Glossariy abonement


Download 131.58 Kb.
bet1/65
Sana02.04.2022
Hajmi131.58 Kb.
#622761
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
Glossariy BUXGALTERIYA HISOBI
inson resurslarini boshqarish, bipolyar tranzistorlarda kuchaytirgichlar, Ekologiya, 11111111111, Chiziqli tarmoqlanuvchi takrorlanuvchi misollar, file (1), Algaritmlash

GLOSSARIY


Abonement (fr. abboonnement) - tasdiqlangan ko’rinishga ega bo’lgan hujjat bo’lib, kutubxona, madaniy dam olish uylari (teatr, san’at saroylari va hokazo) sport maydonlari, suzish havzalari, joy o’rinlaridan foydalanish huquqlarini beruvchi hujjat hisoblanadi.
Abonent - abonementdan foydalanuvchi shaxs. Abonent bilan pulli abonement uchun naqd va naqd pulsiz hisob-kitob amalga oshiriladi.
Abonent to’lovi - pulli abonementdan foydalangani uchun abonementning to’lovi.
Agent - ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini sotishdagi doimiy vakili. Baho va shartlarni, agent vazifalarini ishlab chiqaruvchi belgilaydi. Masalan, agent mahsulotning ma’lum bir qismini ma’lum bir hududda sotadi yoki kelishuvlardagi huquqlari chegaralangan bo’ladi.
Agent kelishuvi - shartnoma turi bo’lib, jismoniy yoki yuridik shaxs bilan tuziladi. Shartnomada buyurtmachi nomidan va uning hisobiga ma’lum bir majburiyatlarni agent tomonidan bajarilishi kelishib olinadi.
Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi - iqtisodiyotning tarkibiy qismi bo’lib, aholi pul mablag’larining kelishi va xarajatlari manbalari aniqlanadi.
Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansining daromad qismida ishchi va xizmatchilarning mehnat haqi, nafaqa, stipendiya, shaxsiy ehtiyojlar uchun qarzlar, sug’urta to’lovlari, aholining mayda hunarmandchilik, o’z tomorqalaridan, qimmatbaho qog’ozlardan oladigan daromadlari va boshqa daromad manbalari ko’rsatiladi.
Balansning xarajat qismida esa, tovar va xizmatlar uchun to’lov, majburiy va ixtiyoriy to’lovlar, ajratmalar va boshqa xarajat manbalari aks ettiriladi.
Aholining pul daromadlari va xarajatlari balansida talabni qoplash qobiliyati va uni qondirish manbalari aniqlanadi.
Akkreditiv (lat. accredo - ishonaman) -naqd pulsiz hisob-kitob turlaridan biri. Ma’lum bir tovar va xizmatlar uchun belgilangan muddatda mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar uchun ajratilgan pul mablag’idir. Akkreditiv quyidagi hollarda qo’llaniladi: xaridor va mol etkazib beruvchi o’rtasidagi shartnomaga asosan, xaridor va mol etkazib beruvchi o’rtasidagi xo’jalik munosabati doimiylikka ega bo’lmasa, xaridor tovarni mol etkazib beruvchi manzilida qabul qilib olsa, hokimiyat ko’rsatmasi va yo’riqnomasiga ko’ra, tovar etkazib berishning alohida ma’lum bir sharoitlarida bank muassasasi talabi bilan kreditlash va hisob-kitobning ma’lum usuliga o’tgan korxonalar munosabatida, tovar moddiy boyliklarining me’yoridan yuqori zahiralariga ega bo’lgan korxonalar munosabatida.
Aktiv - buxgalteriya balansining bir qismi bo’lib, ma’lum bir muddatga sub’ekt mablag’larining tarkibi va joylanishini pul ko’rinishida aks ettiradi. Bundan tashqari balansning passiv qismi ham mavjud bo’lib, aktiv va passiv tomonlar bo’lim va moddalardan iborat. Aktiv tomonining jami summasi passiv tomoni summasi bilan teng bo’lishi lozim. Buni shunday tushuntirish mumkin, ya’ni aktiv tomonidagi mablag’larning manbalari, balansning passiv tomonida joylashgan.

Download 131.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling