Glossari y innovatsion ta’lim


Download 32 Kb.
Sana14.04.2023
Hajmi32 Kb.
#1357891
Bog'liq
2-G L O S S A R I Y


G L O S S A R I Y
Innovatsion ta’lim – bо‘lajak mutaxassislarni joylarda ishlashga tayyorlovchi jarayon bо‘lib, u avval olgan bilimlar asosida ta’limni takomillashtirish va samarali yangicha yondashuv qilishdan iborat. Unda ta’lim- tarbiyada yangicha sifat kо‘rsatkichiga erishib, yuqori samaradorlikni qо‘lga kiritish amalga oshiriladi va ijokorlikka yо‘naltiriladi hamda ta’lim texnologiyalarini yangicha sifat bosqichiga kо‘tarish, shuningdek, ta’lim-tarbiyada zamonaviy yondashuvlarni tashkil qilib borishni ta’minlaydi.
Innovatsiya – yangilanishni, о‘zgarishni amalga joriy etish jarayoni va faoliyati (inglizcha innovatsiya – kiritilgan yangilik, ixtiro). Ilmiy texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalarga asolangan texnika, texnologiya, boshqaruv va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek ularning turli sohalari va doiralarda qо‘llanishini aks ettiradi.
Integral – chambarchas bog‘liq, butun, yagona; cheksiz kichik qismlari yig‘indisi
Kreativ ta’lim – bu ta’lim oluvchining ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga, takomillashtirishga yо‘naltirilgan ta’lim bо‘lib, u ta’lim oluvchidagi yaratuvchanlik, bunyodkorlik qobiliyatlarni о‘stirishga xizmat qiladi. Creato – lotincha sо‘z bо‘lib, u yaratuvchanlik, ijodkorlik ma’nolarni anglatadi. Bularni, ya’ni, ijodkorlik va yaratuvchilik metodlarini tadqiq etishni kreativ pedagogika о‘rgatadi.
TA’LIM -bilim berish, malaka va ko’nikma hosil qilish jarayoni bo’lib, kishini hayotga mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Ta’lim jarayonida bilim o’zlashtiriladi va tarbiya amalga oshiriladi.
Ta’limning mohiyati, maqsadi va mazmuni jamiyatning madaniy taraqqiyoti, fan-texnikasining rivojlanganligi, ishlab chiqarish texnologiyalarining amalga joriy etish darajasi kabilar bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy ma’lumotga bo’lgan talab va ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, ta’lim haqidagi g’oyalarga qarab kishilik jamiyatining turli davr (bosqich)larida ta’limning mohiyati, maqsadi, mazmuni, tashkil etish shakllari, amalga oshirish metodlari va vositalari o’zgarib, takomillashib boradi.
TA’LIMNI BAHOLASH - pedagoglar tomonidan baholash va ta’lim jarayonida erishilgan natijalarni talabalarning o’zlari baholashlarini joriy etish; chetga og’ish aniqlanganda ularning sabablarini aniqlash, ko’nikmalar va bilimlarda topilgan kamchiliklarni to’lg’azish, rejalashtirilgan yangi vazifalarni loyihalashni ham nazarda tutadi.
TA’LIM USLUBI – o’qituvchi (pedagog) bilan talaba (talaba)lar orasida bilim berish va uni olish maqsadida amalga oshiriladigan o’zaro aloqalarni tizimga soluvchi pedagogik tadbirlar.
O’QITISH – o’qituvchi va ta’lim oluvchining birgalikdagi faoliyati va bu jarayonda bolalarning ma’lumot olishi, o’quv ko’nikma va malakasini egallashi, tarbiyalanib, rivojlanib borishi nazarda tutiladi.
DIDAKTIKA – grekcha didaskien so’zidan olingan bo’lib, o’qitaman, o’qishni o’rgataman ma’nolarini anglatadi. Shunga ko’ra didaktika – bu o’qitish nazariyasidir. Didaktika o’qitish jarayonining shakllari, metodlari, tamoyillari, mazmuni, vazifasi va maqsadlarini ishlab chiqadi.
DIDAKTIKANING PREDMETI – ta’lim-tarbiya muassasasi sharoitda muallimning rahbarligi ostida amalga oshadigan o’quv jarayonidir. Didaktikada ana shu jarayonning qonuniyatlari tadqiq qilinadi, har xil tipdagi ta’lim-tarbiya muassasalarida u yoki bu darajada beriladigan ta’lim mazmunini belgilashning ilmiy asoslari, o’qitish vositalari va metodlarining samaradorligini oshirish yo’llari hamda ta’limning tashkiliy shakllari ishlab chiqiladi.
METODIKA– Pedagogikaning o’qitish, qonuniyatlari, qoidalari, tashkil etish shakllari, amalga oshirish va natijalarini nazorat qilib baholash metodi hamda vositalarini o’zida mujassamlashtiruvchi fan tarmog’idir. Har bir o’quv fani o’qitish sohasi o’rgatishning vazifalari, mazmuni, metodlari va tashkiliy ko’rinishi haqidagi metodika asosida quriladi.
Maqsadga yetishda muayyan to’siqni yengib o’tish uchun qo’llaniladigan tadbir va choralar majmuini METOD deyiladi.
Download 32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling