geologik jarayonlar sodir boʻladi, ob-havo va iqlim shakllanadi. Havo deyarli barcha tirik organizmlarning yashashi uchun zarur kislorod manbaidir.Yoqilgʻining havoda yonishidan odamlar oʻz turmush va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur issiqlik olishda qadimdan foydalanib kelishadi.
10. Qizil kitob — yoʻqolib borayotgan yoki yoʻqolish xavfida boʻlgan noyob oʻsimlik va hayvon turlarini qayd qiluvchi davlat hujjati. Qizil kitobda oʻsimlik va hayvon turlari sonining kamayishi, areallarining qisqarib borishi sabablari yoritiladi; ularni saqlab qolish uchun tavsiyalar berib boriladi.
11. NOYOB - bu sifat tojik tilida no- inkor old qoʻshimchasini 'top-' maʼnosini anglatadigan yoftan feʼlining yob hozirgi zamon asosiga koʻshib hosil qilingan boʻlib, 'topilishi kiyin', 'juda oz uchraydigan' maʼnosini anglatadi.
12. Kategoriya - Moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning eng muhim xususiyatlari va aloqalarini ifodalovchi umumiy tushuncha.
13. Sayyora — keskin termoyadroviy reaksiyalardan xoli boʻlgan yulduz atrofida aylanuvchi, mehvarida oʻzidan katta jism mavjud boʻlmagan va mehvarining ekssentrisiteti 0 ga yaqin boʻlgan osmon jismi. Quyosh tizimidagi sayyoralar massasi va hajmi Quyoshnikidan bir necha oʻn-yuz marta kam. Antik davrda, hatto undan avval yettita „sayyora“: QuyoshOyMerkuriyVeneraMarsYupiterSaturn „qoʻzgʻalmas“ yulduzlar orasidan ajratilib koʻrsatilgan edi.
14. Oʻrmon — bir-biriga va oʻsish sharoitiga taʼsir etuvchi va geografik landshaft elementini hosil qiluvchi daraxtsimon oʻsimliklar majmui; Yer oʻsimlik qoplamining asosiy tiplaridan biri, biosferaning tarkibiy va juda muhim qismi. Oʻsimliklarning koʻpgina hayotiy shakllaridan iborat boʻlib, bular orasida daraxt va butalar asosiy, oʻtlar, butachalar, yoʻsinlar, lishayniklar va h.k. ikkinchi darajali rolʼ oʻynaydi.
15. Yaylov — chorva mollari erkin (haydab) boqiladigan oʻtzor. Tabiiy va ekma oʻtzorlar mavjud. Tabiiy yaylovda, asosan, koʻp yillik oʻtlar va chala butalar oʻsadi, madaniy yaylovga esa bir va koʻp yillik dukkakli, boshoqli oʻtlar urugʻi aralashtirib ekiladi.
16. Laylaklar  — uzun oyoqli qushlar turkumining bir oilasi. 17 turni birlashtirgan 11 urugʻi bor. Asosan, tropik, subtropik va moʻʼtadil mintaqalarda tarqalgan. Oʻzbekistonda oq laylak va qora laylak uchraydi. Hozirda laylaklar soni juda kamayib ketgan.
17. Hujjat — keng maʼnoda — maʼlumotlar qayd etilgan moddiy buyumlar (qogʻoz, kinoplyonka, fotoplyonka, magnitofon lentasi, perfokarta va boshqalar). Hujjat matn, tasvir, tovush va boshqalardan ibo-rat boʻlishi mumkin.
18. Dunyo - barcha materiya shakllarining bir butun majmui, yer kurrasi va undagi barcha mavjudot, moddiy boyliklar majmui, maʼlum bir ijtimoiy tuzumga, oʻziga xos madaniy, ijtimoiy tarixiy xususiyatlarga ega boʻlgan kishilik jamiyati.
19. Zaxira — ehtiyot qilib saklangan narsalar (oziqovqat, pul, buyum, qurolaslaha va b.). Oʻrta asrlardan boshlab koʻshin ehtiyojlari uchun gʻamlangan narsalar ham zaxira nomi bilan yuritilgan.
20. Gektar — metrik oʻlchov tizimida maydon oʻlchov birligi; yer sathini, baʼzan suv sathini oʻlchashda qoʻllaniladi, ga bilan belgilanadi. 1 ga har tomoni 100 m boʻlgan kvadrat yuzaga teng. Oʻzbekistonda gektar yerning, asosan qishloq xoʻjalik yerlarining asosiy maydon oʻlchov birligi hisoblanadi.


Download 43.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling